2- ma’ruza til va jamiyat. Sotsiolingvistika reja
Download 346.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun’iy tillar
Pijin tillar ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi.
Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq. Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. XIX asrning o‘rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish kuchayadi. Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu nazariya tarafdori edilar. To‘g‘ri, fiziologik jihatdan til umurtqali hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat yeyish, uning ta’mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda muhim vazifalarni, ya’ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi—kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi. Shuni uqtirib o‘tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‘saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So‘zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo‘lishi shart. Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, til tabiiy biologik hodisa emas;
emas; to‘rtinchidan, faqat jamiyat bo‘lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo‘lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo‘linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo‘ladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi. Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas.
Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun jamiyatga xizmat qiladi. Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan. Til birliklari – fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his- tuyg‘u, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir. Download 346.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling