2 Ⅰ bob Inflatsiyaning mazmun mohiyati


-yildagi inflyatsiya ko’rsatkichi


Download 49.53 Kb.
bet6/11
Sana22.04.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1382130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs Ishi

2019-yildagi inflyatsiya ko’rsatkichi. 2019-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari 13,5 — 15,5 foiz darajasida belgilangan edi. Yil yakuniga ko‘ra uning ko‘rsatkichi 15,2 foizni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, ikkinchi yarim yillikda inflyatsiyaning nisbatan yuqori darajada bo‘lishiga tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi hamda banklarning yuqori kredit faolligi va davlat xarajatlarining oshishi bilan mustahkamlangan va investitsion va iste’mol talabini oshirgan omillar sabab bo‘lgan.
Tartibga solinadigan narxlarning oshishi bilan birga, iyul—avgust oylarida devalvatsiyaning tezlashishi 2019-yilning avgust oyida inflyatsiyaning oylik ko‘rsatkichi oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi va u 2,9 foizni tashkil etib, 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga yuqori bo‘ldi.
2019-yilning 4-choragida inflyatsiya o‘sish darajasi 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,7 foizga sekinlashgan.
2019-yil davomida yillik inflyatsiyaga un va non mahsulotlari narxining oshishi inflyatsion bosim ko‘rsatgan.
2019-yilda tartibga solinadigan narxlar o‘rtacha 21.6 foizga o‘sgan, xususan, qolipli nonning narxi 40 foizga, gaz narxi 18,8 foizga oshgan bo‘lsa, elektr energiyasi 18 foizga va benzin 17,6 foizga qimmatlashgan.
Ob-havo va iqlim sharoitlari meva-sabzavot mahsulotlarining narxida o‘z aksini topdi. Xususan, mevalarning narxi 21,4 foizga qimmatlashdi, kartoshkaning narxi 11,7 foizga, guruchning narxi esa 5,8 foizga oshdi. Bundan tashqari, ozuqa bazasining yetishmasligi go‘sht mahsulotlarining narxida o‘z aksini topdi va narxlarning 23,4 foizga o‘sishiga sabab bo‘ldi.
2020-yildagi inflyatsiya ko’rsatkichi. Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma'lumot berdi. 
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma'lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e'tirof etilgandi. 
Qo‘mita axborotnomasida ta'kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste'mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil
17
etgan. 2020 yilning iyun va iyul oylarida iste'mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur'ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.
Inflatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentyabr oyida 1 foiz inflatsiyaga erishgandi).

Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling