2 Ⅰ bob Inflatsiyaning mazmun mohiyati


Download 49.53 Kb.
bet2/11
Sana22.04.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1382130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs Ishi

Kurs ishining maqsadi.Inflyatsiya to’g’risidagi ma’lumotlarni atroflicha o’rganib inflyatsiya oid muammolarga yechim topishga asos bo’ladigan ma’lomatlar yaratish.
Kurs ishining tarkibi.Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.

Ⅰ BOB INFLATSIYANING MAZMUN MOHIYATI


Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarni emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa TI.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsataveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq, I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa, I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3,
Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni
tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.
Iqtisodiyotda, inflatsiya muomalada mavjud boʻlgan tovar va xizmatlar narxining oʻsishi degan maʼnoni anglatadi. Inflatsiya atamasi, koʻproq pulga talabning ortishiga taʼluqlidir, shunga qaramay, inflatsiya haqiqiy xarid qilish qiymatini kuchsizlantirib tanozzulga ham olib keladi. Umumiy narh darajasi ortganda, har bir valyuta tovar va hizmat koʻrsatishga ega boʻlishi kamayib boradi. Harh-navo inflyatsiysi inflatsiya surʼati bilan oʻlchanadi, yani narh indeksining foizi oʻzgaradi, xuddi isteʼmol narhi indeksi kabi. Inflatsiya iqtisodni shubhasiz inqirozga olib keladi. Masalan, inflatsiya beqarorligi kelejakda investitsiya va jamgʻarmalarni esankiratib qoʻyishi mumkin.
Inflatsiya darajasi yildan yilga farq qiladi. 1950-yildan byuon, AQSh dollari inflatsiyasi darajasi −0.7 % (1954) dan 13.3 % (1979) ga oʻzgarib turadi. 1991-yildan buyon, bu koʻrsatkich yiliga 1.6 % va 3.3 % oʻrtasida boʻlgan. 1950-yildan buyon 18 ta davlat giperiflyatsiyaga uchradi. Bunda inflatsiya darajasi oyiga 50 % edi. Yaqin yillarda Yaponiya negativ inflayatsiyani boshidan kechirdi, yaʼni yiliga 1 % deflyatsiyani. Koʻpgina davlat Markaziy Banklari inflatsiya darajasini past ammo pozitive holda ushlab turishga harakat qilmoqda. Bazilari bu koʻrsatkichni 1-3 % da ushlab turishni rejalashtirgan. Kumush va oltinga asoslangan iqtisodiyot bazan inflatsiyaga uchrasada, bu iqtisodiyotdagi inflayatsiya darajasi kamdam kam yiliga 2 % dan oshadi va umumiy yani asrlar mobaynida bu koʻrsatkich 0(nol) ga yaqin boʻladi. Qogʻoz pullarga asoslangan iqtisodiyot esa anchagina koʻproq inflatsiyaga uchraydi. Piter Bernolz bu haqda shunday degan: „Eng yuqori inflatsiya XX asrda metall pullar hech qanaqa kuchga ega boʻlmagan davlatlarda yuz berdi.” 1971-yilda AQSH hukumati dollarning oltinga bogʻliqligini tamomila uzdi, yani AQSH hukumati oʻz valkyutasini oltin bilan taminlamadi. Oʻsh paytda koʻplab davlatlarning budjet zahiralari AQSH dollarida edi. Dollarning inflatsiyaga uchrashini bilgan davlatlar AQSH dan pulini oltinga almashtirib berishni talab qiladi, lekin AQSH buni rad etadi. Pul rezervi dollarda boʻlgan davlatlar giperinflatsiyani oldini olishga harakat qilsa ham 1971-yillarda shu davlatlarda inflatsiya darajasi juda yuqori boʻldi. Lekin 1985-yillardan keyin koʻplab davlatlarda inflatsiya darajasi 1971 −1985-yillarga qaraganda anchagina pasaydi.

Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Inflyasiya (lotinchainflatio-shishirilgan) tushunchasi birinchi marta shimoliy Narxlar darajasi Ishsizlik darajasi 266 Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida ishlatilgan va muomaladagi qog’oz pullarning ko’payib ketishini anglatgan. Iqtisodiy adabiyotlarda “inflyatsiya” tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng qo’llanila boshlagan. Inflyatsiya- bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to’lib ketishi oqibatida narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining ko’tarilib borishini va natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya’ni uning sotib olish layoqati pasayishini anglatadi. Inflyasiya narx darajasining barqaror o’sishi sifatida namoyon bo’ladi. Bu barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o’sib borishini bildirmaydi. Narxlar nomutanosib o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Biri tez o’ssa, boshqasi ancha me’yoriy sur’atda ortadi, uchinchisi umuman ko’tarilmaydi. Deflyatsiya – inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narxlarning umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi. Inflyatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:


 tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida;
 pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida;
 narxlarning uzoq muddatli umumiy o’sishida. Inflyatsiya – bu pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir. Muomalada bo’lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyasiyani bildiradi. Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug’diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Qog’oz pul tovarlarga, oltinga va o’z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Inflyatsiya sur’ati – bu joriy davrdagi narxlarning (R1) bazis davrdagi narxlarga (Ro) nisbatidir.[1]
1.1. INFLYATSIYANI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR.
Inflyatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o’sishini talabva yalpi taklif o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanishi sababli, bu keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyasion hisoblanavermaydi. Jumladan, kon’yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong’in, zilzila va h.k.) natijasida narx o’sishini inflyasion deb hisoblash mumkin emas. Inflyatsiya yalpi ko’pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga muvozanatlikning buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi o’sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar:
1. Pul emissiyasining asossiz ko’paytirilishi;
2. Davlat byudjeti taqchilligi;
Agar taqchillik mamlakat banki tizimi qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa bu muomaladagi pul massasi o’sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham huddi shu usulda amalga oshirilsa narxlarning inflyatsion o’sishi ro’y berishi mumkin.
3. Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi; Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog’liq investitsiyalar alohida inflyasion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo’qotilishini bildiradi, balki harbiy sohaga qo’yilgan mablag’lar bir vaqtda qo’shimcha to’lovga layoqatli talabni vujudga keltirib, pul massasining tegishli tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi.
4. Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o’zgarishlar ko’proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi. Oligopolist ma’lum darajada narxlar ustidan hukmronlikka ega bo’ladi. Tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligini ushlab turadi.
5. Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati;
6. Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi;
7. Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o’sib borishi;
8. Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o’sishi. Bu milliy iqtisodiyotning jahon xo’jalik aloqalariga ko’proq tortilishi orqali “import qilinadigan” inflyatsiya xavfini
kuchaytiradi. Inflyatsion kutilish. Aholi va ishlab chiqaruvchilarning inflyatsion kutilishini bartaraf qilishga erishishi inflyatsiyaga qarshi siyosatning muhim vazifasi hisoblandi. Inflyatsion kutilish kishilarning joriy iste’molidan ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib, mahsulotlariga yuqori narxlarni o’rnatib boradi. Inflyatsion kutilish natijasida joriy talabning kengayishi narxlarning yanada o’sishini rag’batlantiradi. Bir vaqtda jamg’armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu ishlab chiqarish maqsadidagi investitsiyalar o’sishini, tovar va xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bunday iqtisodiy vaziyat yalpi taklif sekin va yalpi talab tez o’sishi bilan tavsiflanadi. Natijasi, narxlarning umumiy o’sishi ro’y beradi.
Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi.
I. Kelib chiqish sabablariga ko’ra inflyatsiya quyidagi turlarga ajratiladi:
a) Talab inflyasiyasi. Narx darajasining surunkali o’sishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotining real hajmini ko’paytirish ortiqcha talabni qondira olmasligini anglatadi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanishga jalb qilingan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
b) Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o’z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya narxlarining o’sishi hisobiga ham ortib boradi. Jumladan, 1973-1974 va 1979-1980-yillarda AQSH va boshqa ko’pchilik mamlakatlarda neft’ hamda import xom ashyolarga narxning bir necha marta oshishi yuqori inflyatsiyaning sababi bo’lgan. 1992-1995-yillarda Rossiyada neft’, gaz va ko’mir narxining ko’p martaga oshishi yuqori sur’atdagi inflyatsiyaning boshlang’ich sababi hisoblangan. Ma’lum holatlarda ish haqining o’sishi inflyatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Agar ish haqining ortishi mehnat unumdorligining o’sishidan yuqori sur’atlarda ro’y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi. Ayni vaqtda, bu vaziyatni inflyatsiya sharoitida ish haqini indeksatsiyalash bilan bir xil ma’noda tushunish kerak emas. Boshqa tomondan, inflyatsiya ish haqini indeksatsiyalashga

sabab bo’ladi. Demak, mazkur holat inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga kirmasa-da, bu tarkib topgan inflyatsion vaziyat sharoitidagi muqarrar amalga oshiriladigan zaruriyatdir. Ba’zan xarajatlar o’sishi zanjirli reaksiya tavsifini kasb etadi. Aytaylik, energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va elektr energiya ta’riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda tarqaladi: telefon xizmatlari qiymati, transport xizmatlari ta’rifi, oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.


II. Narxlarning o‘sish sur’atlariga ko‘ra inflyasiyaning a) me’yoridagi; b) o‘rmalab boruvchi d) giperinflatsiya kabi turlari ajratiladi. Inflyatsiyaning birinchi turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Giperinflyatsiya aholi va hatto jamiyatning yuqori ta’minlangan qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqadi. Giperinflyatsiya 1970-1980-yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga, 1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan. III. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
IV. Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyatsiya ajratiladi. Oshkora inflyatsiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. Yashirin inflyatsiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha pul tovar taqchilligida transformatsiyalashadi.

Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling