2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar. Reja


Download 263.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi263.17 Kb.
#228338
  1   2
Bog'liq
2-мавзу maruza



2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-

siyosiy jarayonlar.  

Reja: 

1.  XX  asr  80-yillari  oʻrtalarida  rеspublika  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 

ma'naviy hayotidagi inqirozli holat. 

2.  1989 

yil 

oʻrtalarida 



rеspublika  ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi 

oʻzgarishlar.  

3.  Milliy manfaatlar ustuvorligining osib borishi. 

4.  I.Karimov – Oʻzbekistonning Birinchi Prеzidеnti.  

5.  Mustaqillik dеklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.  

6.  1991 yil avgust voqеalari. 

XX  asrning  70  -  80  yillarida  SSSRda  iqtisodiyotning  rivojlanish  sura‘ti 

tobora  pasayib,  sarf-harajatlari  ortib  bordi.  Mavjud  imkoniyatlarni  hisobga 

olmasdan  ishlab  chiqilgan  ijtimoiy,  oziq  -  ovqat  ,  agrar,  energetika,  ekologiya  va 

boshqa 


sohalardagi 

dasturlar 

samara 

bermadi, 

iqtisodiy 

ziddiyatlarni 

chuqurlashtirib yubordi.  

Sobiq  Ittifoqda  yuzaga  kelgan  turg`unlik  xolati  sabablariga  quyidagilarni 

aytish  mumkin.  Xususan,  XX  asr  ikkinchi  yarmidan  dunyoda  ilmiy  -  texnikaviy 

yangiliklar  sodir  boʻldi.  Bundan  jahonning  taraqqiy  topgan  davlatlari  samarali 

foydalana  boshladi.  Mashina  -  fabrika  ishlab  chiqarishidan  avtomatlashtirilgan 

kompleks  ishlab  chiqarishga  oʻtib  borildi.  Ishlab  chiqarishga  hisob  kitoblar, 

yechimlar,  nazorat  va  boshqarish  vazifalarini  bajaradigan  elektron  -  hisoblash 

apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qoʻllanila boshlandi.  

Odamlar  bajarib  kelgan  moddiy  texnik,  mexanik,  og‘ir  jismoniy  ishlarni 

texnika  vositalari  bajaradigan  boʻldi.  Fan  ishlab  chiqarish  kuchiga  aylandi. 

Natijada  ilg‘or  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishning  samarasi  oshib,  intensiv 

taraqqiyot  yoʻliga  kirdi.  Moddiy  ishlab  chiqarishda  ishlovchilar  soni  qisqarib, 

xizmat  koʻrsatish  sohasida,  tibbiyot,  ta‘lim,  ilmiy  faoliyatda  band  boʻlganlar  soni 

oshib  bordi.  Axborot  texnikasi  tibbiyot,  fan,  ta‘lim  va  boshqa  xizmat  koʻrsatish 

sohalarida keng qoʻllanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni 

bajarishdan  ozod  boʻlib,  oʻzini  mazmunli,  ijodiy  ishlarga  bag‘ishladi.  Pirovardida 

turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.  

Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy - texnika inqilobidan foydalanish yetarli 

darajada  yoʻlga  qoʻyilmadi.  Mamlakat  katta  tabiiy  resurslarga  ega  boʻlsada, 

xoʻjaliklar  ularning  yetishmovchiligiga  duch  keldi.  Koʻpgina  mamlakatlar  fan  - 




texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda 

SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.  

Ishlab  chiqarish  texnologiyasi  eskirgan,  mahsulotlarning  sifati  past,  ular 

sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolayotgan edi. Ma‘muriy -buyruqbozlik tizimi, 

iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh, 

qilish  yoʻlidagi  urinishlarni  yoʻqqa  chiqarar  edi.  Ijtimoiy  extiyojlarga  mablag 

ajratishda qoldiq printsipi va  taqsimotda tekischilik  hukmron  edi. Bular  aholining 

mehnatga  qiziqishi  va  faolligini  susaytirdi,  boqimandalik,  ichkilikbozlik, 

giyoxvandlik, chayqovchilik, porahoʻrlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.  

Buyruqbozlik  boshqaruv  usuli,  mamlakatda  keng  tarqalgan  qog‘ozbozlik, 

majlisbozlik  illatlari  iqtisodiyotning  oʻz  qonunlari  va  vositalari  asosida 

rivojlanishiga  toʻsqinlik  qilmoqda  edi.  Odamlar  mulkdan  begonalashtirilgan,  shu 

tufayli loqaydlik yuzaga keldi.  

―Qayta qurish‖ - XX asrning 80 - yillari oʻrtalarida keng iste‘molga kirgan 

tushuncha.  ―Qayta  qurish‖  KPSS  MK  Bosh  kotibi  Mixail  Sergeevich  Gorbachev 

va  KPSS  Markaziy  Komitetining  1985  yil  25  aprel  plenumi  bilan  bevosita 

bog‘liqdir.  Bu  siyosat  SSSRda  totalitar  tizimni  isloh,  yoʻli  bilan  oʻzgartirishga 

qaratilgan  harakatni  anglatgan.  Qayta  qurish  siyosatining  maqsadi  va  vazifasi 

mamlakatda  toʻplanib  qolgan  ijtimoiy  -siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  mafkuraviy 

sohalardagi  muammolarni  ―qayta  qurish‖  yoʻli  bilan  hal  etishdan  iborat  boʻlgan.

 

1987  -  1990  yillar  esa  qayta  qurishning  ikkinchi  bosqichi  boʻlib,  endilikda 



jamiyatning barcha jabxalarini kompleks tarzda isloh, qilishni kun tartibiga qoʻydi. 

Jumldan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb 

ta‘kidlandi.  Demokratlashtirish  jarayoni  jamiyatni  ma‘lum  darajada  uyg‘otdi, 

ijtimoiy  faollik  ortdi.  Saylovlarning  muqobil  nomzodlar  ishtirokida,  alternativ 

asosda  olib  borilishi  ijobiy  holat  edi,  bundan  tashqari  SSSRda  saylov  tizimini 

oʻzgartirish  toʻg‘risidagi  Qonun  (1988  yil  dekabri)  ning  qabul  qilinishi  ham 

jamiyat  a‘zolari  ijtimoiy  faolligini  oshirishda  ma‘lum  ahamiyat  kasb  etdi.  Biroq 

ittifoqda  tub  demokratik  oʻzgarishlarni  amalga  oshirish,  boshlangan  islohotlarni 

oxiriga  yetkazish  mumkin  bulmadi.  Bu  ikki  sabab  bilan  izohlanadi.  Birinchidan, 

qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yoʻq edi. 

Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.  

Xullas,  M.  S.  Gorbachev  boshchiligida  KPSS  rahbariyatining  bir  qismi 

tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda 

ma‘lum  oʻzgarishlar  sodir  bulishiga  olib  keldi  (oshqoralik,  siyosiy  plyuralizm, 

«sovuq urush»ning tugashi va x,k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi  qarama - 

qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 -yillarning oxiri - 90 - yillarning boshidan 

mamlakat  hayotining  barcha  sohalarida  buxronlar  kuchayib  ketdi.  Qayta  qurish 

sobiq  SSSRda  toʻplanib  qolgan  muammolarni  toʻla  xal  etishga  xizmat  qilmadi. 




Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga toʻg‘ri kelmaganligi tufayli  ham 

amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning xalokati va SSSR ning tugashiga 

muayyan turtki boʻldi.  

―Paxta ishi‖ va uning XX asrning 80 - 90 - yillarda sovet hokimiyati tutgan 

siyosat  oqibatlari  mavjud  turg`unlik  holatidan  chiqish,  shuningdek,  sobiq 

ittifovdosh  respublikalarning  mustaqillik  yoʻlidagi  harakatlarini  bartaraf  etish, 

sobiq  SSSRda  yuzaga  kelgan  inqirozli  harakatlar  sabablarini  ittifoqdosh 

respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy oʻyinlar» 

uylab chiqdilar.  

1983  yilning  oxirida  Oʻzbekistonda  juda  og‘ir  vaziyat  vujudga  kelgan  edi. 

Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori 

xoʻzurida  alohida  muhim  ishlar  buyicha  maxsus  12  kishilik  tergovchilar  guruxi 

tuzilib, OʻzSSRga yuboriladi. Ular OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash 

bilan  bog‘liq  jarayonlardagi  «Qoʻshib  yozish»,  «oʻg‘irlik»,  «koʻzboʻyamachilik», 

«porahoʻrlik»ni  (aslida  bunday  moliyaviy  jinoyatlar  va  qing‘irliklar  butun  SSSR 

hududidagi  iqtisodiyotda  chuqur  ildiz  otib  kelgan  edi)  tergov  qilish  bilan 

shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo boʻldi. Tergovlar jarayonida 

Moskvadan yuborilgan T.X Gdlyan va N.V. Ivanov guruxining faoliyati natijasida 

respublikadagi  jamoa  xoʻjaliklari  raislari  va  sovxoz  direktorlarining  60%, qishloq 

xoʻjaligi  yetakchi  mutaxassislarining  45%,  paxtachilik  brigada  boshliqlarining 

35%,  shuningdek,  koʻplab  rahbarlar,  viloyatlar  va  tumanlar  partiya  komiteti 

kotiblari,  respublika  miqyosidagi  partiya,  sovet  va  xoʻjalik  rahbarlari  oʻz 

vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzg‘atildi.  

OʻzSSRning  ijtimoiy  -  siyosiy  hayotida  1984  yil  23  iyunda  boʻlgan 

Oʻzbekiston  Kompartiyasi  MK  XVI  -  plenumi  mash‘um  rol  uynagan.  Moskva 

tashabbusi  va  koʻrsatmasi  bilan  tashkil  qilingan  bu  plenumda  qabul  qilingan 

hujjatlar  OʻzSSRda  Oʻzbek  xalqini  asossiz  badnom  etish  kompaniyasini  boshlab 

berdi.  Markazning  tazyiqi  ostida  1984  yildan  Oʻzbekistondagi  rahbarlik 

lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. 

Birgina  1984  -  1987  yillarda  Moskva,  Leningrad  va  Rossiyaning  boshqa 

shaharlaridan  400  dan  ortiq  kishi  Oʻzbekistonning  partiya,  sovet,  ma‘muriy  - 

xoʻjalik organlariga ishga  yuborilgan. Kadrlarni  almashtirish  siyosati  ayanchli  tus 

oldi.  

Markaziy matbuotda e‘lon qilingan maqolalarda Oʻzbek xalqi badnom etilib, 

«paxta  ishi»ga  ataylab  siyosiy  tus  berildi  va  u  keyinroq  atay  «Oʻzbek  ishi»ga 

aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yoʻliga utildi. 1983 - 1990 yillarda 

OʻzSSRda «paxta ishi» degan uydirma buyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 

ularning  aksariyati  tergov  izolyatorlarida  prokuror  sanktsiyasisiz  utirdi,  5  ming 

kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. 



Aytish  kerakki,  2011  yil  avgust  oyida  Oʻzbekiston  televideniesi  orqali 

namoyish‘  etilgan  „Mustaqillik  arafasida  yoki  shoʻrolarning  soʻnggi  talvasasi" 

filmidan  oʻrin  olgan  tarixiy  lavhalar,  taniqli  olimlar,  ekspert  va  taxlilchilarning 

1989-1992 yillardagi suronli voqealar haqidagi fikrlari „Oʻzbekiston mustaqillikka 

erishish  ostonasida"  kitobida  tilga  olingan  masalalarni  tarixiy,  ijtimoiy-siyosiy 

jihatdan  toʻldirib,  ularning  ahamiyatini  yanada  oshiradi,  kitobxon  tasavvurini 

yanada  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Oʻz xalqining taqdiri va kelajagini, erkin va 

farovon  hayotini  oʻylagan  inson,  avvalo,  uning  tinch-osoyishta  hayot  kechirishi 

haqida bosh qotiradi.  Umuman, jamiyatning tinchligi va barqarorligini  ta‘minlash 

yoʻlida  oʻzining  butun  kuch-qudrati  va  salohiyatini  safarbar  etish  -  buyuk 

yoʻlboshchilarga  xos  asosiy  fazilatlardan  biridir.  Tarixga  murojaat  etadigan 

boʻlsak,  Hindiston  zaminida  davlat  barpo  etgan  ulug‘  ajdodimiz  Zahiriddin 

Muhammad Boburning bu oʻlkadagi turli qabila va elatlar oʻrtasida tinchlik, oʻzaro 

hamjihatlikni asrash yoʻlida qanchalik tinimsiz kurash olib borganini eslash lozim. 

Aynan  ana  shunday  izchil  siyosat  hind  zaminida  shakllangan  oʻzaro  doʻstlik, 

hamjihatlik, milliy birlik an‘analariga asos boʻlganligi shubhasiz. 

Prezidentimiz Islom Karimovning respublika rahbari sifatidagi faoliyatining 

dastlabki  yillaridan  boshlab  yurtimizda  tinchlik  va  barqarorlikni  saqlash  va 

millatlararo  hamjihatlikni  mustahkamlash  masalalari  eng  muhim  ustuvor 

yoʻnalishlarga  aylangani  va  bu  g‘oya  mustaqillik  g‘oyasining  ajralmas  tarkibiy 

qismi  sifatida  „Oʻzbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida"  kitobidagi 

ma‘ruzalarda har tomonlama oʻz ifodasini topganini ta‘kidlash lozim. 

Ma‘lumki,  XX  asrning  80-yillari  oxirlarida  sobiq  SSSRda  iqtisodiy, 

ijtimoiy-siyosiy  inqiroz  jarayonlari  kuchayib,  betayinlik  avj  olib  ketdi.  Oʻz 

navbatida, necha  yillar  davomida  hal  etilmagan, xalqning  sabr  kosasini  toʻldirgan 

muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi. 

Bunday  salbiy  holatlar,  afsuski,  Oʻzbekistonni  ham  chetlab  oʻtmadi.  1989 

yilning  may  oyi  oxirlari,  iyunning  boshlari  butun  Farg‘ona  viloyati  janjal  va 

toʻpolonlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may  kuni boshlangan fojia ikki 

kundan  keyin  Toshloq  tumaniga,  undan  soʻng  esa  Marg‘ilon  va  Qoʻqon 

shaharlariga oʻtdi. 

Aytish mumkinki, bunday fojialar, yurtimiz tarixida ilgari hech qachon yuz 

bermagan.  Qadimdan  oʻzining  bag‘rikenglik,  mexmondoʻstlik,  mehr-shafqatlilik 

fazilatlari bilan shuxrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda 

boʻlmagan, qoʻl koʻtarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg‘unchi kuchlar ta‘sirida 

ana  shunday  favqulodda  kutilmagan  fojia  sodir  etildi  va  begunoh  insonlar  halok 

boʻldi.  Mingga  yaqin  kishi  jarohatlandi.  Sakkiz  yuzdan  ortiq  uyga  oʻt  qoʻyildi. 

Davlat  va  jamoat  idoralarining  binolarig‘a  ziyon  yetkazildi.  Ommaviy  chiqishlar 




va  toʻpolonlarda  oʻttiz  mingga  yaqin  odam  ishtirok  etdi.  Yetkazilgan  ziyon  bir 

necha million soʻmdan iborat boʻldi. 

Keyinchalik  aniq  tarixiy  dalillar  asosida  ma‘lum  boʻldiki,  ana  shu 

tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutlaqo zid boʻlgan harakatlarga 

milliy  kiyimlarni  kiyib  olgan,  aslida  boshqa  millatlarga  mansub  boʻlgan,  maxsus 

tayyorgarlik bilan koʻchaga chiqarilgan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch 

aholini  qoʻzg‘ab,  janjal  chiqarishga  da‘vat  etgan.  Ular  mesxeti  turklari  va  boshqa 

millat  vakillariga  qarshi  ig‘vo  va  boʻhton  gaplarni  tarqatib,  soda  olomonni 

g‘alayonga keltirishga uringan va ba‘zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga 

oshirishga erishgan ham. 

Sobiq  SSSRning  markaziy  matbuoti  va  koʻpgina  OAV  bor  haqiqatni  aytib, 

jahon  ahlini  ogoh  etish,  bunday  toʻpolonlarning  oldini  olish  oʻrniga,  bamisoli 

olovga yog‘ sepgandek, Farg‘ona voqealarini bir yoqlama yoritishga harakat qilar 

edi. Asosiy  aybdorlar  bir chetda  qolib, ular  jabr  koʻrgan, qancha-qancha qurbonlar 

bergan  jabrdiyda  xalqimiz  sha‘niga  malomat  yog‘dirishga  urinardi.  Xuddi  „paxta  ishi"da 

boʻlgani kabi, bu safar ham xalqimiz yoʻq joydan aybdor boʻlib qolayotgan edi. 

Sovet  rahbarlari,  jumladan,  SSSR  Ministrlar  Soveti  raisi  N.Rikov  voqea 

sodir boʻlgan joyda boʻlib, hech narsani hal qilmasdan, nomiga kelib-ketadi. Fojia 

ildizlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini qidirish, haqiqiy jinoyatchilarni 

topish hech kimning xayoliga ham kelmas edi. Oʻsha paytda SSSR davlatining oliy 

hokimiyat  organida  SSSR  Oliy  Sovetining  Millatlar  Kengashi  raisi  lavozimida 

ishlagan  R.Nishonovning  bu  boradag‘i  pozitsiyasi  haqida  avvalgi  bobda  fikr 

yuritilgan  edi.  Ana  shunday  mas‘uliyatsiz  odamni  shunday  yuqori  vazifaga 

qoʻygan  SSSR  Prezidenti  M.Gorbachevning  bu  masaladagi  yondashuvi  ham 

unikidan  farq  qilmas  edi.  Ular  uchun  butun  bir  xalq,  butun  bir  respublikaning 

taqdiri  muhim  emasdi.  Ular  ana  shunday  betayin  pozitsiyasi  bilan  Oʻzbekistonda 

beqaror  vaziyatni  vujudga  keltirish,  oxir-oqibatda  esa  butun  Oʻrta  Osiyoda 

fuqarolar  urushini,  qonli  fojialarni  avj  oldirishni  koʻzlab  yurgan,  qizil  imperiyani 

qanday  qilib  boʻlsada  saqlab  qolishga  intilayotgan  Markazdagi  yovuz  kuchlarg‘a 

yoʻl ochib beradi. 

Bularning  barchasi  respublikaning  yangi rahbari  Islom  Karimov  zimmasiga 

oʻsha paytda qanchalar og‘ir vazifalar tushganini koʻrsatadi. Atoqli adabiyotshunos 

olim  Ozod  Sharafiddinov  oʻzining  ―Prezident‖  nomli  risolasida  oʻsha  paytda 

yurtimizda hukm surgan vaziyatni qaynab yotgan qozonga qiyoslagani bejiz emas 

edi.  Bu  qaynoq  qozonning  ichiga  tushish  u  yoqda  tursin,  uning  oldiga  yaqinroq 

borishning oʻzi tasavvur etib boʻlmaydigan jasorat edi. 

Islom  Karimov  shunday  taxlikali  vaziyatda  respublikadagi  boshqa  koʻplab 

muammolarni  qoʻya  turaylik,  faqat  Farg‘ona  voqealari  masalasida  bir  necha 

jabhada, ya‘ni ham siyosiy-nazariy, ham tashkiliy-amaliy, ham mafkuraviy sohada 



faoliyat  olib  borishiga  toʻg‘ri  keldi.  Boshqacha  aytganda,  u  avvalo  oʻlkan  siyosiy 

nazariy  tafakkur  asosida  bu  voqealar  nima  uchun  sodir  boʻlganiga,  uning 

ildizlariga baho berish; ikkinchidan haqiqiy jinoyatchilar va ularning ortida turgan 

qabih  kuchlarni  aniqlash;  Farg‘ona  voqealari  yaqqol  namoyon  etgan  ijtimoiy-

sotsial  muammolarni  tashkiliy-amaliy  jihatdan  hal  etib,  odamlarning  haqiqatga, 

ertangi kunga boʻlgan ishonchini tiklash; uchinchidan, SSSRning katta minbarlari 

orqali Farg‘ona voqealari haqidagi asl haqiqatni dunyoga yetkazish, xalqimizning 

sha‘ni  va  g‘ururini  himoya  qilishi  zarur  edi.  Bunday  vazifalarni  ado  etish, 

insonning  jismoniy  va  intellektual  imkoniyatlari  nuqtai  nazaridan  qaraganda, 

ayniqsa, sobiq mustabid tuzum sharoitida, har tomondan bosim, tazyiq va ta‘qiblar 

kuchaygan paytda nihoyatda og‘ir ekanini tasavvur etish albatga qiyin emas. Lekin 

Islom Karimov oʻlkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real koʻz bilan qarab, shiddatli 

kurash  maydoniga  mardona  bel  bog‘lab  chiqadi.  U  Farg‘ona  voqealariga  keng 

nazar  bilan  qaraydi.  Ya‘ni  bu  voqealar,  ularning  negizidagi  sabablar  faqat  bitta 

viloyatga  xos  emas,  budday  fojialar  Oʻzbekistonning  xohlagan  joyida  yuz  berishi 

mumkin,  deb  hisoblaydi.  Chunki  ularni  yuzaga  chiqargan  sabablar,  muammolar 

Oʻzbekistonning  boshqa  joylarida  ham  keskin  boʻlib  turganini  aniq  dalillar  bilan 

isbotlab  beradi.  Shu  maqsadda,  kechagina  respublikamiz  rahbari  etib  saylangan 

Islom  Karimov  ishga  kirishgan  kunning  ertasigayoq,  ya‘ni  24  iyun  kuni 

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis oʻtkazadi va unda nutq soʻzlaydi. 

Oʻzining  keskin  tanqidiy  va  amaliy  ruhi  bilan  ajralib  turadigan  mazkur  nutqda 

respublika rahbari Oʻzbekistonda vujudga kelgan oʻta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 

vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga 

keladi,  Islom  Karimov  voqeaga  baho  berish,  uning  ildizlarini  qidirish  va  bunday 

g‘ayriinsoniy  xatti-harakatlarga  chek  qoʻyish  uchun  butun  imkoniyatini  ishga 

solgani  Oʻzbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida"  kitobining  eng  dramatik 

sahifalarini tashkil etadi. 

Oʻzbekiston  rahbari  yurtimizdagi  vaziyatni  barqarorlashtirish  vazifasini 

KPSS  Markaziy  komiteti,  xususan,  Bosh  kotib  M.Gorbachev  oldiga  keskin  qilib 

qoʻyadi.  KPSS  Markaziy  komiteti  plenumida  soʻzga  chiqar  ekan,  Islom  Karimov 

Oʻzbekistondagi,  jumladan,  Farg‘ona  viloyatidaga  soʻnggi  voqealar  toʻg‘risida 

ayrim OAV e‘lon qilgan maqolalarni tushunish qiyinligi haqida gapiradi. Konkret 

sharoitimizni, koʻp asrlik tariximiz, madaniyatimiz, an‘analarimiz, urf-odatlarimiz 

va  marosimlarimizni  bilmagan,  shuningdek,  oʻsha  voqealarning  sababchisi 

boʻlmish  murakkab  muammolardan  bexabar  qiziqqon,  ba‘zi  hollarda  esa 

kimlarningdir buyurtmasini bajargan mualliflar butun bir xalqning nomini badnom 

etib, uning  yuziga  loy  chaplamoqda  va  oʻzini  oliy  hakam  deb  hisoblamoqda, deb 

OAVning soxta shov-shuvlari asossiz ekanini dadil ochib tashlaydi. 




1989 yilning 25 iyunida  respublika rahbar etib saylanganining uchinchi kuni 

Islom  Karimov  janjal-toʻpolonlar  alangasi  ichida  qolib  ketgan  Farg‘onaga  yoʻl 

oladi.  Lovullab  yonayotgan  uylar,  tahlika  va  sarosimaga  tushgan  shahar  va 

qishloqlar,  qaxr-g‘azabga  toʻlgan  odamlarning  ichiga  bir  oʻzi  hech  qanday 

qoʻriqchilarsiz  kirib  boradi.  Ular  bilan  chin  dildan,  hech  narsani  yashirmasdan 

ochiq  gaplashadi.  Bu  insonlarning  shu  vaqtga  qadar  hech  kim  eshitmagan  ohu 

nolalarini  tinglab,  oʻzining  yurakdan  chiqqan  samimiy  va  haqqoniy  soʻzlari  bilan 

bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qoʻygandek boʻladi, koʻngillarda 

soʻngan  umid  uchqunlarini  uyg‘otadi.Tartib-intizomni  tiklash,  qon  toʻkilishining 

oldini  olish  boʻyicha  butun  mas‘uliyatni  oʻz  zimmasiga  olib,  aniq  chora-tadbirlar 

koʻradi.  Voqea  sabablarini  qidiradi.  Masala  mohiyatini  ochiq-oydin  koʻrsatadi. 

Jumladan, u ―ana shu fojianing aybdorlarini himoya qilishga urinishlar ham asossizdir. Kim 

boʻlishidan,  qaysi  millatga  mansubligidan  qat‘i  nazar,  vahshiylik  va  odam  oʻldirishda,  oʻt 

qoʻyish va toʻs-toʻpolon chiqarishda aybdor boʻlgan shaxslar jazoga tortilishi zarur va jazoga 

tortiladilar,  toki  oʻzbek  xalqining  pok  nomiga  dog‘  tushirilishiga  yoʻl  qoʻyilmasin‖,  deb 

takidlab oʻtgan‘. 

Respublika rahbarining bunday qatiyati asossiz ta‘na va boʻhtonlardan ezil-

gan,  turli  tahdidlar  oqibatida  tahlikaga  tushgan  xalqning  ruhini  koʻtarib  yubordi. 

Islom  Karimov  qonli  voqealar  haqidagi  haqqoniy  fikrlari  bilan  xalqimiz  sha‘niga 

otilgan  malomat  toshlari  butunlay  boʻhton  ekanligini  isbotlaydi.  Ayni  paytda 

vahshiylik  qilgan,  odam  oʻldirgan,  tartibsizliklarni  keltirib  chiqargan,  uylarga  oʻt 

qoʻygan,  transport  vositalarini  yoqib  yuborgan  kimsalar  oʻzbek  millatiga  mansub 

emasligini,  ularning  hammasi  ataylab  tashkil  etilganini  yuqori  sovet  minbaridan 

turib jasurlik bilan aytdi. 

Respublikada mavjud ijtimoiy vaziyatni nazarda tutgan  Oʻzbekiston rahbari 

sodir  boʻlgan  voqealar  yuzasidan  oʻzining  pozitsiyasini  ochiq-oydin  bayon  etadi. 

Albatta,  Islom  Karimov  respublika  rahbari  sifatida  Farg‘ona  voqealarining  sabab 

va  oqibatlari  haqidagi  ma‘lumotlar  bilan  oʻz  kabinetida  oʻtirib  ham  tanishishi, 

kerakli  qarorlarni  qabul  qilishi  mumkin  edi.  Ammo  kabinetdan  chiqmay  ish 

yuritish  prinsipi  Islom  Karimov  uchun  mutlaqo  begona  edi.  U  hayotning  qaynoq 

nafasini  bevosita  his  qilish,  yaxshi-yomon  kunlarda  xalq  bilan  birga  boʻlish,  el-

yurtning  dardu  quvonchiga  doimo  sherik  boʻlishni  oʻzining  hayotiy  maslagi,  oliy 

insoniy burchi deb bildi. 

Agar  oʻsha  yillar  tarixiga  e‘tibor  beradigan  boʻlsak,  Farg‘ona  voqealari 

haqida  shov-shuv  koʻtarganlar,  shunday  qonli  fojia  hisobidan  obroʻ  topish, 

oʻzining  g‘arazli  manfaatlariga  erishishga,  xalqimizni  badnom  qilishga  uringan 

kimsalar koʻp boʻlgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta 

dard  va  jasorat  bilan  bayon  qiladi,  fojia  oqibatlarini  bartaraf  etishning  amaliy 

yechimlarini  ishlab  chiqadi  va  izchil  amalga  oshiradi.  Jumladan,  Yurtboshimiz 



Toshkentda  va  Moskvada  boʻlib  oʻtgan  katta  anjumanlarda,  shuningdek, 

matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat‘iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni 

alohida  ta‘kidlaydi:  ―Oʻzbek  xalqining  vijdoni  pok.  Farg‘ona  voqealari  oʻzbek  xalqining 

irodasi  bilan  sodir  boʻlmadi.  Bu  voqealarga  tuturuqsiz  va  g‘arazli  maqsadlarni  koʻzlab,  kim 

qanday boʻyoq bermasin, tarix, albatta, oʻzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, 

mehmondoʻstlik,  yaxshilik,  qalb  saxovati  hamisha  oʻzbek  xalqiga  xos  fazilat  boʻlib  keldi. 

Xalqimiz  hech  qachon  boshqa  xalqlarga  nisbatan  dushmanlik  kayfiyatida  boʻlmagan.  Bu 

qadimiy  va  hozirgi  tariximizdan  olingan  koʻpgina  misollar  bilan  isbot  qilingan‖.    Bunday 

haqqoniy va haroratli soʻzlar  el-yurtimizning dardiga darmon boʻldi, uning tuhmat va 

malomatlardan egilgan ruhini koʻtardi. 

Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom  Karimovning 

barcha  muammolar  haqida  -  ular  qanchalik  og‘ir  va  noxush  boʻlmasin  -  ochiq 

gapirishi,  hamisha  haqiqatning  koʻziga  tik  qarashi  unga  nisbatan  xalqimizning 

e‘tirofi  va  ehtiromini  uyg‘otdi.  Oʻzidan  ilgari  respublika  rahbari  boʻlib  ishlagan, 

siyosiy  kaltabinligi  va  jur‘atsizligi  bilan  el-yurt  oʻrtasida  obroʻsini  yoʻqotgan 

I.Usmonxoʻjaev  va  R.  Nishonov  kabi  oʻtmishdoshlaridan  farqli  ravishda,  Islom 

Karimov  Oʻzbekiston  yetakchisi  sifatida  uzoq  vaqtlar  davomida  yechilmasdan, 

gazak  oldirilgan  kamchilik  va  nuqsonlar,  oʻtkir  ijtimoiy  muammolarning  ildizini 

ochib  tashladi,  mavjud  ayanchli  ahvolni  tuzatish  boʻyicha  Markaz  rahbariyati 

oldiga  qat‘iy  talablarni  prinsipial  tarzda  qayta-qayta  qoʻyishdan  choʻchimadi. 

Ushbu kitobdan oʻrin olgan koʻplab chiqishlarda buni yaqqol koʻrish mumkin. 

Mavjud  siyosiy  beqarorlik, boshboshdoqlik  va  bedodlik  sharoitida,  naqadar 

og‘ir  va  qaltis  boʻlmasin,  oʻsha  mash‘um  kunlarda  sobiq  Markazdagi  kuchlar  va 

ularning  oʻzimizdagi  malaylari  yurtimiz  rahbariga  har  qadamda  millatchilik 

yorlig‘ini  yopishtirish,  uning  shaxsiga  nisbatan  tuhmat  va  malomatlar 

yog‘dirishg‘a  qanchalik  urinmasin,  qanday  keskin  siyosiy  va  ma‘naviy-ruhiy 

bosim ta‘siri ostida ish olib borishga toʻg‘ri kelmasin, Islom Karimov el-yurtning 

tinchligini  asrash,  xalqimizni  omon  saqlashni  oʻzi  uchun  eng  buyuk  maqsad  deb 

bilganini kitobdan oʻrin olgan har bir hujjat isbotlab, tasdiqlab beradi. 

Farg‘ona  fojialari  tagida  shovinizmga  aloqador  sabablar  ham  bor  edi.  Bu 

voqealar,  aytish  mumkinki,  1986  yili  Qozog‘iston  poytaxti  Olmaotada  amalga 

oshirilgan  „Metel"  operatsiyasining  davomi  edi.  Albatta,  senariylar  shakli, 

tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil boʻlishi mumkin. Biroq maqsad bitta edi. Shu 

tariqa  mavjud  siyosiy  tizimni  turli  alg‘ov-dalg‘ovlar,  toʻs-toʻpolonlar,  milliy 

respublikalardagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni  chigallashtirish  orqali  saqlab  qolishga 

harakat  qilindi.  Ayniqsa,  „Rashidovchilik",  „Oʻzbeklar  ishi",  „Paxta  ishi"  kabi 

siyosiy  kampaniyalar  bilan  gangitilgan  respublikamizning  oʻsha  paytdagi 

rahbarlari  iltimoslariga  koʻra  Rossiyadan  yuzlab  chalasavod  rahbarlar  „desanti" 

Oʻzbekistonga tashlandi. „Desantchi"lar siyosati fosh boʻla boshlagach, xalqimizni 



millatchilikda  ayblash  kerak  boʻlib  qoldi.  Yarim  yillik  tayyorgarlikdan  soʻng,  45 

yil  davomida  SSSR  hukumatidan  Mesxetiyaga  qaytarishni  talab  qilaverib 

charchagan,  may  oyida  nima  qilib  boʻlsa  ham  ketishni  rejalashtirgan  turklarning 

faollashuvidan,  xuddi  shu  oyda  ishsizlik  jonlariga  tegib,  namoyishlarga 

hozirlanayotgan  Farg‘ona  yoshlarining  soddaligidan  foydalanildi.  Natijada 

shoʻrpeshana turklar Rossiyaning kimsasiz boʻlib yotgan qishloqlariga koʻchirildi. 

Boshqacha qilib aytganda, ular yangi sharoitda yangicha surgunga giriftor etildi. 

Farg‘onaning maxalliy aholisi esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qoʻqonda 

oʻqqa  tutildi.  Bu  ikki  harakatda  ham  ruslarga  qarshi  kayfiyat  bor,  degan  sun‘iy 

da‘volar  oʻylab  topildi.  Bunday  fitna  Oʻshda  1989  yil  20  mayda  boʻlib  oʻtgan 

voqeadan keyin paydo boʻlgan edi. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  oʻz  kitobida  Farg‘ona  voqealarining  tub  sa-

bablarini quyidagi masalalar bilan bog‘liq holda talqin etadi: 

1. 


Farg‘ona  vodiysida  yashayotgan  aholining  og‘ir  ijtimoiy-iqgisodiy 

aqvoli. 


1. 

Odamlarning  ta‘minoti,  daromadi,  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvoli  haddan 

tashqari  pastligi  tufayli  bunday  holat  Oʻzbekistonning  boshqa  joylarida  ham 

sodir boʻlishi mumkinligi. 

2. 

Ishsizlik, ishchi oʻrinlarining kamligi, ya‘ni ortiqcha ishchi kuchining 



koʻpayib borishi. 

3. 


Yoshlar  va  ularni  ishga  joylashtirish  masalasi  jiddiy  oʻylab 

koʻrilmagani kabi sabablar. 

1991 yilning 9 dekabrida Namangan shaxrida bir guruh qoʻporuvchi kuchlar 

viloyat  ijroiya  qoʻmitasi  binosini  egallab  olib,  Oʻzbekistonni  islom  davlatiga 

aylantirishni  da‘vo  qilib  chiqishadi  va  respublika  rahbari  bilan  uchrashuvni  talab 

qilishadi.  Islom  Karimov  prezidentlikka  nomzod  sifatida  ertasi  kuni  tongda 

Namanganga  yetib  keladi  va  ongi  aqidaparastlik  g‘oyalari  bilan  zaharlangan, 

jazavaga  tushib,  qora  kuchga  aylangan  johil  olomon  orasiga  soqchi  va  hamroh-

larsiz,  bir  oʻzi  hech  ikkilanmasdan,  shijoat  va  shiddat  bilan  kirib  bordi.  Bu  oʻta 

keskin,  dramatik  holat  videotasmaga  tasodifan  muxrlanib  qolgan.  Ana  shu 

jasoratga toʻla, har qanday odamni ham hayajonga soladigan tarixiy lahzalar ‖Mus-

taqillik  arafasida  yoki  shoʻrolarning  soʻnggi  talvasasi‖  filmida  aks  ettirilgan. 

Shiddat  bilan  kirib  kelgan  respublika  rahbarini  koʻrishgach,  aqidaparastlar  bir  oz 

dovdirab  qolishadi.  Yurtboshimiz  vazminlik  bilan  soʻz  boshlaydi  va  ularning  

barcha da‘volarini aniq faktlar bilan rad etadi. 

Bu  harakat  a‘zolari  1991  yilning  dekabrida  Namanganda  viloyat  ijroiya 

qoʻmitasi binosini egallab olib, hukumat vakillariga quyidagi talablarni qoʻyadi: 

1. 


Dunyoviy  tuzumdan  voz  kechish  va  Oʻzbekistonni  islomiy  davlat  deb 

e‘lon qilish. 




1. 

Dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy 

etish. 

2. 


Dunyoviy maktablarni yopish va oʻg‘il bolalar hamda qiz bolalar alohida 

oʻqitiladigan maktablar ochish. 

3. 

Islomiy kiyinishga oʻtish, ayollarning hijobda yurishlarini joriy etish. 



4. 

Namangandagi  sobiq  siyosiy  ta‘lim  muassasalari  binolarini  islom  radi-

kallari ixtiyoriga berish kabilar edi.  

 

Ular  jami  15  ta  talab  asosida  hokimiyatni  miyasi  diniy  radikalizm  bilan 



zaharlangan  kuchlarning  qoʻliga  berishni  oʻz  oldiga  maqsad  qilib  qoʻygan  edi. 

Hokimiyatning  ularga  berilishi  ularning  nazarida  jihod  qilinishi  lozim  boʻlgan 

barcha  insonlarning  —  oʻzga  dindagilarni,  oʻzgacha  fikrlovchilarni,  dunyoviy  ta-

raqqiyot  tarafdorlarining,  qisqasi,  koʻngillariga  yoqmaganlarning  istisnosiz  tarzda 

qirib tashlanishiga olib kelgan boʻlar edi. 

Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qat‘iyati va jasorati binoni boshiga 

koʻtarib  g‘alayon  qilib  yotgan  minglab  eng  ashaddiy  ekstremistlarni  ham 

sarosimaga solib qoʻyadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab 

qilayotgan  yoʻl  qonunga  mutlaqo  zid  ekani  va  hech  qachon  yaxshilikka  olib  kel-

masligini  uqtiradi,  oʻzining  salobati  va  irodasi  bilan  guvullab  yotgan  olomonning 

shashtini soʻndirishga, behuda qon  toʻkilishining oldini olishga  muvaffaq boʻladi. 

Mustaqillik arafasida talonchilik, bosqinchilik, garovga olish, ta‘magirlik, oʻg‘irlik, 

tovlamachilik, odam oʻldirish bilan bog‘liq jinoyatlar Namanganda ham avj oladi. 

1990  yilning oʻn  oyida viloyatda  3189 ta jinoyat  yuz  bergan boʻlsa, 1991  yilning 

may  oyiga  (besh  oy  ichida)  kelib  bu  koʻrsatkich  3213  tani  tashkil  etadi

2

.  Oʻziga 



toʻq  oilalarning  bolalarini  oʻg‘irlab  ketib,  evaziga  katta  pul  soʻrash  holatlari 

kuchayadi. 

Terroristik  usullarni  keng  qoʻllagan,  mamlakat  hayotini  izdan  chiqarish  va 

shu  orqali  davlatni  kuchsizlantirish  yoʻlini  tanlagan  radikallar  1992  yil  bahorida 

oʻzlarining yovuz basharasini yana bir bor namoyish qilib, rasmiy hokimiyatning 

bir  necha  vakillarini  garovga  olishadi.  Keyinchalik  Tojikiston  va  Afg‘oniston 

hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan bu kuchlar mazkur mamlakatlardagi 

harbiy  lagerlarda  tayyorgarlikdan  oʻtib,  Oʻzbekiston  hududida  ham  bir  qator 

terroristik jinoyatlarni sodir etdi. 

Yuqorida  zikr  etilganidek,  dunyodagi  bebaho  boylik  boʻlgan  tinchlik  va 

osoyishtalikni  saqlash,  uni  koʻz  qorachig‘idek  asrash  masalasi  mamlakatimiz 

rahbari  Islom  Karimovning  faoliyatida  doimo  eng  muhim,  eng  ustuvor  yoʻnalish 

boʻlib  kelmoqsa.  Buni  har  xil  buzg‘unchi  kuchlar,  diniy  va  dunyoviy  niqobdagi 

radikal  oqimlar  bosh  koʻtargan  oʻsha  notinch  davrda,  Islom  Karimovning  chuqur 

iztirob  bilan  oʻrtanib,  1992  yil  4  yanvar  kuni  Oliy  Kengashning  9-sessiyasi 

minbaridan  turib  xalqqa  qilgan  murojaatidagi  bugun  ham  oʻz  ahamiyatini 




yoʻqotmagan  ushbu  soʻzlari  yaqqol  tasdiqladi.  Yillar  davomida  mustaqillik  sari 

intilib  yashagan  xalqimiz  qalbining  oʻziga  xos  ifodasi  boʻlgan  ushbu  nutq  va 

ma‘ruzalar  oʻsha  davrda  faoliyat  yuritgan  aksariyat  rahbarlarning  chiqishlarida 

kuzatiladigan  kommunistik  ritorika  va  demagogiyadan,  aravani  quruq  olib 

qochishlardan  mutlaqo  xoli  ekani,  otashin  ruhi  va  samimiyati  bilan  keskin  ajralib 

turadi. Bugungi kunda tarixning noyob hujjatiga aylangan bu chiqishlar oradan 20 

yildan ziyod vaqt oʻtsa-da, beixtiyor odamni hayratga soladi. 

Islom  Karimovning  vaziyatga  real  baho  berish,  nostandart  qarorlar  qabul 

qilish  borasidagi  qobiliyati,  xalqimizning  azmu  shijoati,  qat‘iy  irodasi, 

bag‘rikengligi, bunyodkorlik kuchiga boʻlgan cheksiz ishonchi uning har bir nutq 

va ma‘ruzasida aniq-ravshan sezilib turadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, bir payt-

ning  oʻzida  chuqur  tahliliy  va  xarizmatik

2

  qobiliyatga  ega  boʻlgan  mana  shunday 



shaxslargina  tarix  taqozo  etganda  butun  mas‘uliyat  va  javobgarlikning  zalvorli 

yukini  oʻz  zimmasiga  olishga  qodir  boʻlishi,  har  tomonlama  teran  oʻylab,  uzoqni 

koʻzlab ish koʻrgan holda, davlat va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga 

ega boʻlgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin boʻlamiz.



 

 Oʻzbekistonning 

butun  tarixi  xalqning  mustaqillik  uchun  doimiy  va  tinimsiz  intilishidan  guvohlik 

beradi. Milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha 

boʻlib  oʻtgan  qoʻzg‘olonlar  buning  yaqqol  koʻrinishlari  deyish  mumkin.  Ular 

xalqimizning  ozodlik  yoʻlidagi  kurashlari  hech  qachon  toʻxtab  qolmaganini 

koʻrsatadi. 

Millatlararo  munosabatlarni  barqarorlashtirish  har  qanday  koʻp  millatli 

jamiyatda oʻtish davrining hal qiluvchi masalasi, mamlakatda tinchlik va osoyish-

talikni  mustahkamlashning  eng  muhim  omili  sifatida  kun  tartibiga  chiqadi.  Bun-

day paytda davlat faqat adolat kuchiga tayanib, milliy, irqiy, diniy  mansubligidan 

qat‘i  nazar,  mamlakat  fuqarolarining  huquq  va  manfaatlarini  birdek  himoya  qila 

olgandagina bu masala ijobiy hal etiladi. Buni Oʻzbekiston misolida yaqqol koʻrish 

mumkin.  Oʻzbekistonda  milliy  va  millatlararo  munosabatlarga  ana  shunday 

oqilona  yondashildi.  Natijada  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  og‘ir  siyosiy 

buxronlar, iqtisodiy tangliklar, ma‘naviy-ruhiy  parokandalikning, keskin ijtimoiy-

siyosiy larzalarning oldi olindi. 

Oʻtish  davrida  barcha  ziddiyatlarni,  qiyinchiliklarni  ichki  iroda  va  ichki 

madaniyat  bilan  yenga  olishga  qodir  boʻlgan  fuqarolarni  shakllantirish,  ularning 

g‘oyaviy-mafkuraviy birligini ta‘minlashga erishish taqozo etiladi. Shuning uchun 

Oʻzbekistonda  millatlararo  munosabatlar  davlat  siyosatining  muhim  boʻg‘iniga 

aylandi. 

Turli siyosiy buhronlar va iqtisodiy tangliklar mavjud boʻlgan bir paytda har 

xil qarashdagi odamlarning, diniy munosabatlari va milliy xususiyatlaridan qat‘iy 

nazar,  mamlakat  fuqarosi  sifatidagi  yaxlitligini,  kundalik  turmush  ehtiyojlarini 



ijtimoiy  adolat  yuzasidan  teng  ravishda  qondirib  turish  muhim    ahamiyat  kasb 

etadi.  Bu,  oʻz  navbatida,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarning  butun  mohiyat-mazmunini,  samarasi  va  miqyosini  belgilaydi.  Ayni 

ana  shu  jihatlar  hisobga  olingan  taqdirdagina  u  oʻz  samarasini  beradi.  Millatlarni 

ularning  milliy  xususiyatlaridan  qati  nazar,  umumiy  taqdir  va  umumiy  istiqbol 

tushunchasi yaqinlashtiradi, birlashtiradi. 

Millatlararo  munosabatlar  -  bu  ijtimoiy  hodisa.  Chunki  har  qaysi  millat 

vakili  ijtimoiy  barqarorlikdan,  ijtimoiy  ta‘minotdan  haqli  ravishda  manfaatdor 

boʻlishga doimiy intiladi. Millatidan qati nazar, har qaysi inson fuqaro sifatida oʻz 

mamlakatidagi barcha imkoniyatlardan, ne‘matlardan foydalanishga haqli. Ijtimoiy 

munosabatlar  jamiyat  yangilanayotgan  bir  paytda  eskicha  qarashlar  iskanjasidan 

xalos boʻlishi lozim. Olamni yangicha idrok qilish orqali uning mohiyatini anglash 

jarayonida  dunyoqarashlar  yaqinligiga,  aniqrog‘i,  dunyoqarashlar  uyg‘unligiga 

erishish oʻlkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan hodisadir. 

Millatlararo munosabatlar  bu ma‘naviy-ahloqiy hodisa. Chunki millat oʻzini 

anglash, oʻzini tiklash jarayonida milliy xudbinlikka yoʻl qoʻymasligi kerak. Millat 

uyg‘onish  jarayonini  boshidan  kechirayotgan  bir  paytda  oʻz  milliy  qadriyatlarini 

umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bog‘liq  holda  his  qilishi  lozim.  Ayni  ana  shu 

qadriyatlar  millatning  millat  sifatida  oʻzini  anglashidan  oldin  insonning  inson 

sifatida oʻzini anglashini ustun qoʻyishiga olib keladi. 

Prezident  Islom  Karimovning  rahbarlik  faoliyatiga  xos  boʻlgan  g‘oyat 

e‘tiborli  va  ibratli  bir  fazilat  borki,  u  ham  boʻlsa,  millatlararo  hamkorlik  va 

hamjihatlik  masalasiga  doimo  ustuvor  ahamiyat  berib  kelayotganidadir.  Bu,  oʻz 

navbatida,  yurtimizdagi  tinchlik  va  barqarorlikni,  jamiyatimiz  hayotida  oʻzaro 

hurmat,  mehr-oqibat  muhitini  mustahkamlashda  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  Bunday  siyosat  yurtboshimiz  uchun  faoliyatining  dastlabki  davridan 

boshlab xos boʻlganini „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi 

hujjatlar tasdiqlaydi. 

Davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat 

koʻrsatishi  uchun  shart-sharoit  yaratish,  fuqarolar  va  jamiyatning  barcha  siyosiy, 

ijtimoiy  salohiyatini  roʻyobga  chiqarish,  tadbirkorlik    va  iqtisodiy  tashabbuslar 

erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan oʻlchanadi, 

degan fikrlarning mohiyatini ochib berishdir.  

Hozirgi  kunda  jahonda  sodir  boʻlayotgan  voqea  va  hodisalarga  bir  nazar 

tashlasak,  jamiki  davlatlarning  oldida  bir  masala  koʻndalang  boʻlib  turibdi.  

Mazkur  davlatning  jug‘rofiy,  siyosiy  joylashuvi,  yaqin  chegaradosh  davlatlardagi 

iqtisodiy,  siyosiy  holat,  iqtisodiy  imkoniyatlari,  ma‘naviy-aqliy  imkoniyatlari, 

milliy  mentaliteti,  erkinligiyu  ozodligi,  xalqning  onglilik  darajasi  va  rahbariga, 

ya‘ni yurtboshisiga bog‘liq omillar.  



Endi  nazarimizni  sobiq  ittifoq  tarkibidagi  hozirgi  kunda  mustaqillikka 

erishgan  davlatlarning  taraqqiyotiga  qarataylik.  Har  qaysisining  rivojlanish 

darajasi,  rivojlanish  yoʻli  oʻzgacha,  -bu  tabiiy  hol.  Lekin  bu  rivojlanishning 

natijasi-chi?  Masalaning  mohiyati  ham  xuddi  mana  shundadir.    Ma‘lumki,  sobiq  

ittifoq  tarkibidagi  barcha  davlatlarga  bir  xil  meros  qolgan  -  totalitar  tuzum! 

Totalitar  tuzumdan-huquqiy  davlatga  oʻtish  -  bir  zumda  amalga  oshadigan  ish 

emas,  biz  oʻylagandan  ancha  murakkabroq,  insondan  anchalar  aql  talab  etadigan 

jarayondir, ya‘ni:  

1.  Juda  murakkab,  koʻp  qirrali,  ayni  paytda  izchillikni  taqozo  etadigan 

ijtimoiy xodisa.  

2.  Eng  avvalo  millat  ravnaqini  ta‘minlash,  xurfikrlilik,  sog‘lom 

tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon.  

3.  Eng  muhimi,  xalq  demokratiyani    chuqur  tushunishi,  uning  butun 

mazmun - mohiyatini anglashi zarur.  

Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan boʻlsak, 

Oʻzbekistonning  bu  boradagi  siyosati  –  ―yangisini  qurmay,  eskisini  buzmaslik‖, 

islohotlarni ―bosqichma- bosqich‖ amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda. 

Oʻzbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.  A.  Karimov  ushbu 

masalaga  mamlakat  va  xalq  manfaatidan  kelib  chiqib  yondashgan.  Bu  yoʻlda  u 

ma‘lum darajada qatiqqoʻllik va talabchanlik  ham qilgan. Buni ―Komsomolskaya 

Pravda‖  gazetasi  muxbiri  savollariga  bergan  javoblarida  ochiq-oydin  aytgan: 

―Muholiflarim  meni  diktator  qilib  koʻrsatishni  juda  xohlaydilar.  Tan  olaman: 

ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir.  Ammo, men buni 

faqat  bir  narsa  bilan  izohlayman:  tarixning  muayyan    davrlarida,  haqiqiy 

davlatchilik  qaror  topayotgan  paytda,  ayniqsa  bir  tizimdan  ikkinchisiga  oʻtish 

davrida,  har  holda  kuchli  ijroiya  hokimiyati  zarur.  Qon  toʻkilishiga  va  qarama-

qarshilikka  yoʻl  qoʻymaslik,  mintaqada  millatlararo  va  fuqarolar  totuvligi, 

tinchligini  va  barqarorlikni  saqlash  uchun  shunday  boʻlishi  zarur.  Bu  yoʻlda  men 

jonimni fido qilishga tayyorman‖.

 

Mustaqillikning  dastlabki    kunlaridan  boshlab  huquqiy  davlatchilik 



asoslarini  yaratish  muhim  vazifalardan  biriga  aylandi.  Milliy  davlatchilik 

rivojlanishining  ming  yillardagi  an‘analari  mustamlakachilik  yillarida  batamom 

inkor  etilgan  edi.  Oʻzbekiston  rahbariyati  tarixiy  an‘analarga, dunyo  tajribalariga, 

oʻlkaning  milliy  -tarixiy  rivojlanishiga,  uning  oʻziga  xos  tomonlariga  tayangan 

holda jamiyatni tubdan isloh qilish yoʻllarini ishlab chiqdi.  

Bu jarayonda ikki vazifa:  

1.  Eski ma‘muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta 

qurish;  




2.  Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda 

yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari.  

Huquqiy  davlatga  oʻtishning  ilk  bosqichi  -  davlat  qurilishining  kafolati  - 

Oʻzbekiston Konstitusiyasidir.  

Oʻzbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi 

ilg‘or  boshqaruv    tajribalari  oʻrganib  chiqildi.  Hamda  eng  asosiysi  -  milliy 

davlatchiligimiz  an‘analariga sodiq qolindi.  

Jahondagi  turli  davlatlarda  davlat  boshqaruvi  shakli  turlicha.  Masalan, 

AQShda  boshqaruvning  prezidentlik  -  respublika  shakli,  Buyuk  Britaniyada 

parlamentar-monarxiya, Germaniyada parlamentar respublika, Fransiyada dualistik 

respublika  shakllari mavjud.  

Nega bunday? Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy 

qadriyatlar  har  bir  davlat  demokratiyasiga,  davlat  boshqaruviga    zamin  boʻlishi 

kerak.  Misol  uchun,  Buyuk  Britaniyada  monarxiya  boshqaruv  tizimi  saqlab 

qolingan,  hozirgi  davrda  Qirolicha  davlat  rahbari,  lordlar  palatasi  milliy 

davlatchilik 

an‘analaridan 

meros 


tarzda 

saqlab 


qolingan, 

yagona 


sistemalashtirilgan konstitusiya yoʻq. AQShda atiga 6 ta moddadan iborat boʻlgan 

1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi 

sifatida  saqlanib  qolingan.  26  ta  qoʻshimcha  va  oʻzgartishlar  bilan  hozirgi  kunda 

ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos boʻlgan maxsus 

konstitusion  organi  yoʻq.  Davlat  boshqaruvining  Prezidentlik  Respublikasi 

shaklidagi  davlatlar  ichida  faqat  AQShdagina  Prezident  bevosita  saylovchilar 

tomonidan  saylab qoʻyilmasdan, balki saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali 

saylanadi.  Yaponiyada  imperatorga  xalqning  sadoqati  juda  kuchli.  Imperator 

hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan  olingan. 

Oʻzbekistonda    ham  davlat  boshqaruvi  shakli,  hokimiyat  vakolatlarini 

taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an‘analarga katta e‘tibor berildi.  

Endi  Oʻzbekistonda  davlat  boshqaruvi  masalasiga  toʻxtalsak.  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasining  11  moddasi:  ―Oʻzbekiston  Respublikasi  davlat 

hokimiyatining  tizimi  -  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  boʻlinish  prinsipiga  asoslanadi‖  (Oʻzbekiston  Respublikasi 

Konstitusiyasi.-Toshkent: 

Oʻzbekiston,1992 

yil.),-deyiladi. 

Konstitusiya 

mazmunidan  koʻrinib  turibdiki,  davlat  hokimiyatida    vakolatlar  turli  davlat 

organlariga,  chunonchi,  qonunchilik    vakolatlari  Oliy  Majlisga,  ijro    vakolatlari 

Prezident  hamda  Vazirlar  Mahkamasiga,  sudlov    vakolatlari  esa  Sud  organlariga 

taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar oʻtkazilib, Sud sistemasi 

yanada isloh qilinmoqda.  

Davlatni  boshqarishning  Prezidentlik  shakli  mamlakat  boshqaruvi  tizimini 

isloh  qilishning  boshlanishi  boʻldi.  Prezident  davlat  hokimiyatining  boshlig‘i 




boʻlib,  bir  vaqtning  oʻzida  Vazirlar  Mahkamasining  raisi  vazifasini  bajaradigan 

boʻldi.  Bozor  munosabatlariga  oʻtish  davrida  davlat,  xoʻjalik  jamiyatning  barcha 

sohalaridan  tortib,  intizom  oʻrnatish,  ijroiya  hokimiyatini  butun  choralar  bilan 

mustahkamlash  ehtiyoji  shuni  talab  qildi.  Demak,  Prezident  suveren  Respublika 

boshlig‘i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat 

yurgizadi.  Bu  ayrim  g‘alamislarning  fikricha  aftoritar  hokimiyatni  oʻrnatilishi 

emas,  aksincha,  hozirgi  paytda  kuchli  ijroiya  hokimiyati  boʻlishi  kerakligidandir. 

Aks holda, jilov qoʻldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap 

emas.  Masalan,  Koreya,  Turkiya  va  boshqa  mamlakatlarni  olsak.  Ular  iqtisodiy 

islohotlar yoki oʻtish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.  

Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga 

ega  boʻldi,  hokimlikka  tajribali  va  malakali  shaxslar  Prezident  tomonidan 

tayinlanadi va Xalq Deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.  

Mahalliy  oʻz-oʻzini  boshqarish  organlarining  asosini  mahallalar  tashkil 

etadi.  Bu  organlarga  yildan-yilga  juda  katta  imkoniyatlar,  imtiyozlar  berilmoqda. 

Fuqarolar  yig‘ini,  oqsoqollar  kengashi  kabi  oʻz-oʻzini  boshqarish  organlari 

qadimdan oʻzbek milliy davlatchiligining asoslari hisoblanadi.  

Huquqiy davlat qurishda har tomonlama kamol topgan kadrlar muhim  oʻrin 

tutadi.  Fuqarolik  jamiyati,  bu  insonning  rivojlanishiga  imkon  yaratadigan,  uning 

huquq  va  erkinliklarini  toʻla  darajada  ta‘minlaydigan,  qonun  ustivor  boʻlgan 

ijtimoiy  jamiyatdir.  Buning  ma‘nosi  -  boshqaruvning  turli  xil  vazifalari  bevosita 

xalqqa topshiriladi, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rivojlanib boradi.  

Oʻzbekiston Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ―Kuchli davlatdan 

-  kuchli  fuqarolar  jamiyati  sari‖  siyosiy  shiori  ostida  rivojlanib  bormoqda. 

Fuqarolar  jamiyati  –  bu  jamiyatning  bir  qismi,  hokimiyatning  davlat  organlari  va 

boshqaruvidan tashqari qismi rivojlanib bormoqda deganidir.  

Fuqarolik  jamiyatining  yetuklik  darajasi  fuqarolarning  siyosiy  yetukligi, 

ularning  siyosiy  va  jamoat  tashkilotlariga  birlashish  darajasi,  ularning  aktiv 

faoliyati bilan belgilanadi.  

Mamlakatimizning  fuqarolik  jamiyati  qurilishi  yoʻlidan  borayotganligi 

hozirgi  davrda  vujudga  kelgan  siyosiy  partiyalar  va  harakatlar,  jamoat 

tashkilotlarining  tashkil  topganligi  va  ularning  faoliyatida  yaqqol  koʻzga 

tashlanmoqda.  

―Fuqarolik  jamiyati,  -  deb  yozadi    Oʻzbekiston  Respublikasi  Birinchi 

Prezidenti  Islom  Karimov,  ijtimoiy  makon.  Bu  makonda  Qonun  ustivor  boʻlib,  u 

insonning  oʻzini-oʻzi  kamol  toptirishga  monelik  qilmaydi,  aksincha  yordam 

beradi‖.  

Keyingi  paytlarda  Oliy  Majlis  tomonidan  qabul  qilinayotgan  qonunlarning 

aksariyati  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatining  asoslarini  shakllantirishga 



qaratilgandir. Misol, Sud sistemasini isloh qilish toʻg‘risidagi qonun loyihasini olib 

koʻrishimiz mumkin. 

Xullas,  hokimiyat    vakolatlarini  jamoat  va  nodavlat  tashkilotlariga 

bosqichma-bosqich  oʻtkazib  borish,  ularning  haq  huquqlari  va  erkinliklarini 

kengaytirish fuqarolik jamiyatining ilk qadamlari hisoblanadi.  

Ayni  shu  masalaga  Oʻzbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom 

Karimov  Oliy  Majlisning  II-chaqiriq,  IX-sessiyasida  ham  alohida  e‘tibor  qaratib, 

shunday  dedi:  ―Aynan  mustaqillik  davrida  har  tomonlama  oʻzini  oqlagan,  tobora 

hayotimizda  ahamiyati  kuchayib  borayotgan  fuqarolarning  oʻzini-oʻzi  boshqarish 

organlari  mahalla  instituti,  turli  jamoat  birlashmalari  hamda  tashkilotlarini 

rivojlantirish  va  mustahkamlash  masalasi  bizning  doimiy  e‘tiborimizda  turishi 

lozim‖  (Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisning  II-chaqiriq,  IX-sessiyasi 

materiallari Oʻzbekiston ovozi.2002 yil 31 avgust.). 

Demokratiyani  asosiy  xususiyatlaridan  biri  koʻp  partiyaviylikdir.  Biroq 

davlat,  jamiyatning  rivojini  mavjud  partiyalarning  soni  bilan  belgilash  notoʻg‘ri. 

Koʻp  partiyaviylik  tizimini  muvaffaqiyati  siyosiy  hokimiyatni  amalga  oshirishda 

partiyalarning ishtiroki bilan belgilanadi. 

Mustaqillik yillari mamlakatimizda bir qator siyosiy partiyalar tashkil topdi:  

1. Oʻzbekiston XDP (1991yil) 

2.  ―Adolat‖ sotsial demokratik partiyasi (1995 yil) 

3. Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi (1995yil.) 

4. Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi (2003 yil) 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  oʻzining 

Konstitusiyaning  14  yilligiga  bag‘ishlangan  bayram  tantanasida  soʻzlagan 

ma‘ruzasida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi oʻrniga baho berib, jumladan 

shunday degan edi: ―...partiyalar oʻzining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida 

qancha  jonlantirib,  kengaytirib  borsa,  xalqimiz  va  saylovchilarimizning  siyosiy 

ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning  islohot va oʻzgarishlarga oʻtkazadigan 

ta‘siri tobora ortib boraveradi‖. 

Bu  partiya  va  harakatlarning  har  biri  jamiyatda  ma‘lum  qatlamlarning 

siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy qarashlarini ifodalab, parlamentda oʻz oʻrni 

va ovozlariga  egalar.  

Mamlakatimizda  partiya  va  harakatlardan  tashqari  200  ga  yaqin  Kasaba, 

tadbirkorlar,  yoshlar,  faxriylar  kabi  ijtimoiy  uyushmalar  ham  mavjud.  Bular 

orasidan  eng  ommaviysi  kasaba  uyushma  tarkibida  7,5  mln.  a‘zosi  bor. 

Oʻzbekiston  hayotida  yoshlarning  roli  beqiyosdir.  1991  yili  Oʻzbekiston  yoshlar 

ittifoqi  tuzilgan.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1997  yil  7  yanvar 

Farmoni  bilan  iqtidorli  yoshlarni  xorijdagi  ilg‘or  oliygohlarda  bilim  olishlarini 




ta‘minlash va tashkil etish uchun ―Umid‖ jamg‘armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 

jamoat birlashmalari  va nodavlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.  

Hozir Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydilar. Millatlarning 

huquqlarini amalda tengligini ta‘minlash maqsadida 80 dan ortiq milliy markazlar 

tashkil  etilgan.  Bularning  faoliyatini  1993  yili  tashkil  etilgan  Respublika 

Baynalminal madaniy markazi boshqarib boradi. 

Yuqoridagi  fikrlarimizni  jamlab,  Oʻzbekistonda  davlatimiz  kunma-kun, 

bosqichma-bosqich oʻz funksiyalarini ana shunday jamoat birlashmalariga oʻtkazib 

bermoqda va fuqarolik jamiyati zaminini shakllantirib bormoqda.  

Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda    siyosiy  partiyalar,  jamoat 

tashkilotlarining  vujudga  kelishi  va  faoliyat  yuritishi  uchun  huquqiy  asoslar 

yaratildi.  Respublika  parlamenti  tomonidan  qabul  qilingan  ―Jamoat  tashkilotlari 

toʻg‘risida‖  (1991  yil  15  fev.),  ―Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  toʻg‘risida‖ 

(1998  yil  28  apr.),  ―Kasaba  uyushmalari  ular  faoliyatini  huquq  va  kafolotlari 

toʻg‘risida‖  (1992  yil  2  iyul.),  ―Siyosiy  partiyalar  toʻg‘risida‖  (1996  yil  dek.)gi 

qonunlar shular jumlasidandir. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  oʻzining 

―Tarixiy xotirasiz kelajagi yoʻq‖ kitobida yuqoridagi fikrlarini rivojlantirib,  yana 

shunday  deb  yozadi:  ―Biz  xalqning  nomi  bilan  emas,    balki  madaniyati, 

ma‘naviyati orqali bilamiz,  tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz‖(Karimov 

I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq.-Toshkent: Sharq,  1998.-B.18). 

Demak,  biz  tariximizdan  bexabar  boʻlsak,    buyuk  ajdodlarimiz  madaniy 

merosidan  baxramand  boʻla  olmasak,    ma‘naviy  qadriyatlarimiz    bilan  tanish 

boʻlmasak, mustamlaka davridagidek manqurtlarga aylanib qolamiz.  

Mashhur  rus  tarixshunosi  V.V.  Bartold  (1869-1930)  bu  toʻg‘rida  shunday 

deb  yozgan:  ―Sharq  xalqlari  bizning  madaniyatimiz  ustunligiga  shundagina 

ishonadilarki,    qachonki,    biz  ularni  ular  oʻzlarining  bilishlaridan  (bilganlaridan) 

koʻra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar. 

Haqiqatan ham mustamlakchilik istibdodi,  soʻng shoʻrolar zamonida qariyib 

130 yil davomida  biz oʻtmishimizdan ayrildik.  

E‘tibor  bering,    Qadimgi  Rus  davlati»  IX  asrda  shakllanganligidan  kelib 

chiqib,    imperiyaning  boshqa  biron-bir  xalqi  (armanlar  va  gruzinlardan  tashqari) 

davlatchilik tarixi mazkur koʻrsatgichdan (IX asr) qadimroq boʻlmasligi kerak edi. 

Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik   tarixi va etnogenezi masalasida 

ham koʻrish mumkin.  Ya‘ni,  oʻzbeklar,  ozarbayjonlar,  ukrainlar,  turkmanlar va 

boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr) 

ertaroq asrlarga borib taqalishi mumkin emasdi.  



Mustaqilligimizni  bizga  bergan  buyuk  ne‘matlaridan  biri 

-  bu 


qadriyatlarimiz,    buyuk  ota-bobolarimizning  bizga  qoldirgan  me‘rosini  oʻrganish 

huquqidir.  

Bunday  huquq  shoʻrolar  davrida  yoʻq  edi  (A.Temurni  ―zolim‖  dedik,  

Leninni shaahsi ulug‘lashtirildi).  

Mana  endi  bu  sohada  keng  yoʻllar  ochildi.    Bu  boradagi  tadbirlar 

mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.   

1991  yil  buyuk  alloma,    g‘azal  mulkining  sultoni  A.  Navoiy  yubileyini 

oʻtkazish katta voqea boʻldi.   

1994 yili M.Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.  

YUNESKO  ning  Parijdagi  qarorgohida    ―Temuriylar  davri,    fan,    madaniyat  va 

maorifning gullab yashnashi‖ mavzusida yirik anjuman boʻlib oʻtdi.  

―Biz oʻzbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va 

aslida  ham  shunday,  -  deb  yozadi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

Islom  Karimov,YUNESKOning  Parijdagi  qarorgohida  Amir  Temur  bobomizning 

toʻylarini oʻtkazishdan maqsad nima? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat 

asoschisi,  buyuk bunyodkor,  ijodkor shaxs boʻlganini, fan, madaniyatga homiylik 

qilib,  jahon  sivilizasiyasi  taraqqiyotiga  beqiyos  hissa  qoʻshganini  olam  ahliga 

bildirish edi.  Bu zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz‖.  

Ma‘naviy merosimizni bir boʻlagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e‘tibor 

berildi.  1992  yili  Prezident  farmoni  bilan  Ramazon  va  Qurbon  hayiti  kunlarini 

umumxalq bayrami deb e‘lon qilindi, ―Haj‖ safarlari tiklandi.  

Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri – ―Navroʻz‖ - umumxalq bayrami 

sifatida qayta tiklandi.  

Mustaqillik  yillarida  quyidagi  yubileylar  oʻtkazilgи:  Imomal-Buxoriy 

tavalludining  1225  yilligi,  Ahmad  al-Farg‘oniy  tavalludining  1200  yilligi.  (1998 

yil 24 oktabr.), Burhoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi, Abu Mansur 

al-Moturidiy  tavalludining  1130  yilligi,  Abu  Iso  at-Termiziy  tavalludining  1200 

yilligi,  Mahmud  az-Zamahshariy  tavalludining  920  yilligi,  Jaloliddin  Manguberdi 

tavalludining  800  yilligi.  (1999  yil  5  noyabr.  Xorazm),  Najmiddin  Kubro 

tavalludining 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligi, Mirzo 

Ulug‘bek  tavalludining  600  yilligi,  Xoja  Ahror  Valiy  tavalludining  600  yilligi, 

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 520 yilligi, Amir Temur tavalludining 

660  yilligi.  (1996  yil.),  Boborahim  Mashrab  tavalludi.  (1992  yil.),  Muhammad 

Rizo  Erniyozbek  oʻg‘li  Ogahiy  tavalludining  190  yilligi.  (1997  yil  17  dekabr. 

Xorazm.), Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻg‘li tavalludining 175 yilligi. (1999 yil 18 dekabr. 

Nukus.),  Xorazmda  2001  yili  Zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  «Avesto»ning 

2700  yilligi,  Fayzulla  Xoʻjayev  tavalludining  100  yilligi,  ―Xorazm  Ma‘mun 

akademiyasi‖ning 1000 yilligi 2005 yil dekabrda nishonlandi.  




Respublikamizda  har  yili  A.Navoiy,  Bobur,  Mashrab,    Ogahiylarga 

bag‘ishlanib  kechalar  oʻtkazilmoqda.  ―Alpomish‖  dostoni  yaratilishining  1000 

yilligiga bag‘ishlangan kechalar,  bahslar tashkil qilindi.  

1994  yil  ma‘naviy  qadriyatlarni  oʻrganish  va  takomillashtirish  borasida 

«Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezident farmoni 

chiqdi.  

1994 yilni ―Mirzo Ulug‘bek yili‖, 1996 yilni ―Amir Temur yili‖, 1997 yilni ―Inson 

manfaatlari yili‖, 1998 yilni ―Oila yili‖, 1999 yilni ―Ayollar yili‖, 2000 yilni 

―Sog‘lom avlod yili‖, 2001 yilni ―Onalar va bolalar yili‖, 2002 yilni ―Qariyalarni 

qadrlash yili‖, 2003 yilni ―Obod  mahalla yili‖, 2004 yilni ―Mehr-muruvvat yili‖, 

2005 yilni ―Sihat-salomatlik yili‖, 2006 yilni ―Homiylar va shifokorlar yili‖, 2007 

yilni ―Ijtimoiy himoya‖ yili deb e‘lon qilinishi yoki 2018-yil ―Xalq bilan muloqot 

va inson manfaatlari yili‖ deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda inson qadri 

ulug‘lanishini yana bir misoli desak boʻladi.

 

 


Download 263.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling