1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Download 179.52 Kb.
bet68/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

107. Нотариал ҳаракатлар
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
61) mediator vazifasini bajaradi;
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
108. Дастлабки тергов ва суриштирув, уларнинг муносабати
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va
tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa,
jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish JPKning 332 va 345-moddalariga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu JPK 345-
moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa,
ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror
tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga
birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi
jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha
uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi.
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa
dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish
yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu JPKning 345-
moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov
organiga topshiradi.
Jinoyat qaerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar)
surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi.
Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har
tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon
qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham
oʻtkazilishi mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv boʻlinmasi
boshligʻining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling