2 Ⅰ bob Inflatsiyaning mazmun mohiyati


-yildagi inflyatsiya ko’rsatkichi


Download 49.53 Kb.
bet8/11
Sana22.04.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1382130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs Ishi

2022-yildagi inflyatsiya ko’rsatkichi. 2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, iste’mol narxlari indeksi Markaziy bank tomonidan prognoz qilingan 12−12,5%ga mos keladi.
Bunga mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlab qolinishi va yuqori noaniqliklar sharoiti ta’sir qilishi ta’kidlangandi.
O‘tgan yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2%ga oshdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning dekabr oyida ham mos raqamlarni qayd etgandi. Taqqoslash uchun, 2020-yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 1,5%ni, 2019-yil dekabrida 1,6%ni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi hamda ularning narxlari o‘rtacha 1,7%ga oshdi.
Shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8%ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 1,1%ga oshgan.
Yil boshida istemol sektoridagi tovarlar va xizmatlar ko’rsatkichi o’rtacha 0.9%ga qimmatlashgandi.Noyabr oyiga kelib esa bu ko’rsatkich 1.3%ni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 2022-yil boshida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksi darajasi 9,8%ga yetgandi. Regulyator 2023-yil uchun bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishni prognoz qildi.
Ekspertlar fikricha, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi.
Qolaversa, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3%ni,
tadbirkorlarniki esa 14,3%ni tashkil etdi.
Xulosa
Xulosa qismida butun mavzuni jamlagan holda savol javob shaklida xulosa qilib olamiz.
Inflyatsiya to’g’risida qisqacha to’xtalsak.Ushbu iqtisodiy davrda tovar va xizmatlar qiymatini oshirish degani. Inflyatsiya mohiyati shundan iboratki, ayni paytda uning boshlanishidan oldin bir xil pulga nisbatan mol-mulkni kamroq sotib olish mumkin bo'ladi. Moliyani sotib olish kuchi kamayganligini aytish mumkin va ular o'z qiymatining bir qismini yo'qotib qo'ydi. Bozor iqtisodiyotida bunday jarayon narxlarning ko'tarilishida o'zini namoyon qilishi mumkin. Ma'muriy choralar bilan narxlash bir xil bo'lib qolmoqda, ammo mahsulot guruhlari etishmasligi bo'lishi mumkin.

Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling