4. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Kompyuter – inglizcha soʻz boʻlib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi boʻlmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini koʻp uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda koʻp ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa koʻrsatkichlari yuqori boʻlgani uchun, ular koʻproq qoʻllanilmoqda.
5. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: - tizim bloki; - monitor; - klaviatura; - sichqoncha; - tashqi qurilmalar.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda Respublikamizda keng tarqalgandir.
Tizimli blok. Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) koʻrinishida ishlab chiqariladi.
Zamonaviy kompyuterlardagi tizim blokda ikkita tugmacha bor. Kattaroq koʻrinishdagi tugmacha orqali kompyuter ishga tushiriladi. Bu tugmachani POWER tugmachasi deb yuritiladi. POWER tugmachasining yonida REZET tugmachasi joylashgan boʻlib, bu tugmachaning vazifasi, agarda kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda kursor qotib qolsa kompyuterni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Bu vazifani klavishlar orqali ham bajarish mumkin, buning uchun klavishaturadagi CTRL+ALT+DELETE tugmaalri birgalikda bosiladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizim blokida joylashgan boʻlib, ular quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |