2- mavzu. Diplom loyihasi ustida ish Berilgan mavzu bo’yicha tematik panno, landshaft uchun, bog’-rog’lar uchun dekorativ kompozitsiya


Download 12.28 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi12.28 Kb.
#1778907
Bog'liq
2 mavzu ashyol. ishlash


2- mavzu. Diplom loyihasi ustida ish Berilgan mavzu bo’yicha tematik panno, landshaft uchun, bog’-rog’lar uchun dekorativ kompozitsiya

1. Loyihaga qoralamalar qidirish


2. Qoralamani muhokamasi
3. Qoralama rangda qidirish
4. Loyihani konstruktsiyasi
5. Loyihani masshtabi
6. Planshetda joylash

Loyihalash fanlari bo’yicha o’quv yilini oxirida o’quvchilarning uch yil davomida olgan malaka va ko’nikmalari, nazariy va amaliy bilim, tajribasini ishga olgan holda, madaniy-maishiy binolarning ichki va tashqi ko’rinishlari, oldi qismlari, bog’-rog’lar, landshaflar uchun kulolchilik majmuaviy loyihalar yaratadilar. Bu jarayonda o’quvchilarga mavzuga oid Respublikamiz va xorij shaharlaridagi bir nechta misollarni ko’rsatib loyiha yaratish uchun o’quvchilarda tasavvur hosil qilinadi. Tarqatma materiallar va fotolar bilan ularni tanishtiradi. Loyihalash jarayonida o’quvchilar garchan bunday murakkab loyihalar yaratmasalarda, ular haqida tvsavvur hosil qilib, uncha murakkab bo’lmagan dekorativ shaklga ega bo’lgan kompozitsiya loyiha oldi izlanishlarini olib boradilar. Loyiha oldi izlanishlar jarayonida o’quvchilar kichik mutahassis ekanliklari inobatga olib oddiy geometrik shakllardan, hayvonot olami, plastikalar ishtirokida loyihalar yaratish tavsiya qilinadi. Madaniy-maishiy binolarning ichki va tashqi ko’rinishlari, old qismida joylashgan favvoralar uchun rangli ashyolar ishtirokida loyihalar yaratishda nisbat (Masshtabnost) muhim ahamiyat kasb etadi.


Nisbat. Sopol buyumga haykalchalar ishtirokida loyihalar yaratishda masshtab keng mahnoda nomahlum bir kattalikni boshqa mahlum kattalikka nisbatlash orqali topish imkonini beradigan munosabatdir. Nisbat (Masshtabnostg’) tushunchasi o’zining dastlabki mahnosida ifodalanayotgan chiziq uzunligining haqiqatda mavjud bo’lgan chiziq uzunligiga nisbatini bildiradi. Nisbat sonlarda yoki mahlum o’lchamdagi to’g’ri chiziq kesmalari orqali ifodalanishi mumkin. Nisbat bo’lganligi tufayli biz chiziqlarni, haritalarni, tarixlarni o’qish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Inson ko’rayotgan biror narsaning kattaligini real sezish uchun uni yaxshi mahlum bo’lgan boshqa bir narsa bilan aqlan solishtirib ko’rishi lozim. Inson o’z faoliyati natijasida dunyoni o’zgartira borib, inshoatlar, majmualar va shaharlardan iborat moddiy muhitni shakllantiradi. Mehyoriy muhitga inson o’z hayoti davomida foydalanadigan barcha narsalar – sanoat texnikasi, sanoat buyumlari, transport vositalari, madaniy – mayishiy buyumlar kiradi. Inson barcha narsalarning o’lchovidir, shuning uchun yer yuzida yaratilgan barcha narsalar uning o’lchovlariga mos keladi. Nisbat (yahni masshtab) asosiy kattaliklarning o’lchov birligi bilan oddiy solishtirishdangina iborat bo’lib qolmaydi. Inson barcha narsalarning o’lchovi ekanligi ko’p mahnoga egadir. Bu tushuncha uchta tomon birligida ko’rilishi lozim. Inson bo’yi va qomati asosiy o’lchovlarining antropometrik mahlumotlarini ochib beruvchi birinchi tomoni mahobatliy haykallar, bino, inshoatlar va boshqa barcha narsalarning fizik kattaliklarini aniqlashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bir hayvon iniday uy, yoki bir necha metrlik stul mahnosiz narsalardir. Buyumlar o’lchovlarini kamaytirish chegarasi aniqlash oson masalan, past eshikdan kirish qiyin, lekin ularning o’lchovlarini oshirish masalasi ancha murakkabdir, ikkinchidan inson faoliyatining va atrof muhit bilan bog’liqligini turli-tumanligida namoyon bo’ladi. SHunga asoslangan holda turli buyumlar turlari uchun mehyoriy qoidalar ishlab chiqilgan. Agarda inson antropometrik ko’rsatkichlari deyarli turg’un o’zgarmas bo’lsa jamiyat ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan funktsional mehyoriy ko’rsatkichlar doimo aniqlashtirilib boriladi va ular nisbiy xarakterga egadir. Ushbu masalaning uchinchi tomoni ham bor o’quvchi biror buyum loyihasini yaratishda turli kompozitsion vositalarning garmonik aloqasini o’zining tushunishiga mos ravishda qo’llashga harakat qildi. SHu tarzda individuallik yuzaga keldi. Insonning tasviriy va amaliy sanhat bilan aloqadorligini ifodalovchi uchta tomonini ko’rib chiqdi. Bulardan birinchi va ikkinchisi qo’liga fizik o’lchamlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan antropometrik va mehyoriy mahlumotlarni beradi. Uchinchi tomon insonning tasviriy va amaliy sanhat bilan xissiy-ijodiy bog’liqligini ifodalaydi. “Inson barcha narsalarning o’lchovi” tushunchasi tasviriy va amaliy sanhatda miqdor o’zgarishidan sifat o’zgarishiga o’tadi. Nisbat (masshtab) loyiha vositasi hamda shaklning badiiy sifati ko’rinishida yuzaga chiqadi. Nisbatni (masshtabni) to’g’ri topilganligiga obhektiv ko’rkamligi ko’p jihatdan bog’liqdir. Ko’pincha masshtab kompozitsion obrazlarini yaratishda muhim rolg’ o’ynaydi. Nisbatni (masshtabni) o’rganishda bir qator tushunchalariga duch kelinadi. Nisbat (masshtab) buyumning vazifasi, funktsional ichki tuzilishi va konstruktsiyasiga bog’liqdir. Nisbat (masshtab) hajmining bir nechta qismlarga bo’linishda va ularning burchak nisbati bilan aniqlanadi. Buyumlarning nisbati uni o’rab turgan muhit bilan bog’liqdir. Qayd etilgan sifatlarning o’zaro muvofiqlashuvi. Ularning yaxlit bir tizimga keltirilishi hajmning nisbatini belgilaydi. Nisbat kichik nisbatlardan boshlab yirik nisbatlargacha bo’lgan teng oraliqqa egadir. Interg’erlar o’ziga xos nisbatga egadir. U ekstrg’erdagiga nisbatan o’zgachadir. Interg’er nisbati ekstrg’er masshtabiga qaragandi insonga ko’proq yaqindir. Binoning tashqi ko’rinishi hajmi insonga interg’erga nisbatan mahobatliydir. Sopol buyumga haykalchalardagi nisbiylik – shakl va uning elementlarining insonga, o’rab turgan fazoga va boshqa shakllarga nisbatan o’lchamlari jihatidan mos va muvofiq kelishi va kelmasi ham mumkin. Barcha buyumlar inson gavdasi o’lchamlari bilan muvofiqlashishi lozim. Buyumlarning nisbati haqidagi tasavvur insonni o’rab turgan buyumlarda kundalik foydalanish jarayonida shakllanadi. Nisbat (masshtab) to’g’ridan-to’g’ri mahnoda – buyum o’lchamlarining chizmadagi kattaligi bilan uning xaqiqiy o’lchamiga nisbatidir. Badiiy loyihalash amaliyotida nisbat deganda, inshoatlar yoki buyumlarning o’lchamlari jihatdan insonga muvofiq kelishidir. Bu mahnoda nisbatni absalyut emas. balki nisbiy kattalikdir. Nisbatlar madaniy-maishiy binolarning old qismida joylashgan favvoralar, mayishiy buyumlar va shularga o’xshash narsalarni loyihalashda ularning o’lchamlari bajarish funktsiyasiga mos kelishiga, atrof muhit bilan mutanosib bo’lishiga ehtibor berish lozim. Hatto metallardan ishlangan yirik xaykal shakllari va o’lchamlarida ham nisbiylik bo’lishi shartdur.
Download 12.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling