2- ma’ruza “logistika” faniga kirish
Download 87.42 Kb.
|
1,2-маъруза-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logistikaning asosiy maqsadi
Logistika – bu material oqimlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlar, axborotlar, moliya va boshqa oqimlarni optimallashtirish va ularni ma’lum tizimda boshqarish asosida uning maqsadlariga erishish xaqidagi fandir.
AQSHning material taqismlashni boshqarish bo‘yicha milliy kengashi xodimlari esa logistikaning quyidagicha aniqlanishini ko‘rsatmoqdalar: Logistika- bu korxonalarga kirib kelayotgan material va unga mos ravishda shakllanayotgan axborot oqimlarini rejalashtirish, nazorat etish va boshqarishdir. Logistikaning asosiy maqsadi korxonaning bozordagi raqobatdoshligini ta’minlashdan iborat. Bunday maqsadga logistika oqimlari jarayonini quyidagi qoidalarga muvofiq boshqarish asosida erishiladi: bu qoida ko‘ra iste’molchi (xaridor)ga kerakli mahsulot (xom ashyo, xizmat, resurs) lozim bo‘lgan sifati ta’minlagan holda kerakli miqdorda va belgilangan muddatda, eng kam xarajatlar evaziga etkazib berilishi lozim. Logistikaning asosiy maqsadi boshqaruv vertikali bo‘yicha turli darajadagi lokal maqsadlarga bo‘linadi. Maqsadlar gorizontal tekislikda ham bo‘linib, har bir ijrochi yoki logistik operatsiyaning maqsadlarigacha etib boradi. Logistik tizimda vertikal va gorizontal tekislikdagi integrallashuvda turli funksional soha va boshqarish darajalaridagi o‘zaro ta’sir va qayta bog‘lanishlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun logistika ma’lum vazifalar, umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshirishi lozim (1.6. rasm). 1.1-rasm. Logistikaning global va lokal vazifalari Logistikaning umumiy global vazifalariga quyidagilar kiradi: material, axborot va boshqa kerakli oqimlarning integrallashgan kompleks tizimlarini yaratish; ishlab chiqarish va muomala sohalarida logistik imkoniyatlardan foydalanishni nazoratga olish, ularni rejalashtirish va strategik muvofiqlashtirish; logistik tizimning yuqori darajadagi moslashuvchanligini ta’minlash; bozor muhitini hisobga olgan holda tanlab olingan strategiya doirasida logistik konsepsiyani doimiy mukammallashtirish. Global masalalarni hal qilishda vaqt omilini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. CHunki tashqi muhit tez o‘zgarishi mumkin va bunda global masalalarning echimi sekinlashib, tashqi muhit o‘zgarishidan orqada qolsa, unda qabul qilingan echimlar natijasi salbiy bo‘lishi mumkin. Logistikaning xususiy vazifalari lokal xarakterda bo‘lib, ular turlicha va o‘zgaruvchandir (1.1- rasm): mahsulotni saqlab turish vaqtini maksimal qisqartirish; tashish muddatini kamaytirish; etkazib berish muddatini qisqartirish; iste’molchilar talablariga tezda javob berish; axborotlarni jadal qayta ishlash, uzatish va shu kabilar. 1.2- rasm. Logistikaning umumiy vazifalari Yuqorida keltirilgan global va xususiy vazifalarni bajarish logistikaning umumiy masalalari doirasida bo‘lib, ular quyidagilardan iborat (1.7. rasm): logistik tizimdagi oqimlar jarayonining boshidan oxirigacha nazorat etish; material oqimlarni boshqarish usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish; hodisalarning rivojlanishini turli variantlarda oldindan ko‘ra bilish; logistik operatsiyalar sifatiga bo‘lgan talablarni standartlashtirish; bozor talablariga muvofiq bo‘lgan logistik operatsiyalar bilan logistik tizim imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash; tashkilotning texnik va texnologik tuzilmalarini optimallashtirish. Download 87.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling