2- ma’ruza “logistika” faniga kirish
Download 87.42 Kb.
|
1,2-маъруза-1
3. Logistika turlari
Hozirgi paytda logistika sohasidagi olimlar va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazariy va uslubiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish uchun turli logistik tuzilmalar, assotsiatsiyalar tashkil etilgan va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. “Ishlab chiqarish va zaxiralarni boshqarish muammolari Amerika jamiyati”, “Menejment muammolari bo‘yicha Amerika kengashi”, “Logistika va transportlashtirish bo‘yicha Amerika jamiyati”, “Materil boshqaruvi bo‘yicha Xalqaro jamiyat”, “Jismoniy taqsimlashni boshqarish va logistika instituti” (Buyuk Britaniya), “Ishlab chiqarishda logistikaning Fransuz assotsiatsiyasi”, Gollandiya, Italiya, SHvetsariya, Germaniya, Finlandiya va boshqa mamlakatlardagi logistika assotsiatsiyalari, Rossiya logistika bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlari shular jumlasidan Logistikaning vazifalari
XX asrning 90-yillariga kelib logistikaning qo‘llanish sohasi nihoyatda kengaydi. Logistika xo‘jalik yuritish faoliyatining turli sohalariga kirib borishi bilan uning tushinchasi va aniqlanishi ham kengayib bordi. Logistikaga oid ilmiy sohada quyidagi yo‘nalishlar shakllandi: axborot logistikasi; xarid (ta’minot)logistikasi; ishlab chiqarish logistikasi; taqsimot logistikasi; zaxira logistikasi; transport logistikasi. Korxona va tashkilotlarning logistik faoliyati kengayib borgani sari logistikaning ta’rifi ham aniqlashib va kengayib bordi. Download 87.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling