2. Aholi daromadlari va ularning turlari. Yashash minimum iva istemol savati
O‘zbekistonga kambag‘allika tegishli ko‘rsatkichlar
Download 49.75 Kb.
|
AHOLI DAROMADLARINING DIFFERENSIYALASHUVI
O‘zbekistonga kambag‘allika tegishli ko‘rsatkichlar
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.X 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasiga oid statistika keltirildi. «Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi», – degandi Shavkat Mirziyoyev.X Qashshoqlik – bu hayot uchun muhim bo'lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo'lib, o'z naslini davom ettirishi mumkin bo'lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhni iqtisodiy holatining o'ziga xos xususiyatidir. Qashshoqlik nisbatan bir tushuncha bo'lib, ma`lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog'liq. Ma`lum bo'lgan qashshoqlik me`yorlarining asosini, pul ta`minoti ko'rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo'ladigan oilaviy daromad yoki iste`mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko'rinishda bo'ladi. Xuddi marksistlarniki kabi, g'arb liberal nazariyasida ham, qashshoqlik, shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar bo'lmagandagi xolatni anglatadi. Turli mamlakatlarda va turli xil tarixiy davrlarda, bu ehtiyojlar turli yo'llar bilan baholanadi. Download 49.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling