2- amaliy mashg`ulot mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari


Download 18.72 Kb.
bet1/5
Sana11.02.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1189110
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 амалий


2- AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari.
I. O‘zbekistona respublikasida qattiq foydali qazilmalarni topish uchun geologiya qidiruv ishlarini oqilona va tejamkorlik bilan olib borish maqsadida mazkur ishlarni bosqichma-bosqich bajarishni quyidagi ketma-ketligi qabul qilingan.

  1. bosqich. O‘zbekiston Respublikasi xududini regional geologik o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi xududini regional geologik o‘rganish ishlari uni geologik tuzilishining eng muxim xususiyatlarini aniqlash, region doirasida har-xil turdagi foydali qazilmalar joylashishining asosiy qonuniyatlarini topish va mufassalroq ishlarni olib borish uchun maydonlarni belgilashga imkon beradigan istiqbolni bashorat qilib baholash maqsadida bajariladi.

2-bosqich. Geologik xaritalash. 1:50000, 1:25000 masshtabdagi geologik syomka ishlari O‘zbekiston Respublikasi xududining geologik tuzilishini yirik masshtabda rejali o‘rganishning, xalq xo‘jaligining hamma tarmog‘ini bir tizimga keltirilgan va shu jumladan to‘liqligi va mufassalligi bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga javob beradigan xaritali geologik axborot bilan ta’minlash maqsadida foydali qazilma konlarini ochish uchun istiqbolli alohida maydonlarni hamda tuzilmalarni ajratishning asosiy turi xisoblanadi. Bunday ishlar birinchi navbatda ma’danli kon atrofida va sanoat miqyosida o‘zlashtirilgan rayolarda bajarilishi lozim. O‘rganilayotgan rayonning geologik tuzilishi yoki foydali qazilmalarning namoyon bo‘lish tavsifi juda murakkab bo‘lganda istisno tariqasida ushbu bosqich ishlari 1:25000 masshtabda bajarilishi mumkin.
1:50000, 1:25000 masshtabli geologik syomka ishlari grafalarga bo‘lingan xaritalar bo‘yicha, yirik maydonlarda esa guruhli uslubiyot yo‘li bilan bajariladi. Yosh yotqiziqlar tarqalgan rayonlarda, ayniqsa, qimmatli metall va mineral sochilmalari bor deb taxmin qilingan joylarda geomorfologik syomka va to‘rtlamchi yotqiziqlarni syomka qilish ishlari bajariladi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi miqyosida o‘zlashtirilgan rayonlarda yalpi gidrogeologik va muxandislik geologiyasi syomkalar olib boriladi.
Chuqurlik bo‘yicha geologik xaritalash natijalariga ko‘ra anchagina keyin shakllangan yotqiziqlar ostidagi tog‘ jinslarining ko‘milib ketgan yuzasi xaritasi, chuqurlik bo‘yicha kesimlar yoki gorizontlarning xaritasi tuziladi. Ular turli chuqurlikdagi foy-dali qazilmalarning istiqbollarini yoritib beradi, chuqurlik bo‘yicha o‘rganilayotgan regionning istiqbolli ekanini baholagan holda bashorat qilinadigan metallogenik xaritalash jarayonida tuziladigan xaritalarning masshtabi aniq geologik shart-sharoit-larga bog‘liq ravishda zamondosh yuzaning geologik xaritalarini masshtabiga mos kelishi yoki undan maydaroq bo‘lishi mumkin.
Istiqbolli tuzilmalarni o‘rganish va istiqbolli geofizik hamda giokimyoviy anomalyalarning tabiatini aniqlash uchun yer yuzasida tog‘ inshootlari qaziladi va mayda burg‘ilash quduqlari, shuningdek bitta-ikkita geologik asoslangan izlash burg‘i quduqlari kavlanadi.
1:50000, 1:25000 masshtabli Davlat geologik xaritasi, foydali qazilmalarning bashorat qilingan hamda joylashish xaritasi geologiya – xaritalash ishlarining so‘nggi natijasi hisoblanadi. Oxirgi xarita P2 toifasidagi bashorat qilingan foydali qazilma resurslarining asoslangan geologik-iqtisodiy baxolanishi bilan birga tuzilishi mumkin, bunda keyinchalik o‘rganilishi lozim bo‘lgan obyektlar ajratiladi.
Shuningdek geomorfologik, gidrogeologik, giokimyoviy, gioekologik va boshqa xaritalar hamda rayonning chuqurlik bo‘yicha tuzilishini ko‘rsatuvchi sxemalar va kesimlar tuziladi.

Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling