2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari


Download 56.17 Kb.
bet11/13
Sana24.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1687153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2- mavzu s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qa-fayllar.org

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib ularga nafas olish, oksidlanish, fotosintez kabi reaksiyalarni olish mumkin.
Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi xil
reaksiyalarda jarayonda ishtirok etayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmay koladi. Masalan, neytrallanish reaksiyasi, almashishish, ba’zi parchalanish va birikish reaksiyalarini olish mumkin:
HCl+NaOH=NaCl+H2O MgCO3=MgO+CO2
CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3 SO3+H2O=H2SO4
Ikkinchi xil reaksiyalarda bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgaradi:
. 0 +1 -1 +2 -1 0


Zn+2HCl= ZnCl2 + H2

0 +6 +2 +6 +4

Cu + H2SO4 = CuSO4-2 + SO2 + H2O
Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish) elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmagan edi. Ikkinchi xil reaksiyalarda bo‘lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o‘zgardi. Cu o dan +2 ga , oltingugurt
bo‘lsa +6 dan +4 ga o‘zgardi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan
reaksiyalarga oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bo‘lib, u molekula xosil kilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko‘rsatadi. Oksidlanish darajasi umumlashgan elektron juftning elektomanfiyligi kattarok element atomi tomon siljishi tufayli vujudga keladi. Elektron juftni o‘z tomoniga siljitgan element
atomi manfiy oksidlanish darajasiga, o‘zining elektron juftini berayotgan element atomi esa musbat oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Oksidlanish darajasi musbat,manfiy yoki nolga teng bo‘lishi mumkin. Ba’zan kasr oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan elementlar xam uchraydi.
Barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0, Cl20, H20, C0, Al0, Cr0 va xokazo.
Vodorodni birikmalardagi oksidlanish darajasi +1 ga teng. Fakat metal gidridlarida vodorodni oksidlanish darajasi -1 ga teng (K+1H-1, Ca+2H-2, Al+3H3-1).
Kislorodning oksidlanish darajasi ko‘pchilik birikmalarda -2 bo‘ladi: H2O -2 , PbO2 -2 , HNO3 -2,KMnO4-2 va xokazo. Fakat peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi -1 ga teng: H2O2-1, Na2O2-1, BaO2-1 va boshkalar.Fakat birgina birikma, u xam bo‘lsa OF2 da kislorodning oksidlanish darajasi k2 ga teng bo‘ladi.
Metallarning oksidlanish darajasi xar doim musbat va odadda son jixatdan metallning valentligiga teng: Na+12SO4, Ca+2(NO3)2,Al+32(SO4)3 va boshkalar.
Agar murakkab modda ikkita elementdan tashkil topgan bo‘lsa bu
elementlarning oksidlanish darajasi valentlikka teng, lekin u k yoki - ishoraga ega bo‘ladi. Masalan, H+Cl-, H2+S-2, S+6O3-2, Mn2+7O7-2 va boshkalar.
Murakkab moddani tashkil etgan atomlarning oksidlanish darajalari
yindisi nolga teng.
Masalan, H2+1S+6O4-2 =+2+6-4x2= +8-8=0; H3PO4 da fosforning
oksidlanish darajasi +5; H +1, O-2. Vodorod va kislorodning oksidlanish darajalari yiindisidan oksidlanish darajasi noma’lum element topiladi. HMnO4; H+1, O-8; +1-8=+7 +7 marganesning oksidlanish darajasini ko‘rsatadi.
Murakkab ionlarda atomlar oksidlanish darajalarining yiindisi ion
zaryadiga teng.
NH3+(-3+4=+1),MnO4-(+7-8=-1), Cr2O72-(+12-14=-2), SO42-(+6-8=-2), PO43-( +5-8=-3) va xokazo.
Bir elementni oksidlanish darajasining kiymati bir nechta bo‘lishi mumkin. H2S,S, SO2, SO3, H2SO3, H2SO4 dagi oltingugurtni oksidlanish darajasi -2, O, +4, +6, +4 va +6 ga teng. Ularni ichida eng kichik oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi(H2S) kaytaruvchi va eng yukori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi (SO3,H2SO4) oksidlovchi bo‘ladi.
NH3, N2, N2O, NO, N2O3,NO2, N2O5, HNO2 va HNO3 birikmalardagi
azotning oksidlanish daragasi -3, O, +1,+2,+3,+4,+5, +3 va +5 ga teng. Bu
birikmalardan -3 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (NH3) kaytaruvchi va +5 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (HNO3, N2O5) oksidlovchilardir.
Ba’zi bir birikmalar, masalan, Fe3O4 da kislorodning oksidlanish darajasi -2, lekin Fe uchun bunday xisoblash kasr son +8|3 ga teng.
Organik birikmalarda xam oksidlanish darajasini topish ancha kiyinrok xisoblanadi. Masalan, CH3COOH da C-3 va C+3 ga teng.
CH3-CH2-CH2-CH3 birikmada uglerod atomlarining oksidlanish darajasi -3,-2,- 2,-3 ga teng.

Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling