1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Одил судловни юргизишнинг ошкоралиги ва суд иши юргизиладиган тил


Download 179.52 Kb.
bet45/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

70.Одил судловни юргизишнинг ошкоралиги ва суд иши юргизиладиган тил.
12-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
71.Дастлабки тергов ва суриштирув, уларнинг муносабати.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va
tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa,
jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish JPKning 332 va 345-moddalariga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu JPK 345-
moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa,
ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror
tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga
birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi
jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha
uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi.
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa
dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish
yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu JPKning 345-
moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov
organiga topshiradi.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling