Qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u haqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan bunga vakolat bergan shaxslarga berilishi mumkin.
Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
http://azkurs.org
Do'stlaringiz bilan baham: |