2- kurs 18. 44-guruh uchun tayyorlangan
Musobaqalar va musobaqa tayyorgarligi
Download 119.95 Kb.
|
2-kurs SMO (voleybol)1-mavzuga slayd Хасанов А
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqalar qat’iy belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga harakat qilish kerak.
Musobaqalar va musobaqa tayyorgarligi
Sport musobaqalari yana tarkiban voleybolchilarni tayyorlash tizimiga kiradi. Ular nafaqat bevosita mashg‘ulot maqsadigina bo‘lib qolmay, maxsus tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda muntazam oddiy trenirovka qilib, trenirovka yuklamalari hajmi va intensivligini oshirib borib, sportda muvaffaqiyatga erishish qiyin. Musobaqalarda muntazam ishtirok etish – sportchiga zaruriy musobaqa sifatlarini, g‘alabaga bo‘lgan irodani o‘zlashtirish va rivojlantirish, o‘yin malakalari va taktik mahoratni ishonchliligini oshrish uchun majburiy sharoitdir. Musobaqalar belgilangan spetsifikaga ega bo‘ladi va tabiyki, faqat musobaqalardagina mumkin bo‘lgan maxsuslashgan sifat va ko‘nikmalarni tarbiyalaydi. Musobaqalar qat’iy belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga harakat qilish kerak.Musobaqalar sonining ko‘pligi, juda oz o‘tkazilgandagi kabi seksiyadagi trenirovka jarayoni holatini buzilishiga olib keladi. Yuqori razryadli komandalarda musobaqa tayyorgarligi yiliga 60-70 o‘yinni tashkil qiladi, ulardan 30-40 o‘yin kalendar bo‘yicha, qolganlari – nazorat va o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘ladi. 15-17 yoshlilar uchun o‘yinlar soni yiliga 40-50 ta bo‘lishi kerak, ulardan yarmi kalendar bo‘yicha musobaqalar, 13-14 yoshdagilar uchun o‘yinlar soni mos ravishda 30 ta (14-16 tasi kalendar bo‘yicha) o‘yindan iborat bo‘ladi. Ancha kichikroq yoshdagi bolalar uchun mini-voleybol bo‘yicha o‘yinlar soni 10-14 ta (6-8 tasi kalendar bo‘yicha), bundan tashqari ular uchun voleybol o‘yini texnikasi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Tuman va shahar musobaqalari uchun yaxshi vaqt-yanvar-mart, maktabning ichki musobaqalari uchun noyabr-dekabr oylari hisoblanadi. Musobaqalarning ta’siri etarli darajada ta’sirli bo‘lishi uchun muntazam o‘tkazilishi kerak. Voleybol jamoaviy sport turi, musobaqalarda qatnashishning natijasi esa komanda a’zolarining jamoaviy harakatlanishining kuchayishini yakuni bo‘ladi. Ammo musobaqalarda jamoa harakatlanishi samarali bo‘lishi uchun voleybolchilar musobaqa kurashiga individual holatda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlari kerak. Barcha yosh voleybolchilarni, misol uchun, sport maktablarida shug‘ullanuvchilar (ular 250 mingdan ortiq), rasmiy musobaqalar bilan qamrab olish imkoniyati yo‘q, barchani yagona dastur bo‘yicha teng ravishda tayyorlash kerak. Buning uchun jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‘yicha harakatli va tayyorlov voleybol o‘yinlarib voleybol bo‘yicha sport maktabi (umumta’lim maktabi)ning shug‘ullanuvchilarini yuz foizga qamrab olgan holda muntazam o‘tkazib boorish zarur. Bu musobaqalar rasmiy xarakterga ega bo‘lib, g‘oliblarni yoshlar bo‘yicha eng yaxshi o‘quv guruhlarni eng yaxshi jamoalarni aniqlash va taqdirlash lozim. jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‘yicha musobaqalarda yosh voleybolchi “o‘zi uchun” kurashadi, bu erda juda muhim jangovor sifatlar tarbiyalanadi. Voleybolga tayyorgarlik va harakatli o‘yinlarda bu sifatlar jamoaviy harakatlanishga ko‘chib o‘tadi, bu keyinchalik “voleybol” musobaqa tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 1. turgan joyida sakrash, turgan joyida uch xatlab sakrash; 2. o‘tirib va sakrab to‘ldirma to‘pni bosh orqasidan ikki qo‘llab uloqtirish, tennis to‘pini sakraganda uzunlikka va nishonga otish; 3. 30 metrga yugurish, 92 metrga yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish, 3x10 metrga yugurish, 6x5 metrga yugurish; 4. 30 metrga yugurish, turgan joyida uzunlikka sakrash, sakrab to‘ldirma to‘pni uloqtirish. Bundan tashqari voleybolchilar uchun maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi bunday musobaqalar ko‘p kurash tarzida (yugurishda, sakrashda, uloqtirishda aloxida) va aralash (yugurish, sakrash, uloqtirishlar). Misol uchun: Download 119.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling