1O’zbekistonda milliy valyuta so’mning kiritilishi


Download 269.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi269.69 Kb.
#1560064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ahadbek kurs ishi (5

 
 
 


12 
Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari 
1. Pul qiymat o‘lchovi vazifasini bajarganda tovarlar va xizmatlarga sarflangan 
mehnatning qiymatini o‘lchaydi va u narxda ifodalanadi. Demak, pul tovarlar va 
xizmatlarning qiymatini umumlashgan holda ifoda etadi. 
2. Pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Bunda pul tovarlar va xizmatlar oldi-
sotdi jarayonida vositachilik qiladi. Bunda odamlarga muomalaga kirishlarida 
vositachilik qilganini ko‘ramiz. 
3. Pul jamg‘arish vositasi vazifasini bajarganda odamlarga boylik to‘plashiga xizmat 
qiladi. Chunki pul boylikning asosiy shakli hisoblanadi. Yuqorida aytilganlardan 
ko‘rinib turibdiki, pul va u bilan bog‘liq munosabatlarni tahlil qilish iqtisodiyot 
nazariyasi fanining eng muhim sohasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul 
to‘xtovsiz harakatda bo‘lib, tovarlar va xizmatlarni oldi-sotdi qilish jarayonida ular 
uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni 
to‘lashda pul muomala vositasi sifatida harakat qilib aylanib turadi.
Bu pul muomalasi deyiladi. Pul muomalasi naqd va naqd bo‘lmagan pullar 
yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga banknotlar va metal tangalar 
davlat markaziy banki tomonidan kiritiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik 
kartochkalar, cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabi turli pul agregatlari orqali amalga oshiriladi. Muomalaga 
chiqariladigan pulning miqdori har bir mamlakat iqtisodiyotining holatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda, jumladan, AQSH va Yaponiyada 
katta, iqtisodiyoti kichik mamlakatlarda kam miqdorda pul talab qilinadi. Ammo 
pul muomalasi qonuniga ko‘ra, iqtisodiyotning talabi aniq ilmiy asoslangan hisob-
kitoblar formulasiga tayangan holda tashkil qilinishi kerak. Pul emissiyasi bilan 
davlat shug‘ullanadi.
Pul emissiyasini mamlakat iqtisodiyotining pulga bo‘lgan talabi belgilaydi. 
Iqtisodiyot uchun zarur pul miqdori ikki holatga bog‘liq: 
1. Sotish uchun bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori. 


13 
2. Pulning aylanish tezligi. Bu pul birligining yil davomida necha marta oldi-sotdiga 
xizmat qilganini va «qo‘ldan qo‘lga» o‘tib banklarga tushib qaytib yana aholiga 
chiqarilganligini bildiradi. 
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, muomalada bo‘lgan pul miqdori sotiladigan 
tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri mutanosib, pul harakatining 
tezligiga esa teskari mutanosibdir. Boshqacha aytganda, tovarlar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa va ularning narxi yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p pul talab qilinadi va
aksincha, qanchalik pul tez harakat qilsa, tovarlar ko‘paygan chog‘da ham, ular narxi 
past bo‘lsa, shunchalik pul kam talab qilinadi, chunki oz miqdordagi pul bilan ham 
ko‘p ishni bajarish mumkin bo‘ladi. 
Bunday bog‘liqlikni quyidagi formulada ifoda etish mumkin: 

Download 269.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling