2 Ⅰ bob Inflatsiyaning mazmun mohiyati


Inflyatsiyadan yutqazmaydigan yoki undan naf ko‘radigan qatlamlar quyidagilar


Download 49.53 Kb.
bet5/11
Sana22.04.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1382130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs Ishi

Inflyatsiyadan yutqazmaydigan yoki undan naf ko‘radigan qatlamlar quyidagilar:
tovarlar, xom ashyo, fond birjasida va valyuta bozorlarida vositachilik qiluvchilar.
 qarz olgan jismoniy va huquqiy shaxslar.
 pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulk, qimmatbaho va noyob buyumlar hamda barqaror chet el valyutalariga almashtirganlar.
 davlat tuzilmasida va bozorda monopol mavqega ega bo‘lganlar.
 kundalik zaruriy iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar
ⅠⅠ BOB BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRIDA O’ZBEKISTONNING INFLYATSIYANI BARTARAF ETISHGA DOIR TAJRIBASI VA CHORA TADBIRLARI.
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish, ya’ni inflyatsiya ustidan nazorat o‘rnatish va narxlar o‘sishini nisbatan past darajada ushlab turishga qaratiladi. Bu o‘z ifodasini inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarda topadi. Mazkur chora-tadbirlar uzoq muddatli, qisqa davrli yoki majburiy tartibdagi tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Davlatning inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan uzoq muddatli (strategik) chora-tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar.
 foydaga imtiyozli soliqlar belgilash;
 ishlab chiqarish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish;
 yangi ish boshlagan korxonalarga subsidiyalar berish;
 tashqi savdo (eksport-import)ga imtiyozlar kiritish;
 samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish
II. Byudjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar.
 byudjet daromadlarini ko‘paytirish (soliq bazasini kengaytirish orqali);
 byudjet xarajatlarini kamaytirib borish.
 investitsion jarayonlarga davlatning aralashuvini nisbatan cheklash, asoslanmagan subsidiya ham dotatsiyalarni kamaytirish va h.k.
 fan texnika taraqqiyotini, iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash.
III. Pul massasini tartibga solishga qaratilgan tadbirlar.
 pul daromadlarining o‘sishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish;
pul emissiyasini cheklash;
 davlat kreditlarini qat’iy chegaralash;
 banklararo kredit resurslarining auksionlarini kengaytirish;
 davlatning oltin va valyuta zahiralarini ko‘paytirish;
 korxonalarni xususiylashtirish jarayonini kengaytirish va shu kabilar.
IV. Tashqi omillarning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. Bu tadbirlar chet el kapitallari, qisqa muddatli kreditlari va qarzlariga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirishga qaratiladi. Davlatning inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan qisqa muddatli tadbirlari sifatida quydagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
 qo‘shimcha turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarga imtiyozlar berish;
 iste’mol tovarlari importini kengaytirish;
 yangi xususiy korxonalar aksiyalarini sotishni rag‘batlantirish;
 muddatli omonatlarga yuqori foiz stavkalarini belgilash;
 ichki bozor raqobatbardosh bo‘lgan sharoitda milliy valyuta kursini oshirish;
 davlat oltin va valyuta zahiralaridan qisman inflyatsiyani jilovlashda foydalanish. Davlat tomonidan surunkali giperinflyatsiya sharoitida uni yumshatishga qarata qo‘llaniladigan majburiy tadbir – bu pul islohotlarini o‘tkazish hisoblanadi. Pul islohotlarining quyidagi turlari mavjud:
Nullifikatsiya
Inflyatsiya sur’ati juda yuqori darajada bo‘lganda qo‘llanilib, bunda qadrsizlangan pul o‘rniga muomalaga yangi pul birliklari chiqariladi. Bu tadbir 1797-yilda Fransiyada qo‘llanilib, muomalaga qog‘oz pullar o‘rniga real pullar, ya’ni qimmatbaho metallardan ishlangan tangalar chiqarilgan.
Devalvatsiya
Bunda eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash va to‘lov muvozanatini yaxshilash maqsadida milliy valyuta kursi rasmiy ravishda pasaytiriladi. Masalan,
1986-yil AQSHda dollarning Yaponiya ieniga nisbatan kursi 2 barobar pasaytirilgan.
Denominatsiya
Bunda eski pul birliklari ma’lum bir nisbatda yangi pul birliklari bilan almashtiriladi. Denominatsiya 1961-yil sobiq SSSRda (10:1 nisbatda), 1994-yil O‘zbekistonda (so‘m-kuponga 1000:1 nisbatda) va 1998-yil Rossiyada (1000:1 nisbatda) qo‘llanilgan.
O`zbekiston Respublikasining inflyatsiyaga qarshi siyosatida 1994 yilda milliy valyutaning joriy etilishidan keyingi davr muhim bosqichi bo`ldi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat – iqtisodiyotni barqarorlashtirish vositalaridan biri bo`lib, 1996 yildan iqtisodiy o`sish davri bosqichiga o`tildi. Milliy valyutani mustaxkamlash – O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» kitobida «Valyutaning mustaxkamligi – iqtisodiy islohotlar yangi bosqichining asosiy muammosi» paragrafida ta`kidlanganidek milliy valyuta iqtisodiy barqarorlikning, korxona va tarmoqlarni moliyaviy holatini mustaxkamlashning qudratli omili, respublika iste`mol bozorini va aholini ijtimoiy himoyalashning omili ekanligi ma`lum bo`ldi.
2.1.O’TGAN ASRNING SO’NGI YILLARI VA HOZIRGI YILLARIDA MDH DAVLATLARIDA HAMDA O’ZBEKISTONDA INFLYATSIYA KO’RSATKICHI YUQORI BO’LISHIGA ASOSIY SABABLAR
Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida MDH mamlakatlarida inflyatsiya o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi. 1991-1995 yillarda inflyatsiya yuqori darajaligi bilan xarakterlanadi. 1996-2003 yillarda esa inflyatsiya darajasining pasayishi va barqarorligi bilan xarakterlanadi.2022 yilda inflyatsiya darajasi 15,5% da kuzatilmoqda, bu ko’rsatkichlar 2020 yida 12,6%, 2021 yilda esa 9,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda. Buni YaIM deflyator ko`rsatkichida ham ko`rish mumkin, O`zbekiston Respublikasida 1993 yilda u 1170% ni, 2002 yilda 152,7% ni, 2004 yilda esa 104,7% ni tashkil etdi.2018 yilda 326,9% ni, 2022 yilda 424,1% ni tashkil etishi, 2020 yilda 524,1% ni, 2021 yilda 637,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda.

2.2.O’ZBEKISTONDAGI INFLYATSIYANING 2019-2022-YILLARDAGI KO’RSATKICHLARI



Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling