1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet45/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

Har ne eski oʻzbek tilida olmoshlik xususiyatini saqlab qolgan: Meniң har ne hālыmnы bilmish yediң (Munis). Har ne desәm qabul qыlgʻaymu-sen (Navoiy).
Har ne olmoshi hozirgi oʻzbek tilida semantik oʻzgarishga uchragan va modal soʻzlar turkumiga oʻtgan.
Tekmә asl turkiy belgilash olmoshidir. Bu olmosh ham XIV asr boshlariga qadar mustaqil qoʻllana olgan: Chыqqay hazār halqa kөңүl tekmә sachtыn (Lutfiy). Bu olmosh kelishik qoʻshimchalarini ham olgan: Suchulmыsh tekmәlәrgә tan libāsыn (Xisr. va Sh.). Tekmә olmoshi hozirgi turk tilida hamon qoʻllanmoqda.
Toʻdani bildiruvchi olmoshlar.
Barcha (bar+cha) birgalik olmoshi kishi, narsa va hodisalarning mavjud yigʻindisi ma’nosini anglatgan: Barcha tapыlur bizgә vale yār tapыlmas (Lutfiy). Tүgәndi barcha sөz (Navoiy FSh). Barcha bir yolы ypyshqa kirdi (SHN).
Bari (bar+ы) olmoshi barcha, hamma soʻzlari kabi birgalik ma’no anglatgan: B a r ы alamga tāj (Navoiy XA).Barы pari misālы (SHN) .
Qamuq// qamugʻ olmoshi eski oʻzbek tilinning XV asrlarga oid yozma manbalarida iste’molda boʻlgan. Shuningdek, XVII — XIX asrltsrda bitilgal ayrim yozma manbalarda uchraydi va barcha olmoshi kabi ma’no anglatadi: Qa m u q elgә berib (Lutfiy). Bizgә boldы qamugʻ eliң ornы (Sh tar.).
Hama (hamma} birgalik olmoshi XV asrdan keyin yozilgan yozma manbalarda qoʻllangan: Hama atvārы hikmatgʻa muvāfыq (ShN). H a m a aytur Huvayda nechүn yыgʻlar-sen (Huvaydo).
Hama olmoshi ayrim adabiyotlarda qamuq olmoshining fonetik oʻzgarishi deb izohlanadi. Bu fikr yanglish boʻlib, aslida arab tilidagi hum (ular) va fors tilidagi hama (barcha) olmoshlarining oʻzbek tiliga oʻzlashishi deb qarash oʻrinli boʻladi.
Jumla birgalik olmoshi arab tilidan oʻzlashgan barcha, hamma olmoshlariga ekvivalentdir: J u m l a ālamga ishi qahr olub (Navoiy HA). Jumla jahān ahlыgʻa rāhat yetүrүb (Nodira).
Ba’zы olmoshi arab tilidan oʻzlashgan, guruh, toʻda ma’nosini ifodalaydi, kelishik, egalik, koʻplik affikslarini ham qabul qilgan: Ba’zыdыn gahi birәr yaxshы bayt vaqe’ bolur (Navoiy MQ). Ba‘zыn ы muңә keltүrgәndүr (Navoiy MN). Ba’zыlargʻa orun berdi (Sh tar.).
Tamām (tamāmiy, tamāmat) olmoshi arab tilidan oʻzlashgan barcha, hamma olmoshlari ma’nosida qoʻllangan: Stunlarы t a m ā m i y tashtыn (BN). Tamām mogʻul va tatar elini lәshkoʻrini jamь qыlыb (Sh tar.).
Jam’, jam’i olmoshi arab tilidan oʻzlashgan: Hindustannың jam’i rudlarыnың bu xāsiyatы bar (Boburnoma). Jam’ vilāyatlarnы musaxxar qыlыb...(Sh.turk).
Majmu’ olmoshi ham arab tilidan oʻzlashgan: Majmu’in anың qashыgʻa qoydы (Xamsa). Qыldы yagʻmā kөzlәriң majmu’i Turkistānnы (Sakkokiy).
Gumon olmoshlari. Eski oʻzbek tiliga oid yozma manbalarda kimsә(>kim+ersәr), nemәrsә(>ne+mә+er-sә), neersә (>ne+ersә), birәv(>birәgү), falān gumon olmoshlari qoʻllangan, ba’zan ayrim oʻrinlarda biroʻgү (bir+әgү), birәvlәn (bir+әv+lәn) formalari ham uchraydi. Ular kishi, narsa va hodisalarning taxminlash, tusmol qilish kabi ma’nolarini bildirgan.
Kimsә, kimәrsә, nemәrsә va neersә, falan, birәv,biroʻgү gumon olmoshlari tusmol qilingan kishilarga nisbatan qoʻllangan. Nemәrsә va neersә olmoshlari predmet va hodisalarga nisbatan ishlatilgan.
Kimsә gumon olmoshi eski oʻzbek tilining barcha davrlarida keng qoʻllangan: Kimsә tazallum etmәgәy (Lutfiy). Kimsә kim әylәmәs ashuqmagʻnы xayāl (Navoiy MQ).
Kimәrsә gumon olmoshi eski oʻzbek tilining ilk davrlarida qoʻllangan, keyingi davrlarda kam qoʻllangan:Kimәrsә kim seңә egri kөңүl tutar bu qadar(Sakkokiy).
Nemәrsә gumon olmoshi nimә soʻroq olmoshiga ersә soʻzining qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan: Uch-tөrt nemәr s ә asыlыb erdi (BN). Kөp nemәrsә bergәn turur (Sh turk).
Birәv gumon olmoshi kimsa olmoshi ma’nosida qoʻllangan: B ir oʻ v kөz birlә bolgʻay qatlың (Navoiy LT). Birәv ishq ichrә qыldы qumrы (Ogahiy).
Falān gumon olmoshi arab tilidan oʻzlashgan: Falān kishigә, ya’nы faqыr qashыgʻa eltib (Navoiy MN). Falān vaqtda falān moʻlikiңiz mundagʻ xiyanat qыldы (Sh tar.).
Boʻlishsizlik olmoshlari. Eski oʻzbek tilida ham boʻlishsizlik olmoshini fors tilidan oʻzlashgan hech soʻzi ifoda qilgan. Hech boʻlishsizlik olmoshi kishi, narsa, hodisalarga nisbatan qoʻllangan.
Boʻlishsizlik olmoshining murakkab formasi esa boshqa olmosh turlari bilan yonma-yon kelishi orqali hosil qilingan: hech kim, hech kimsә, hech kimәrsә shaxsga nisbatan; hech ne, hech nemә, hech nemәrsә, hech qayda olmoshlari narsa va hodisalarga nisbatan qoʻllangan. hech qaysы, hech qayusы kishi va narsalar uchun aralash istifoda qilingan.
Hech olmoshi mutlaq inkor ma’nosini ifodalagan: Qalmasa hech nāmu nishānыm (Lutfiy). Ki biz kөrdүk, amma bilmoʻdүk hech (Navoiy FSH). H e ch parvāyi qыlmadыlar (BN).
Hech kim boʻlishsizlik olmoshi: yosrүklәr ichrә kөzүңoʻ h e ch kim harif yoq (Lutfiy). Hech kim өz kөңligә gʻam tilәmәs (Navoiy MQ).H e ch kim bilmәs alarnың ishini (SHN). H e ch kim eshitkoʻn va kөrgәn yoq turur (Sh.tar.).
Hech kimsә (hech kimәrsә) olmoshi ham hech kim olmoshiga ekvivalent boʻlgan: Tүshmәsүn gul mavsumы hech kimsә janandыn (Lutfiy). lmas anың tәkәllүmini hech kimsә rad (Nodira).
Hech kimәrsә boʻlishsizlik olmoshi siyrak qoʻllangan, ma’no jihatidan hech kim, hech kimsә olmoshlariga oʻxshaydi: Hech kimәrsә kelmәgәy (Lutfiy). Hech kimәrsә qol yapmasunlar (Sh tar.).
Hech nemә (hech+ne+mә) boʻlishsizlik olmoshi: Meni tegәn kishigә hech nemәyoq (Amiriy). Aңa hech nemә marham yerin tutmas (Navoiy MQ).
Hech nemәrsә olmoshi kam uchraydi: Hech nemәrsә aңa majhul erdi (Navoiy MN). Hech nemәrsә oqugʻan emәs (BN)).
Hech qaysы boʻlishsizlik olmoshi boʻlishsiz atributiv holat ma’nosini anglatgan: H e ch q a y s ы matla’nы ayta almadыlar (Navoiy MN).Hech q a y s ы turk tili bilә tәkәllүm qыla almaslar (Navoiy ML).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling