2 – мавзу: мактабгача тарбия ёшидаги болалар ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари ва жисмоний тарбия вазифалари


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari


Download 52.86 Kb.
bet5/7
Sana16.11.2023
Hajmi52.86 Kb.
#1778497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya darsini maktab yoshidan kelib chiqib vazifalari va vositalari 22

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari


Jismoniy tarbiya tizimining barcha bo’g’inlaridagi yagona maqsad: bolalarni hayotga, mehnat va Vatan himoyasiga tayyorlash ishini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning vazifalari, ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilgandir.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.

  1. Sog’lomlashtirish vazifalari.

  2. Ta’limiy vazifalar.

  3. Tarbiyaviy vazifalar.

Hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillash-tirish, chiniqish yo’li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo’lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog’lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:

  • suyaklarning to’g’ri va o’z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo’g’im-bog’lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish;

  • tana qismlarining (proportsiyalar) to’g’ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar o’sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;

  • barcha mushaklar gruxini rivojlantirish (tana, oyoq, qo’l va elka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo’yin, ko’z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);

  • ko’proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim.

  • yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to’satdan o’zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlan-tirish;

  • ko’krak qafasi harakatchanligini o’stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o’pka sig’imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;

  • ichki organlarning (oaqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to’g’ri ishlashga yordamlashish;

  • termoregulyatsiya funktsiyasining to’g’ri rivojlanishiga ko’mak-lashish;

  • markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo’zg’alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:

  • harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

  • jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o’stirish;

  • to’g’ri qaddi-qomat,gigiena ko’nikmalarini tarbiyalash;

  • jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.

Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko’nikmalari nisbatan engil shakllanadi. Ularning ko’pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang’ida yurish, velosipedda sayr qilish…) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko’nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab o’zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang’ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog’ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish mushaklar, paylar, bo’g’inlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Yosh gruhlariga oid harakat ko’nikmalarining hajmi «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturining, «Bolalarni jismonan rivojlantirish» bo’limida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashqari, bolalarni sport o’yinlariga (gorodki-shaxarcha, badminton, stol tennisi) va sport o’yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga o’rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalariga o’rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlang’ich ko’nikmalari (qo’l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o’yinchoqlar, xonalarni) ozoda tutish ko’nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o’tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o’yinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga, to’la aylanish), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to’g’ri shug’ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi.



Download 52.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling