2 -mа’ruzа chiqindilarning sinflanishi. Tаbiаtdа ro’y bеrаyotgаn аntrоpоgеn o’zgаrishlаr
Tаbiаtdаn fоydаlаnishni bоshqаruvchi dаvlаt tаshkilоtlаri
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
2 maruza(1)
Tаbiаtdаn fоydаlаnishni bоshqаruvchi dаvlаt tаshkilоtlаri. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarning doirasi kengdir. O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat organlariga bo`linadi. Maxsus vakolatga ega bo’lgan organlar o`z navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo`linadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi: tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar) qabul qiladi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va to`lovlar miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat ekologik nazoratini tashkil etadi; yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, yer uchastkalariga bo`lgan huquqni bekor qiladi; yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi va uni bekor qiladi, yer osti boyliklaridan foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umumtarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi hamda rivojlantiradi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O`zbekiston Respublikasining 1993 yil, 3-sentabr “Mahalliy davlat hokimiyat organlari to`g`risida”gi qonunda (10, 24, 25-moddalari), “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunda (10-modda) va tabiiy resurslar to`g`risida”gi qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat hokimiyat organlari yer munosabatlarini tartibga solishda muhim o`rin egallaydilar va bu masalaga Yer kodeksining 5-7 moddalari bor. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hududlarida ekologiya sohasida davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar: mintaqada (hududda) tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydilar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini tasdiqlaydilar; atrof tabiiy muhitga zarar yetkazayotgan obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish to`g`risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy resurslarni taqsimlaydilar (yer uchastkalarini - egalikka, foydalanishga yoki ijaraga, suv obyektini tanho foydalanishga, o`simlik dunyosidan pichan o`rish yoki mol boqish uchun, aholi punktlarida daraxtlar kesish maqsadida foydalanish huquqini beradilar) va shunday foydalanish huquqlarini bekor qiladilar; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, ya'ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya'ni ma'lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo`linadi. O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi 2003-yil 9-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan va uning Nizomi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil, 19- oktabrdagi 483-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu organ yer monitoringi, davlat yer kadastrini yuritadi; yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga oladi, yer resurslarini davlat hisobini olib boradi, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza etilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi; yer tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi shaharlarda yerlarni foydalanishga ajratib berishda va yerlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi. O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi Vazirlar Mashkamasining 2004 yil, 25- martdagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, konlarni geologik izlanish, mineral resursdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi; hududlarni geologik jihatdan o`rganilganligini tahlil qiladi; mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi; geologik o`rganish bo`yicha normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; konlar geologik ma'lumotlar davlat jamg`rmasini, foydali qazilmalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrining yer osti suvlar qismini yuritadi; geologik qidiruv ishlarining davlat hisobini yuritadi va ro`yxatini olib boradi; qazilma boyliklar joylashgan hududlarni qazilma boyliklardan foydalanish bilan bog`liq bo`lmagan maqsadlarda qurilish uchun yer ajratish masalasi bo`yicha xulosa beradi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 9 iyuldagi Farmoniga muvofiq, foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer inshootlarining qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi; yer osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi va uning organlari, Vazirlar Mahkamasining 2003 –yil,28 -iyundagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yer osti suvlarining iste'mol qilish qismida yuritadi, suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish bo`yicha shartnomalar tuzadi; sun'iy suv havzalaridan va kanallardan suvdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistor Respublikasining 1999- yil, 14-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ichimlik suvlarning ifloslanishi ustidan sanitar nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko`rsatilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Vazirlar Mashkamasining 2004-yil 14- aprel 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, suv va atmosfera monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida o`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 7- fevraldagi Farmoniga muvofiq o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, o`rmonlarning muhofazasini, himoyasini, qayta ko`paytirilishini tashkil etadi, o`rmon resurslaridan foydalanish huquqini beradi; o`rmonlarning davlat hisobini va davlat kadastrini yuritadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Аtrоf muhitni muхоfаzа qilish bоrsidаgi dаvlаt bоshqаruvi sistеmаsi dеgаndа dаvlаt tаshkilоtlаrining tаbiiy rеsurslаrni qаytа tiklаsh, ulаrdаn оqilоnа vа tеjаmli fоydаlаnish, аtrоf muhitni muхоfаzа qilish sоhаsidаgi mаsаlаlаrni хаl qilish uchun qаrаtilgаn tаshkiliy fаоliyatlаritushunilаdi. Tаbiаtdаn fоydаlаnishni bоshqаruvchi asosiy dаvlаt tаshkilоtlаrigа quyidаgilаr kirаdi: 1. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mахkаmаsi kоshidаgi аtrоf muhitni muхоfаzа qilish vа tаbiiy rеsurslаrdаn оqilоnа fоydаlаnish kоmissiyasi. 2. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Majlisi qоshidаgi “Atrоf muhitni muхоfаzа qilish” qo’mitasi. 3. Tаbiiy muhitni nаzоrаt qiluvchi O’zbеkistоn Rеspublikаsi gidrоmеtеоrоlоgiya dаvlаt qo’mitаsi. 4. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Ekologiya va atrof muxitni muхоfаzа qilish dаvlаt qo’mitаsi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o`rinni O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxitni muхоfаzа qilish davlat qo`mitasi egallaydi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996- yil 26-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-yil 5-6- son, 70-modda) muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisobdordir. Ekologiya va atrof muxitni muхоfаzа qilish davlat qo`mitasi quyidagi asosiy vakolatlarni amalga oshiradi: atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo`llash, resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalarni barcha joylarda qo`llanilishini , ekologiya sohasidagi fan-texnika yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
tabiatni mushofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) normativlarini belgilaydi hamda tabiatdan foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi; davlat ekologik ekspertizasini o`tkazadi; atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta'sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to`g`risidagi ma'lumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi; respublikada qo`riqxonalarga doir ishlarga rahbarlik qiladi, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishda qatnashadi; ekologik tashviqotni amalga oshiradi, ekologik ta'lim va tarbiyani tashkil etish hamda yuritishda qatnashadi; ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni joylashtirish va ko`mish, suvdan maxsus foydalanishga, ov qilish va baliq tutishga ruhsatnomalar beradi, yovvoyi dori-darmon giyoshlari, ozuqa o`simliklari va manzarali o`simliklarni, texnikaviy xom
ashyo va
boshqa tabiiy
hosilalarni (shu
jumladan mumiyoni) yaratish(tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi; tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da'vo qilish; bank muassasalariga ekologik qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni loyishalash, qurish, qayta qurish yoki k engaytirish ishlarini mablag` bilan ta'minlashni to`xtatish haqida taqdimnoma kiritadi; ekologik qoidalarga amal qilmay ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishini txtatib qo`yadi; ekologik talablarga rioya etmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortadi, zarurat bo`lganda huquqbuzarlik materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi; tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan belgilangan hollarda va tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling