2- mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash bikir yo’l тo’shamalari va asoslarini hisoblash
Download 219.23 Kb.
|
2 - mavzu. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini loyihalash
Mkol9
Mrad9 Egr, MPa
qoplama chetiga doiraviy shtampning yarmi orqali beriladigan yuklamadan hosil bo’lgan kuchlanishlarni hisoblashda Uestergard formulasidan foydalaniladi. Bu formulani N.N.Ivanov qayta ishlab, to’shak modulini gruntning elastiklik moduli bilan almashtirdi: (17.2) Bu formula bo’yicha yechish uchun, unga prof. I.A.Mednikov quyidagi ko’rinishni berdi , 2 koeffitsiyentlarning qiymatlari uchun jadvallar ishlab chiqilgan, ular N/R va Yeb/Yegr nisbatlarga bog’liq (17.2-jadval). 17.2-jadvalda, shuningdek plitaning burchagiga qo’yilgan yuklamadan hosil bo’lgan kuchlanishlarni aniqlash uchun shunga o’xshash formulada 3 koeffitsiyentining qiymatlari berilgan. Yuklama yetarlicha katta o’lchamli plitaning o’rta qismiga qo’yilgan, egilish to’lqini chetlariga yetib bormaydigan xol uchun elastik asosda yotgan cheksiz plitaga oid nazariy yechimdan foydalaniladi, uni O.Ya.Shexter taklif etgan. Beton plitaga doiraviy yuza bo’yicha teng taqsimlangan to’plangan kuch yoki yuklama ta’sir etganida plitada radial va halqasimoon momentlar hosil bo’ladi. Bu momentlarning qiymati yuklama miqdoriga va plitaning quyidagi ko’rsatkich bilan tavsiflanadigan bikirligiga bog’liq. (17.3) Ifoda shuning uchun soddalashtirilganki, tarkibida b v gr lar bo’lgan hadlarning nisbatidan iborat kub ildiz qiymati 1 ga yaqin. 17.2-jadval
Eni 1 ga teng polosaga ta’sir etuvchi eguvchi momentlar quyidagi formulalar bilan hisoblanadi: a) R radiusli doira bo’yicha teng taqsimlangan yuklamadan: radial moment (17.4) b) to’plangan kuchdan: radial moment halqasimon moment (17.5) bu yerda R - to’plangan yuklama yoki tekis tqasimlangan bosimning teng ta’sir etuvchisi, N; b - beton uchun Puasson koeffitsiyenti; S- ko’paytmaga bog’liq bo’lgan koeffitsiyent; A,V - ko’paytmaga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar; r - to’plangan kuch o’yilgan nuqtadan kuchlanish aniqlanadigan nuqtgacha bo’lgan masofa, sm. (17.4) formulada R=rR2 (bu yerda r - tekis taqsimlangan yuklamaning intensivligi). A, V, S ko’rsatkichlarning qiymatlari 17.3-jadvalda keltirilgan. 17.3-jadval
G’ildiraklardan tushadigan yuklamadan hosil bo’ladigan momentlarni hisoblashda teng kattalikdagi doiraviy yuza bo’yicha taqsimlangan yuklamaga oid formuladan foydalaniladi. Yo’l qoplamalari va asoslarni konstruksiyalashda ularni ko’pincha yo’l g’altaklaridan tushadigan, ko’p g’ildirakli treylerlar yoki gusenitsali yuk tashigichlardan tushadigan yuklama ta’siri bo’yicha hisoblashga to’g’ri keladi, bunda doiraviy shtamp uchun mo’ljallangan formulani qo’llab bo’lmaydi. Bunday hollarda bir qancha to’plangan kuchlardan hosil bo’ladigan kuchlanishlarni qo’shish usulidan foydalaniladi. Yuklamaning qoplama bilan urinish yuzasida taqsimlangan bosimni ajratilgan yuzachalarning og’irlik markazlariga qo’yilgan bir qancha to’plangan kuchlar bilan almashtiriladi (17.2 - rasm.). Kuchlanishlar aniqlanishi kerak bo’lgan nuqtadagi, qoplamaning eni 1 ga teng bo’lgan polosasiga ta’sir etuvchi eguvchi moment barcha to’plangan kuchlar yuzaga keltirgan radial va halqasimon eguvchi momentlarning geometrik yig’indisi tarzida hisoblab topiladi. Тurli kuchlar hosil qilgan momentlarning tashkil etuvchilarini aniqlashda eguvchi momentlarning proyeksiyalarini aniqlash bilan birga bu momentlar ta’sir etayotgan qoplama polosalarini ham hisobga olishga to’g’ri keladi (17.3 - rasm). qoplamaning eni 1 ga teng bo’lgan AAI polosasiga eguvchi M moment ta’sir etayotgan bo’lsin. Bu momentning burchak ostida joylashgan VVI yo’nalishiga proyeksiyasi Mcos ga teng, bunda polosaning bu moment qo’yilgan eni 1/cos o’lchamgacha ortadi. Shuning uchun eni 1 ga teng bo’lgan polosaga ta’sir etayotgan hisobiy moment AAI yo’nalishda quyidagiga teng: Shu sababdan yig’indi momentni aniqlash formulasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi , (17.6) bu yerda - momentlar ta’sir etayotgan yo’nalishdagi o’q bilan kuch qo’yilgan nuqtani kuchlanishlar aniqlanayotgan nuqta bilan birlashtiruvchi chiziq hosil qilgan burchak. 17.3-rasm. Plitaga bir nechta yuklama ta’sir etganida yig’indi momentni aniqlashga oid sxema. 20o dan oshmaydigan burchaklarda katta xatolarsiz radial eguvchi momentlarni, ularning proyeksiyalarini hisobga olmasdan qo’shishning o’zi kifoya qiladi.
17.5-jadval
Download 219.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling