1O’zbekistonda milliy valyuta so’mning kiritilishi


Download 269.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi269.91 Kb.
#1560082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ahadbek kurs ishi (3)

Z=(V*Q):O
 
Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga o‘xshatadilar. Pul 
shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralariga oziqa 
berib, hayot baxsh etib yuradi. Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun 
sog‘lom, yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. 
Sog‘lom pul deganda, bu qadribarqaror, keragidan ortiq ham, kam ham 
bo‘lmagan pul tushuniladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom 
emas, ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi. 
Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqarilishi natijasida 
narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya 
davrida mamlakatda pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib 
ketadi. Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi: 
1) iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imkoniyatlariga 
nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma va korxonalar, oilalar mavjud 
daromadlariga qarab sarf-xarajatlar qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib 
kamomadni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa, bu 
pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul ko‘paygan holda tovar 
yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda narxlar o‘sib ketadi, pul qadri 
pasayadi; 


14 
2) ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda, odatda, 
muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo unga nisbatan mamlakatda 
tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi, pul qadri pasayadi; 
3) mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi. Bu mamlakat ichidagi 
o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi. Inflatsiyaning ikki turi bor: 
1. Talab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pligidan kelib chiqadi. 
Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid qilishga harakat qilishadi. 
2. Taklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi, xarajatlar oshib
foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchil
5
arning Tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga 
intilishi pasayadi, qiziqmay qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar 
esa o‘sib ketadi. Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga 
uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya darajasini 
aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
J=(V1:V2)*100
Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini 
(V1) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V2)ga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. 
Agar V1=30, V2=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi. 
Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur 
iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya 
darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin. 
Ma’lum muddatga haq to‘lash va qaytarib berish sharti bilan beriladigan bo‘sh 
turgan pul mablag‘lari kredit deb yuritiladi. Kreditning mohiyati shundaki, 
iqtisodiyotning ayrim subyektlari faoliyati uchun pulga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda 
ayrimlarining qo‘lida ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari ishlatilmay bo‘sh turgan 
bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deb atalib 
uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi. Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
5

O`zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo`yicha qonunchilik hujjatlari to`plami. T. “O`zbekiston”, 
2000 yil


15 
iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan samarali foydalanishni va uning barqaror 
rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya. Iqtisodiy 
kategoriya sifatida kredit, kredit oluvchilar va kredit beruvchilar o‘rtasida kelib 
chiqadigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi. 
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari. Kredit munosabatlari 
ishtirokchilari kredit subyektlari deb ataladi va ular turli-tuman bo‘ladi. Kredit 
subyektlari kredit oluvchilar va kredit beruvchilar hisoblanadi. Ya’ni korxonalar, 
firmalar, davlat, turli tashkilotlar, transmilliy va xususiy korporatsiyalar, tadbirkor 
va sohibkorlar hamda aholining boshqa turli toifalaridir. 
Kredit obyekti — vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir. Ma’lumki, iqtisodiyot 
g‘oyat murakkab jarayondir, uning subyektlari esa yana ham turli-tumandir.
Ularning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlari, to‘lov qobiliyatlari bir xil 
emas. Shuning uchun kredit obyektlari bo‘lib vaqtincha bo‘sh pullar emas, shu 
bilanbirga tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, turli shakldagi xizmatlar ham bo‘lishi 
mumkin. Kredit munosabatlari xuddi ana shu bo‘sh pul va tovarlarni qarzga olib 
ishlatish va vaqti kelganda uni ma’lum haq to‘lash orqali qaytarish borasidagi 
munosabatlardir. 
Kredit berish tamoyillari va muddatlari. Kredit berish ma’lum tamoyillar 
asosida amalga oshiriladi. Ular, asosan, quyidagilardan iborat: qaytarib berish
muddatlilik; haq to‘lash (foiz to‘lash); moddiy ta’minlanganlik; ma’lum maqsad 
(ishlatish obyekti)ni ko‘rsatish. Bu tamoyillar kreditning barcha shakllari uchun 
umumiydir. 
Kredit ma’lum ma’noda sotiladigan moddiy tovar yoki xizmatlar kabilardir. 
Demak, u go‘yo sotiladi va sotib olinadi. Sotuvchi tovarni sotganda ma’lum foydani 
ko‘zlaganidek, kredit muassasasi ham bundan mustasno emas. 
Kreditlar quyidagi muddatlarga berilishi mumkin: 
1) qisqa muddatli kreditlar — bir yilga qadar (asosan, olti oygacha, uch 
oygacha, bir oyga, bir haftaga) beriladi; 
2) o‘rta muddatli kreditlar — bir yildan besh yilgacha muddatga beriladi; 
3) uzoq muddatli kreditlar — besh yil va undan ortiqroq muddatga beriladi. 


16 
Kreditning vazifalari. Kreditning vazifasi kredit munosabatlarining xo‘jalik 
faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir. 
Kredit quyidagi vazifalarni bajaradi: 
Birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari bo‘lgan veksel, 
chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida 
real harakatini yo‘lga qo‘yadi; 
Ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi bo‘sh pullarni 
kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida ko‘payishiga, pulga pul 
qo‘shilishiga xizmat qiladi; 
Uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli xo‘jalik subyektlari 
va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish 
omillarining samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi; 
To‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi va berilgan 
qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, 
ya’ni ishlab chiqarish va muomala jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun 
dastak bo‘ladi. 
Shuni aytish kerakki, kredit o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajargan holdagina ijobiy 
natijalarga olib keladi, aksincha, kreditdan foydalanish maqsadga muvofiq 
kechmasa, kredit salbiy natijalarga olib keladi. Bunga xo‘jalik hayotidan ko‘plab 
misollar keltirish mumkin. Eng muhim vazifa shuki, kredit berishda undan kelishi 
mumkin bo‘lgan oqibatlar (natijalar)ni oldindan sarhisob qilish lozimdir. 
Kredit iqtisodiy kategoriyadir, u qarz oluvchilar bilan qarz beruvchilar o‘rtasidagi 
qarz pulga, undan foydalanishga (iste’mol qilishga), undan foydalanish asosida 
olingan natijalarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarni ifodalaydi.
Kredit shakllari quyidagilar: bank krediti, tijorat krediti, davlat krediti, 
iste’mol krediti, xalqaro kredit. 
Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Bank 
krediti 


17 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida tashkil 
etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat 
yurituvchi tijorat tashkilotlari deyiladi.
6
Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining 
bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga o‘zlariga jalb qilib 
foyda olish uchun aholining va korxona hamda tashkilotlarning pulga bo‘lgan 
talablarini qondirish maqsadida ularga kredit shaklida beradilar.
Albatta, banklar kredit pullarini har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, 
ular kreditni xo‘jalik va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan 
mijozlargaginataklif etishadi.

Download 269.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling