2- mavzu: Maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi bоlalar nutqini o`stirishning metоdlari va vоsitalari


O’rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o’qib beriladi, hikoya qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish, uni to’g’ri idrok qilish o’rgati


Download 195.1 Kb.
bet7/11
Sana26.07.2023
Hajmi195.1 Kb.
#1662730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу

O’rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o’qib beriladi, hikoya qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish, uni to’g’ri idrok qilish o’rgatiladi.

Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning hatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so’z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o’rgatadi.

O’rta yoshdagi bolalar nutqiini o’stirishning metodik masalalari

Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo’lgan voqealarni bir-biriga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To’g’ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida kichik og’zaki insho to’qiyolsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi.


Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko’p ma’noli so’zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qilish.
Tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to’g’ri ifodalashiga erishish.
Bolaning so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishiga ahamiyat berish.
Bolada to’g’ri gapirishga intilishni qo’llab-quvvatlash.
Unga yangi so’zlarni o’zlashtirishiga yordam berish.
Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o’rgatish.
Bu yoshda tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar qilingani ma’qul:

Maktabgacha katta yoshdagi bоlalar bilan mulоqоt

  • Bola tilining grammatik tizimini o’z vaqtida shakllantirish – uni to’laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o’zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so’zlarni sonlar, kelishiklarga qarab o’zgartirish), so’z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so’z negizida boshqa so’zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo’shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o’z ichiga oladi.
  • Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o’zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so’z hosil qilishni shakllantirish o’zining alohida xususiyatlariga ega bo’lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo’llashi darkor. Morfologiya va so’z hosil qilishni o’zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o’yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.

Download 195.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling