2-amaliy ish Jabranganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad
Download 0.6 Mb.
|
2-Amaliy ish (1)
2-amaliy ish Jabranganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad: Talabalargaishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar ro‘y berganda o‘ziga va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish. Bajariladigan topshiriqlar: 1. Birinchi yordam ko‘rsatish vositalari; 2. Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy qoidalari; 3. Jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish; 4. Yurakni sun’iy masaj qilish va sun’iy nafas berish; 5. Sun’iy nafas berish usullari; 6. Qonketganda birinchi tibbiy yordam; 7. Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish; 8. Sovuq yeganda birinchi tibbiy yordam. Birinchi yordam ko‘rsatish vositalari: hozirgi traktorlar, murakkab qishloq xo‘jaligi mashinalari va avtomobillarni korxona ma’muriyati dori-darmonlar to‘plami bor tibbiyot aptechkasi bilan ta’minlashi zarur. Aptechkada qo‘yidagilar bo‘lishi lozim: 1 ichimlik soda - 200 g; rezina arqon -1 dona; 2 validol - 30 tabletka; yod eritmasi - bir flakon. 3 borat kislota – 60g; shaxsiy paket- 3dona; 4 leykoplastir - (1x15 Sm) 5 dona; vazelin - 50 g; 5 bint - 10 dona; novshadil spirti - 20 g; 6 paxta - 100 g; shinalar - komplekt Aptechkadagi tibbiy preparatlar quyidagi mahsadlarda ishlatiladi: ichimlik soda - kislota kuydirganda (ishhor va kislotalar bilan ishlashda) ko‘zni yuvish va og‘izni chayish maqsadida ichimlik sodaning 2-4% li eritmasini tayyorlash uchun; validol - asab sistemasini tinchlantirish va yurak atrofidagi og‘riqlarni yo‘qotish uchun; borat kislotasi ishg‘or ta’sirida kuyganda ko‘zni yuvish va og‘izni 115 chayish maqsadida 2-4% li eritmasi tayyorlanadi; vazelin - 1 darajali kuyishda, tirnalganda, teri yalliG‘langanda, teriga surtash uchun; rezina bog‘lam - qon ketishini tuxtatash uchun; shaxsiy paketlar, bintlar, paxta - lat yeganda, yaralanganda bog‘lab qo‘yish uchun; novshadil spirti - hushdan ketganda hidlatish uchun; yod nastoykasi - yaraning atrofiga, teridagi shilingan, tirnalgan joylarga surtish uchun. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling