2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja


Download 0.84 Mb.
bet6/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1235228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
маруза 2

Tibbiy jihozlar - davolash-kasallikni oldini olish jarayonlarini amalga oshirishda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratuvchi tibbiy texnik qurilmalar yig’indisidir.
Tibbiy tovarlarni ishlab chiqarish hajmida tibbiy jihozlar oxirgi o’rinni egallaydi va buyumlar nomenklaturasi bo’yicha eng ko’p sonli hisoblanadi. Shifoxona uskunalarining barcha turlari va tibbiy jihozlar( funktsional operatsiya kursilari, yoritgichlar, zambilg’altaklar, stomatologik va ginekologik o’rindiqlar, javonlar, asboblar va dori vositalar uchun kursilar va h.k.), shuningdek davolash-tashhis tadbirlarini o’tkazishda aseptika jarayonini ta’minlaydigan qurilmalar (sterilizatorlarning har xil turlari, dezinfektsiya jihozlari) tibbiy jihozlar toifasiga kiradi.
Jihoz, apparat, asbob-uskunalarning sifati ularning qulayligi, topshirilgan yuklarni qanday ko’tarishi, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar yoki tegishli moslamalarning o’lchamli harakatlari ta’sirida qismlarining mayin ko’chishi bilan belgilanadi. Mazkur ko’rsatkichlarni nazorat qilish asbob-uskunalarining har bir harakatini sinovdan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
In vitro tashhis vositalari –test-tizim va test-tasmalar, reagentlar, kalibratorlar, analizatorlar, tekshiruv ashyolaridan tarkib topgan tashhis qo’yish uchun tibbiy buyumlardir.Test-tasmalar xomiladorlik, qandli diabet, sifilis, oshqozon kasalliklari, gepatit, revmatoid artrit, sil kasalligi, qon tarkibida glyukoza va xolesterin miqdorini o’lchash imkonini tezlik bilan va qisqa muddat ichida yaratib beradi.
Tibbiy maqsaddagi buyumlar – muolajalarni o’tkazish, bemorlarni parvarishlash uchun foydalaniladigan buyumlar, bog’lov vositalar, sanitariya-gigiena buyumlari, protezlar, implantantlar, bir martalik shpritslar va ignalar, dori, qon va suyuqliklarni tomchilab quyish tizimlari va boshqalar.
1.3-rasm



Tibbiyot tovarlarni yetkazib berish turlari.
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari iste’molchiga donalab (bittadan buyum ko’rinishida) yoki tibbiy to’plamlar ko’rinishida butlangan holda etkazib beriladi. Bundan tashqari, buyumlarning o’zaro bog’liqligiga qarab, ular qatoridan olingan komplekslar yoki moslamalar ko’rinishida etkazib berish mumkin. Bunday to’plamlar tarzida etkazib berish davolash yoki tashhis klinika, markazlarni jihozlashda amalga oshiriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling