3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari
Nomoddiy aktivlar
Asosiy vositalar
Debitorlar
Zahiralar
Pul mablag‘-lari
Past
Yuqori
Past
Yuqori
Likvidlik darajasi
Talab etilayotgan daromadlilik
3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 "Patentlar, lisenziyalar va nou-xau";
0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari";
0430 "Dasturiy ta'minot";
0440 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari";
0460 "Franchayz";
0470 "Mualliflik huquqlari";
0480 "Gudvill";
0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar".
Nomoddiy aktivlar quyidagi ob'ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) ta'sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani - tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) to‘lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu ob'ektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilgan - haqiqiy xarajatlar bo‘yicha;
b) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan ob'ektlar - kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha;
c) korxonaning o‘zi tomonidan yaratilgan yoki korxonaning o‘zida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan ob'ektlar - haqiqiy tannarxi bo‘yicha.
Ta'sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 "Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 "Tekinga olingan mulk" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |