1O’zbekistonda milliy valyuta so’mning kiritilishi
Download 269.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ahadbek kurs ishi (5
Z=(V*Q):O
Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga o‘xshatadilar. Pul shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralariga oziqa berib, hayot baxsh etib yuradi. Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun sog‘lom, yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. Sog‘lom pul deganda, bu qadribarqaror, keragidan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan pul tushuniladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom emas, ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi. Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqarilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya davrida mamlakatda pul miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib ketadi. Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi: 1.Iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imkoniyatlariga nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma va korxonalar, oilalar mavjud daromadlariga qarab sarf-xarajatlar qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib kamomadni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa, bu pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul ko‘paygan holda tovar yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda narxlar o‘sib ketadi, pul qadri pasayadi; 14 2.Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda, odatda, muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo unga nisbatan mamlakatda tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi, pul qadri pasayadi; 3.Mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi. Bu mamlakat ichidagi o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi. Inflatsiyaning ikki turi bor: 1. Talab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pligidan kelib chiqadi. Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid qilishga harakat qilishadi. 2. Taklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi, xarajatlar oshib, foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchil 5 arning Tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilishi pasayadi, qiziqmay qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar esa o‘sib ketadi. Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya darajasini aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: J=(V1:V2)*100 Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini (V1) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V2)ga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Agar V1=30, V2=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi. Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin. Ma’lum muddatga haq to‘lash va qaytarib berish sharti bilan beriladigan bo‘sh turgan pul mablag‘lari kredit deb yuritiladi. Kreditning mohiyati shundaki, iqtisodiyotning ayrim subyektlari faoliyati uchun pulga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda ayrimlarining qo‘lida ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari ishlatilmay bo‘sh turgan bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deb atalib uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi. Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, 5 . O`zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo`yicha qonunchilik hujjatlari to`plami. T. “O`zbekiston”, 2014-yil 15 iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan samarali foydalanishni va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit, kredit oluvchilar va kredit beruvchilar o‘rtasida kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi. Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari. Kredit munosabatlari ishtirokchilari kredit subyektlari deb ataladi va ular turli-tuman bo‘ladi. Kredit subyektlari kredit oluvchilar va kredit beruvchilar hisoblanadi. Ya’ni korxonalar, firmalar, davlat, turli tashkilotlar, transmilliy va xususiy korporatsiyalar, tadbirkor va sohibkorlar hamda aholining boshqa turli toifalaridir. Kredit obyekti — vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir. Ma’lumki, iqtisodiyot g‘oyat murakkab jarayondir, uning subyektlari esa yana ham turli-tumandir. Ularning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlari, to‘lov qobiliyatlari bir xil emas. Shuning uchun kredit obyektlari bo‘lib vaqtincha bo‘sh pullar emas, shu bilanbirga tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, turli shakldagi xizmatlar ham bo‘lishi mumkin. Kredit munosabatlari xuddi ana shu bo‘sh pul va tovarlarni qarzga olib ishlatish va vaqti kelganda uni ma’lum haq to‘lash orqali qaytarish borasidagi munosabatlardir. Kredit berish tamoyillari va muddatlari. Kredit berish ma’lum tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular, asosan, quyidagilardan iborat: qaytarib berish; muddatlilik; haq to‘lash (foiz to‘lash); moddiy ta’minlanganlik; ma’lum maqsad (ishlatish obyekti)ni ko‘rsatish. Bu tamoyillar kreditning barcha shakllari uchun umumiydir. Kredit ma’lum ma’noda sotiladigan moddiy tovar yoki xizmatlar kabilardir. Demak, u go‘yo sotiladi va sotib olinadi. Sotuvchi tovarni sotganda ma’lum foydani ko‘zlaganidek, kredit muassasasi ham bundan mustasno emas. Kreditlar quyidagi muddatlarga berilishi mumkin: 1) qisqa muddatli kreditlar — bir yilga qadar (asosan, olti oygacha, uch oygacha, bir oyga, bir haftaga) beriladi; 2) o‘rta muddatli kreditlar — bir yildan besh yilgacha muddatga beriladi; 3) uzoq muddatli kreditlar — besh yil va undan ortiqroq muddatga beriladi. 16 Kreditning vazifalari. Kreditning vazifasi kredit munosabatlarining xo‘jalik faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir. Kredit quyidagi vazifalarni bajaradi: Birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari bo‘lgan veksel, chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida real harakatini yo‘lga qo‘yadi; Ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi bo‘sh pullarni kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida ko‘payishiga, pulga pul qo‘shilishiga xizmat qiladi; Uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi; To‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi va berilgan qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, ya’ni ishlab chiqarish va muomala jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun dastak bo‘ladi. Shuni aytish kerakki, kredit o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajargan holdagina ijobiy natijalarga olib keladi, aksincha, kreditdan foydalanish maqsadga muvofiq kechmasa, kredit salbiy natijalarga olib keladi. Bunga xo‘jalik hayotidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Eng muhim vazifa shuki, kredit berishda undan kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar (natijalar)ni oldindan sarhisob qilish lozimdir. Kredit iqtisodiy kategoriyadir, u qarz oluvchilar bilan qarz beruvchilar o‘rtasidagi qarz pulga, undan foydalanishga (iste’mol qilishga), undan foydalanish asosida olingan natijalarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit shakllari quyidagilar: bank krediti, tijorat krediti, davlat krediti, iste’mol krediti, xalqaro kredit. Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Bank krediti 17 «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida tashkil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat yurituvchi tijorat tashkilotlari deyiladi. 6 Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga o‘zlariga jalb qilib foyda olish uchun aholining va korxona hamda tashkilotlarning pulga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida ularga kredit shaklida beradilar. Albatta, banklar kredit pullarini har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, ular kreditni xo‘jalik va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan mijozlargaginataklif etishadi. Download 269.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling