2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja


Download 56.17 Kb.
bet5/13
Sana24.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1687153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2- mavzu s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qa-fayllar.org

Natriy oksid Na2O suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, o’yuvchi natriy hosil qiladi.
Na2O + H2O = 2NaOH

Natriy havoda yonganda asosan, natriy peroksid Na2O2(va juda oz miqdorda Na2O) hosil bo’ladi, Na2O bevosita yo’llar bilan olinadi:

2Na + 2NaOH 2Na2O + H2
yoki

2Na + Na2O2 2Na2O


Agar natriy 1800C haroratda ozroq miqdorda kislorod bilan oksidlansa Na2O hosil bo’ladi 4Na + O2 = 2Na2O
Natriy peroksid Na2O2 sarg’ish kukun holidagi modda. Unga suv ta’sir ettirilganda ishqor va vodorod peroksid hosil bo’ladi:
Na2O2 + 2H2O = 2NaOH+ H2O2
Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, vodorod peroksidning parchalanishi natijasida kislorod ajralib chiqadi. Vodorod peroksid Na2O2 ga suyultirilgan kilota (H2SO4) ta’sir ettirib olinadi, natriy peroksid esa havodagi karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishadi:
Na2O2 + 2HCl = 2NaCl+ H2O2

2Na2O2 + 2CO2 = 2Na2CO3+O2


Shu sababli Na2O2 nafas olish apparatlarida havoni regenerasiyalab kislorod ajratib chiqarish uchun foydalaniladi. Na2O2 gazlamalar, suyak, soch va boshqalarni oqartirish uchun ishlatiladi.
Natriy giperoksid NaO2 yuqori (300 atm) bosimda va 5000S da kislorod bilan Na2O2 ning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladi:
Na2O2 + O2 → 2NaO2
bu moddaga suv ta’sir ettirilsa quyidagi reaksiya boradi.
2NaO2 + 2H2O = 2NaOH+ H2O2 + O2

Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling