1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni. Tarix fani turli dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo’lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o’zgarib, hozirgiday bo’lib qolganligini o’rgansa, O’zbekiston tarixi esa uning ajralmas qismi bo’lib, shu tarixiy-madaniy jarayonlarga mos holda Ona zaminimizda o’tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo’lgan o’zgarishlar, voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to’laligicha o’rganadigan fandir. Yurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon Sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi». O’zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas boQlangan bilimlar tizimi sifatidagi o’zining o’rganish ob’ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir. O’zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari, echimini kutayotgan va aniqlik kiritilishi lozim bo’lgan masalalar talaygina. Xususan, Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi; bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari; Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida yashagan qadimgi mahalliy aholini bizning ajdodlarimiz ekanligini ta’kidlash va tadqiq etish shular jumlasidandir. SHuningdek, dastlabki o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi va rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholi ´troq yashaganligi dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirganligi, dastlabki aholi manzilgohlarining paydo bo’lganligi; dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanganligi; dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy markazlar sifatida rivojlanganligi va nihoyat, ushbu jarayonlarga asos bo’lgan omillar nihoyatda muhimdir. Respublikamiz hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalarining o’zaro va qo’shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar o’lkamiz hududlari va bu erdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid yozma manbalarni o’rganish bo’yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay, bu yo’nalishda yanada qadimgiroq davrlarga oid qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalarning ahamiyati beqiyos bo’lib, bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo’lib, ularga — qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rQonlar qoldiqlari, turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jangovar qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. YOzma manbalar esa, eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling