1.«O’zbekiston Respublikasi umum harbiy xizmat to’g’risidagi qonuni»
Download 6.87 Kb.
|
Ibrohimov N. HARBIY XIZMAT ASOSLARI.SLAYDyangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.O’zbekiston Respublikasi mudofaa toʻgʻrisidagi qonuni
MAVZU:CHQBT dasturining ,,Harbiy xizmat asoslari” bo’lmi bo’yicha mashg’ulotlarni ta’lim texnalogyalri. 1.«O’zbekiston Respublikasi umum harbiy xizmat to’g’risidagi qonuni» bo'limi bo'yicha mashg'ulotlar jara- yonida mashg'ulot rahbari asosan o'quv materiallarining mazmuni orqali vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. U adabiyotlardan, kinofilim materiallaridan, multimediyalardan, diafilim va jadvallardan, shuningdek, plakat va sxemalardan yurtimiz qahramonlari toʻgʻrisidagi materiallarni avvaldan saralab qo'yadi. Mazkur bo'lim o'qitilishida o'quvchilar O'zbekiston Respublika- sining mudofaa doktrinasi, «Mudofaa to'g'risidagi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi Qonunlari, muddatli harbiy xizmatni o'tagan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar bilan tanishadilar. O'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yilning 9-oktabridagi Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi uchun qonunligini, ularni o'z vaqtida aniq va so'zsiz bajarilishi - har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi ekanligi tushuntiriladi. Harbiy rahbar, CHTO' o'qitish jarayonida o'rganilayotgan o'quv materialini o'quvchilarning boshqa fanlar orqali egallagan bilimlarini, shuningdek, mamlakatimizda va jahonda yuz berayotgan muhim siyosiy voqealarni o'quvchi yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga harbiy xizmatga tayyorlash bo'yicha vazifalar bilan bogʻlab olib borishni ta'minlashi lozim. Harbiy nizomlarning amaliy harakatlar bilan bogʻliq boʻlmagan joylarini o'rganishda hikoya, suhbat, tushuntirish uslublaridan foydala- niladi va tushuntirishni plakatlar, diafilmlar va o'quv kinofilmlari yordamida amalga oshiriladi. Guruh bo'yicha posbonning harakatlari maxsus jihozlangan joyda amaliy oʻrganiladi. O'quvchilarga nizomlarni ongli tarzda o'zlashtirishlariga yordam berish uchun mashg'ulotlar jarayonida nizom bilan mustaqil ishlash- lariga sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Dasturning harbiy xizmat asoslari bo'limiga yangi <« Hozirgi kunda <« O'quvchilar:- qurolli to'qnashuvlar huquqi, uning kelib chiqishi haqida va asosiy me'yorlarga rioya qilishning ahamiyati to'g'risida; - jangovar harakat qatnashchisi (kombatant)ning hulq-atvor kodeksi to'g'risida; - O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi va jangovar an'analari haqida; harbiy jamoaning shakllanishi va jipslashuvining xususiyatlari, Qurolli Kuchlar va qo'shin turlarining jangovar imkoniyatlari va vazifalari haqida tasavvurga ega boʻlishlari shart. O'quvchilar:- qurolli to'qnashuvlar huquqining asosiy talablari va ularga rioya qilishning zarurligini;- kombat va fuqaro shaxs orasidagi farqlarni, harbiy obyekt bilan fuqaro obyektini farqlashni; - hujum paytida, shuningdek, mudofaa paytida ham, qurol tanlashning asosiy talablarini; -harbiy harakatlar olib borish usullarini va taqiqlangan qurol turlarini; - qurolli to'qnashuvlar huquqini buzganligi uchun javobgarlikka tortilish haqida; - qurolli to'qnashuvlar huquqi tomonidan qabul qilingan farqlovchi emblema va belgilarning vazifasi; - O'zbekiston Respublikasning «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida» hamda «Mudofaa toʻgʻrisida»gi Qonunlari talablarini; Download 6.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling