2 – ma’ruza. Raqamli jamiyat. Reja
Download 40.72 Kb.
|
2-маъруза
2 – ma’ruza. Raqamli jamiyat. Reja: 1. Raqamli jamiyat haqida tushuncha 2. Raqamli iqtisodiyot boʻyicha maktabdanoq keng qamrovli tushunchalarni olib borish 3. Joriy yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida amalga oshirilgan ishlar Bugungi zamonda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek qo‘yadi. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi. Hozirgi davrda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy drayverlarga aylanib kelishi. Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Va shu tarzda raqamli texnologiyalar katta ko‘mak beradi. Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda – o‘ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi bo`lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo‘lsak, mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega. Avvalombor raqamli iqtisodiyot o‘zi nima ekanligini yaxshilab tushunib yetishimiz lozim. Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo`lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Qayerda “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ga o‘tilgan bo‘lsa, odamlarning og‘iri yengil bo‘layotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, poytaxtimizning o‘ta zamonaviy makonga aylantirish, iqtisodiy va turistik salohiyatini o‘stirish maqsadida “Raqamli Toshkent” nomli yirik va ko‘p tarmoqli loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur tizimini joriy etish, uni sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Xo‘sh, mazkur hujjatning mohiyati nima? Mazkur loiyha ko‘p tarmoqli loyiha bo‘lib, o‘z ichiga bir qator soha va tarmoqlarini qamrab oladi. “Tibbiyot muassasalari pasporti”, “UzTrans”, Turistlar hisobini yuritish bo‘yicha “e-Mehmon” va boshqa axborot tizimlari aholi hamda mehmonlarga katta qulaylik yaratadi. Masalan, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, shifokorlarning qog‘oz to‘ldirishga ketadigan vaqti ancha qisqarib, aholi bilan ishlashi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Shu maqsadda Toshkent shahridagi 15 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz, 11 ta ko‘p tarmoqli va 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi. Agarda qisqagina boshqa yo‘nalishlariga nazar tashlasak, bu borada muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Jumladan, bolalar bog‘chasi, masofaviy ta’lim, shahar jamoat transportlari uchun yagona elektron chipta, qurilishni nazorat qilish, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha mazkur loyihada o‘rin olgan. Bugungi kunda Toshkent shaxrida 600 dan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi Internetga ulangan. Ammo ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar hali ham yetarli darajada emas. Telekommunikatsiya infratuzilmasi 2 yil mobaynida barcha 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari (maktab, bog‘cha va sog‘liqni saqlash) yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash ishlarini yakuniga yetkazishi rejalashtirilgan. Davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash keng ishlar olib boriladi. “Raqamli Toshkent”, shubhasiz, o‘ta yirik yuqori moliyaviy va inson manbalarni talab etadigan loyihadir. Va bu jarayonlarga nafaqat hukumat, sherikchilik asosida aholini va xususiy tadbirkorlarni ham jalb etilishi nazarda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur loyihani birgalikda amalga oshirishi ahilligimizni kuchaytiradi, fuqarolarimizni ijtimoiy hayotda va O‘zbekiston ravnaqiga, Toshkent rivojiga hissa qo‘shishda faolligini yanada oshiradi. Dunyo taʼlimi aynan raqamli iqtisod asosida jadal oʻsmoqda Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. “2020-2021-yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini taʼminlash masalasi muhtaram Prezidentimizning ” Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorida oʻz aksini topgan. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 2 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi. Ayniqsa, dunyo ahlini sarosimaga solib qoʻygan pandemiya oqibatlarini yengish uchun ushbu qaror juda muhimdir. Uning mohiyatini sodda tilda odamlarga tushuntirish undan-da dolzarb. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, odamlarni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham ular samarali vositadir. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. 2020-yilning nomida raqamli iqtisod atamasi borligi va uni keng ommaga, maktab bolalariga tushunchalar berish uchun pedagoglarga tinmay murojaat qilmoqdalar. Raqamli iqtisodiyot, bu — alohida faoliyat turi emas. Bu, aslida, ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, sifatli taʼlim, xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi mazkur sohalarning barchasi axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi. Ularning tahlilidan soʻng toʻgʻri boshqarish boʻyicha yechim ishlab chiqiladi. Yoshlarga u haqida koʻproq gapirish va axborot texnologiyalari kasbiga motivatsiya qilaverish kerak. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalashi uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot- bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi boʻlib, u ijodiy mehnat va axborot neʼmatlarining ustuvor oʻrni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot, bu - oʻziga xos nazariya boʻlib, uning oʻrganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi Raqamli iqtisodiyot, shaffoflik, sud tizimining mustaqilligi, qonun ustuvorligi amalda qanday taʼminlanishi boʻyicha aytilgan mulohazalarning barchasi zamirida, ayniqsa, shaffoflik tamoyilida bu - vaksina. Har joyda inson omilidan xoli elektron olam qobigʻida korrupsiyani oldi olinadi. Aslida ilm va maʼrifatli odam birovning haqidan qoʻrqadi. Shuning uchun ham yil nomida ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyot atamalari bejiz ishlatilmadi, nazarimda. Endi raqamli iqtisodiyot taʼlim bilan uzviy bogʻliq ekan bu borada maktabda nima ishlarni bajarish kerak? pedagogik innovatsiyalar va ishlanmalarning amaliy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-uslubiy, tajriba-sinov va pedagogik texnologiyalar natijalarini keng joriy etish uchun taʼlim, ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini izlash; innovatsiyalar, ilmiy-uslubiy, tajriba-sinov va maktab ishlarga davlat va xususiy mablagʻlar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish; boshqaruv yaʼni taʼlim menijmentining zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali maktab faoliyatining samaradorligini oshirish; barqaror faoliyat yuritadigan maktab-oila-mahalla infratuzilmasini yaratish. Bunda bizningcha asosiy yoʻnalishlar: fan, ixtirochilik, yangi davrga mos kasbga yoʻnaltirish va ilgʻor raqamli texnologiyalarni maktabda rivojlantirish; innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish; maktabda tez, optik tolali keng polosali internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish; taʼlim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish va tezlikda yettinchi sinf bolalari uchun dasturlash tillarini oʻrgatuvchi puxta darslik va metodika yaratish. Kuchli bilim va salohiyatga ega informatika oʻqituvchilarini turli sinov va attestatsiyalardan ozod qilib, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori malaka toifalarini berish. Butun dunyoda bunday mutaxassislarga yuqori maosh toʻlanadi. Ular maktabdagi sistemalarni boshqarishlari kerak. Raqamli iqtisodiyot boʻyicha maktabdanoq keng qamrovli tushunchalarni olib borish maqsadga muvofiq. Raqamli iqtisodiyotni oʻzi mamlakatimizda tadbirkorlik va umuman, iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday rol oʻynaydi?- degan savol tabiiyki taʼlim jarayonida yechimini topishi kerak. Zero, Oʻzbekiston bugungi kunga kelib ayni raqamli iqtisodiyot tomon jadal kirib bormoqda. Vaqt oʻtishi bilan u yerda uydan chiqmasdan har qanday mahsulotni sotib olish imkoni paydo boʻldi. Uydan chiqmasdan buyurtma berilishi va toʻlanishi mumkin boʻlgan dasturiy taʼminot, kompyuter oʻyinlari va elektron kitoblarni sotish bozorida faol rivojlana boshladi. Shu tariqa raqamli iqtisodiyot butun jamiyatni qamrab oldi. Bizda ham telefon keng ommalashdi. Aksariyat odamlar undan foydali ilovalardan foydalanish oʻrniga keraksiz axborotlar uchun aziz umrlarini sovurayotganliklari nihoyatda achinarli. Maʼlumki, axborot oʻlchov birligining eng kichigi nol yoki bir raqamlarda oʻlchanib uni bir bit deb qabul qilingan. Butun axborot olamining asosi ana shu ikki raqam bilan kodlanganligi tufayli raqamli soʻzi shu qadar ommalashib ketdi. Har bir belgi sakkizta 0 yoki 1 dan iborat. Bu bir bayt deb qabul qilingan. Bu axborot hajmi. Raqamli televideniye, raqamli fotoapparat, bankomat va hokozo tushunchalar aynan axborotni 0 yoki 1 bilan kodlanishi bilan bogʻliq boʻlib, bugungi kundagi barcha innovatsiyalarni asosi boʻlmoqda. Aqlli shahar, aqlli maktab, aqlli poliklinika va nimaiki hayot biz pedagoglar oldiga qoʻyayotgan boʻlsa, yaʼni strategik innovatsiyalarni xamirturushi ayni raqamli iqtisodiyot qobigʻida amalga oshiriladi. Men informatika va axborot texnologiyalari va matematikadan dars berib, aynan nol sonini qayerdan kelib chiqqani va aniq manbalariga qiziqib yurar edim. 2019-yilda nashr qilingan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining “Olam va Odam Din va Ilm” deb nomlanuvchi kitoblarining oʻqib turib uning 89-betida shunday aniq manbalar asosidagi shunday fikrlariga koʻzim tushdi: “Boshqa bir xorazmlik olim - Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy rahmatullohi alayhining hisob ilmi boʻyicha ulugʻ kashfiyotlari haqida ikki ogʻiz soʻz. Bizning bu borada batafsil soʻz yuritishga imkonimiz yoʻqligi sababli u kishining faqat bitta kashfiyotlari haqida qisqacha aytib oʻtamiz. Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy rahmatullohi alayhi 976-yilda oʻzining “Mafotiyhul ulum” nomli kitobida hisob amaliyotlarida oʻnliklarda boʻsh joy qolsa, kichkina doira shaklidagi alomat qoʻyishni taklif etadi. U kishi oʻsha doirani “sifr”, yaʼni ”hech narsa” deb nomlaydi. Xuddi shu “sifr” nazariyasi insoniyatning ilm-fan, xususan aniq fanlar borasidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Bu narsani hozir biz ruslarga ergashib, “nol” deymiz. Bu ham hech narsa degan maʼnoni bildiradi. Yevropa xalqlari ham Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy rahmatullohi alayhning “sifr”ni tarjima qilib, “zero” deydilar. Yevropalik tarixchilardan janob Eyr ”sifr” nazariyasi haqida quyidagilarni yozadi: “Albatta, “sifr” nazariyasi musulmonlar yevropaliklarga taqdim qilgan eng ulkan ilmiy hadyalardan biri hisoblanadi. “Sifr” alomati hisobni toʻgʻrilash borasidagi eng ulugʻ qadamdir”. Albatta, Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy rahmatullohi alayhining nolni kashfiyotchisi ekanligi matbuotda birinchi marta eʼlon qilinmoqda. Shu paytgacha barcha, jumladan oʻzim ham nolni Muhammad ibn Muso al-Xarazmiy kashf etgan deb hisoblar edik. Qizigʻi shundaki, har ikkala olim xorazmlik, har ikkisi ham zamondosh. Oʻylaymizki, sharqshunos olimlar ushbu masalaga oydinlik kiritib beradilar. Darhaqiqat, “nol” boʻlmasa, hisob-kitob qilish mumkin emas holiga kelib qoladi. Bu kashfiyotning qadri elektron hisoblash mashinalari-kompyuterlar chiqqanda yana ham ortdi. Irlandiyalik mashhur matematik Jon Bul ayni nol va birlar asosida Bul algebrasini yaratdi. Mantiqiy amallarni bajarish qoidalari mantiqiy sxemalarni oʻzgartirish uchun qulay. Shu sababli, bul algebrasi kompyuterni ishlab chiqishda asos boʻldi. Hozir ulardagi hamma narsa aynan “nol” va “bir” asosida amalga oshiriladi. Hamma raqamlarning asosida “nol” boʻladi. Uning baʼzi qismini ishlatib, baʼzisini ishlatmaslik yoʻli bilan qolgan raqamlar barpo qilinadi. Raqamli iqtisodiyot, algoritm, matematika bizga begona emas. Uning ilk kashfiyotchilari ham oʻzimizning ota-bobolarimiz. Bizning qonimizda dastur tuzish, mantiqqa kuchli moyillik bor. Men aminmanki, muhtaram Prezidentimizning qarorlarida aytilgan bir million dasturchi va IT parklari matematika fanini rivojlantirish soʻzsiz amalga oshirish mumkin boʻlgan vazifa. Ajoyib, bizning ota-bobolarimiz boshlagan kashfiyot bugun taraqqiyot asosi boʻlmoqda. Raqamli avlod paydo boʻlmoqda. Afsuski, bular haqida kattalar kam maʼlumotga ega. Tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan raqamli va axborot texnologiyalari sharoitida raqobatdosh yoshlarni maktabdanoq shakllantirilmas ekan, strategik maqsadlarni roʻyobga chiqishi qiyinlashadi. 5-6 yildan soʻng hozirgi koʻplab kasblar yoʻq boʻlib ketadi, buning oʻrniga yangilari paydo boʻladi. Bu ham raqamli iqtisodiyotning hosilasi. Garchand, katta avlod vakillarida obyektiv ravishda bu ishlarda loqaydlik sezilsa-da, ammo barcha umidimiz albatta yoshlardan, ular tez rivojlanayotgan dunyodan qanday qilib ortda qolmasligimiz kerakligi haqida doimiy ravishda oʻylashi kerak. Chunki ularning raqobatchilari nafaqat atroflarida, balki butun dunyoda. Bizning bitiruvchilarimiz har yerda raqobatli olam bilan teng bas kelishlari darkor. Qisqacha aytganda, bugun raqamli iqtisodiyotning ikkita vazifasi bor: amaldagi jarayonni izchil avtomatlashtirib borish hamda odamlarni oʻz faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash. Mazkur dolzarb masala hammani ommaviy foydalanuvchi darajasida raqamli iqtisodiyotning mazmuniga tushunish, uni hayotga izchil qoʻllash, umumtaʼlimda ham oʻquv-tarbiya mazmuniga oʻzgartirishlar kiritishni taqozo qiladi. Oddiy xalq tili bilan aytganda ilgari odamlar mavqei qancha moddiy boyligi bilan oʻlchangan boʻlsa, bugungi kunga kelib uning tasarrufida qancha axborot borligi bilan oʻlchanmoqda, yaʼni choʻntakda qancha mablagʻ bor emas, balki senda qancha axborot bor, degan savol insoning mavqeini belgilab bermoqda. Binobarin, maktabda bu haqida koʻp mashgʻulotlar oʻtkazish, raqamli texnologiyalar innovatsiyalar rivojiga keng yoʻl ochishini tashviq qilaverish darkor. Bu borada “Informatika va axborot texnologiyalari” fani fundamental nazariy bilimlarni bersa, boshqa fanlarni oʻqitilishida oʻquvchi raqamli texnologiyalardan faol foydalanuvchi boʻlib qolishi kerak. Dunyo oʻrta taʼlimi aynan raqamli iqtisod asosida jadal oʻsmoqda. Masofaviy taʼlim nima ekanligini karantin sharoitida hamma tushundi chamamda. Biz pedagoglar, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari orqali odatda ayniqsa kasbga yoʻnaltirish mashgʻulotlarida hadeb bir xil anʼanaviy kasblarni emas, balki raqamli iqtisodiyotga xizmat koʻrsatuvchi kasblarni koʻproq targʻib qilish zarur. Eng zamonaviy kasblar reyestrini tegishli tashkilotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish ham foydadan xoli boʻlmaydi. Shunda ota-onalar ham oldindan bolasi uchun toʻgʻri yoʻnalish tanlash imkoniyati boʻlar edi. Download 40.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling