2 -mа’ruzа chiqindilarning sinflanishi. Tаbiаtdа ro’y bеrаyotgаn аntrоpоgеn o’zgаrishlаr


Аtrоf muhitni muhоfаzа qilish muаmmоlаrining аsоsiy yo’nаlishlаri


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#206889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 maruza(1)

Аtrоf muhitni muhоfаzа qilish muаmmоlаrining аsоsiy yo’nаlishlаri 

Аtrоf muhitni muхоfаzа qilish bir nеchа yo’nаlishlаrgа еgа bo’lib, bоshqа fаnlаr yutuqlаrini 

qo’llаgаn hоldа o’z оldigа qo’ygаn mаqsаdlаrini hаl qilаdi: 

1.  Fаlsаfiy  yo’nаlish  -  tаbiаt  bilаn  jаmiyatning  bir  butunligigа,  undаn  fоydаlаnilish  vа 

himоya  qilish birligigа аsоslаngаn. 

2.  Tаriхiy  yo’nаlish  –  biоsfеrа  vа  uning  qismlаrini  mаvjudlik  qоnuniyatlаrini  o’rgаnish 

zаrurdigigа аsоsldngаn. 

3.  Еkоlоgik  yo’nаlish  –  insоnlаrni  tаbiаt  bilаn  biоlоgik  jihаtdаn  bоg’liq  еkаnligigа 

аsоslаngаn. 

4.  Tехnik-iqtisоdiy  yo’nаlish  –  tаbiiy  rеsurslаrdаn  оqilоnа  fоydаlаnish  vа  muхоfаzа  qilish 

zаrurligigа аsоslаngаn. 

5.  Sоtsiаl-siyosiy  yo’nаlish  –  аtrоf  muhitni  muхоfаzа  qilish  muаmmоsini  butun  insоniyat 

miqyosidа хаl qilinishi zаrur еkаnligigа аsоslаnrаn. 

6.  Yuridik  yo’nаlish  –  insоnlаrning  tаbiаtgа  ko’rsаyotgаn  tа’sirini  chеgаrаlоvchi  vа 

jаzоlаnishini  tа’minlоvchi  хuquqiy  аktlаrni  ishlаb  chiqish  vа  uni  bаjаrilishini  tаlаb  qilinishigа 

аsоslаngаn. 

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining   qoida-talablari  va tamoyillari   asosida atrof 

tabiiy  muhitni muhofaza  qilish, tabiiy resurslardan   oqilona  foydalanish va aholining   ekologik 

xavfsizligini  ta'minlashga  qaratilgan  qonunlar  qabul qilinadi. 



 

Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining  asosiy  yo`nalshlari belgilansa, ushbu 

konstitutsion    qoidalarga    mos  ravishda    qabul  qilinadigan  qonunlarda    atrof  tabiiy  muhitni  

muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan    oqilona      foydalanishning    talablari,  mexanizmi 

mustahkamlanadi. 

 

Respublikamiz  mustaqilikka    erishgandan  so`ng    O`zbekiston  Respublikasi  quyidagi 



qonunlari qabul qilindi: 

 

O`zbekiston Respublikasining  «Tabiatni muhofaza  qilish  to`g`risida» gi qonuni; 



O`zbekiston  Respublikasining    «Alohida  muhofaza    etiladigan  tabiiy  xududlar    to`g`risida»  gi  

qonuni; 


O`zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to`g`risida» gi  qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish  to`g`risida» gi qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish to`g`risida» gi  qonuni;  

O`zbekiston  Respublikasining    «O`simlik  dunyosini  muhofaza    qilish  va    ulardan  foydalanish 

to`g`risida» gi  qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish va  ulardan  foydalanish   

to`g`risida» gi  qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»; 

O`zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to`g`risida» gi  qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining  «Davlat  yer kadastri  to`g`risida» gi qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «O`rmon  to`g`risida» gi  qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining «Ekologik  ekspertiza to`g`risida» gi qonuni; 

O`zbekiston Respublikasining  «Radiatsiya  xavfsizligi  to`g`risida» gi qonuni;  

O`zbekiston Respublikasining «Ekologik  nazorat to`g`risida» gi qonuni 

va boshqalar. 

Ushbu  qonunlarda    tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy    obyektlardan    oqilona  foydalanish  va  

aholining ekologik xavfsizligini   ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy  munosabatlarning   maqsadi, 

vazifasi, obyekt va subyektlari, tabiiy resurslarning  huquqiy  holati,  ushbu sohada  yuridik  va 

jismoniy    shaxslarning    huquqlari,  majburiyatlari,  erkinliklari,  kafolatlari  va  vakolatlari,  tabiiy 

resurslardan  foydalanish  va    ularni  muhofaza  qilish    tartibi,  muddati    va  talablari,  ekologik  

qonunchilik talablarini  buzganlik  uchun yuridik  javobgarlik  chora -tadbirlari  kabi  ekologik-

huquqiy qoida talablari belgilangandir.  

 

Shuning    uchun  ham  yuqorida  ta'kidlangan      O`zbekiston  Respublikasining    Qonunlari  



ekologik  munosabatlarni    tartibga    solish  uchun    qabul  qilingan    bo`lib,  tabiatni  muhofaza 

qilishning maxsus manbasi  sifatida e'tirof  etiladi. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling