2-amaliy ish kompozitsion materiallar turlarini o‘rganish


Download 112.16 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi112.16 Kb.
#1001520
Bog'liq
2-amaliy ish nometall


2-AMALIY ISH
Kompozitsion materiallar turlarini o‘rganish.
Kompozitsion materiallar deb xossalari turlicha boigan, bir nechta materiallardan tashkil topgan materiallarga aytiladi. Bunda materialga ta’sir qilayotgan tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsatishda kompozitsion materialni tashkil qiluvchilaming aniq o‘z o‘mi boiadi. Ular materialning umumiy qarshilik ko‘rsatish xususiyatini belgilaydi.
Kompozitsion materialni tashkil etuvchi materiallaminig o‘z nomi bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi: matritsa (material onasi, ya’ni asosi degan tushunchani beradi. Nometali matritsaga ega boigan kompozitsion materiallarda polimer, uglerod va keramik materiallar qoilaniladi); mustahkamlovchi (bu so‘zning ma’nosi kompozitsion materialning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy komponenti boiib u ko‘pincha tolalardan tashkil topgan boiadi. Ular shisha, uglerod, borli, organik, oksidli va metall asosli boiishi mumkin); armirlovchi (bu so‘z kompozitsion materialga qo'shimcha ravishda kiritilgan komponentga nisbatan ishlatiladigan so‘z bo’lib, u tolali yoki to'qima materiallardan tashkil topgan boiishi mumkin. 2.1-rasmda oddiy kompozitsion materialning kesimdagi ko‘rinishi ko‘rsatilgan).
Kompozitsion materiallaming xossalari shu materialni tashkil etuvchi komponentlaming kimyoviy tarkibiga, bir-biriga boigan miqdor nisbatiga va ular orasidagi bogianish mustahkamligiga bogiik boiadi. Matritsaga mustahkamlovchini joylashtirishga, ya’ni tolalarni taxlash tartibiga yoki ulami bir-biri bilan to‘kilish tartibiga kompozitsion materialni armirlash deyiladi.
Kompozitsion materiallar asosan: matritsa turiga, mustahkamlovchi turiga, makrostruktura tuzilishiga va ishlab chiqarish usuliga ko‘ra turlarga bo’linadi.

Kompozitsion material kesimi: a - kvadrat kesmli; b - aylana kesimli; 1 - matritsa; 2 - mustahkamlovchi; 3 - chegara qoplami


Matritsa turiga ko‘raorganik polimer matritsali; noorganik polimer matritsali, metall matritsali; qotishma matritsali va aralash matritsali materiallarga bo‘linadi. Materialning matritsasi materialining asosiy geometrik shaklini berib, unga ta’sir qilayotgan tashqi kuchni materialning butun hajmi bo‘ylab teng tarqatish va tolali yoki kukunli mustahkamlovchini atrof muhit ta’siridan saqlash vazifasini bajaradi. Materitsaning turi undan yasalgan materialning haroratga, korroziyaga bardoshligini elektr va issiqlik o'tkazuvchanligini, ishlab chiqarish turini va bir qator fizik-mexanik xossalarini belgilaydi.
Mustahkamlo‘vchi turiga ko‘ra - shishatolali, karbotolali, bortolali va organik tolali turlarga bo‘linadi.
Kompozitsion materiallarda asosan mustahkamlovchi tolalar uchta, to‘rtta va undan ko‘proq to'kilgan hollarda qoilaniladi. Mustahkamlovchi tolalaming taxlanish tartibi, ya’ni armirlanish turi ko‘rsatilgan.
999999
Kompozitsion materiallarni mustahkamlovchilar bilan armirlash turlari: I - bir tamonlamayo ‘naltirilgan taxlash,
I I - ikki tamonlamayo 'nalishda taxlash,
III- uch tamonlama yo ‘nalishda taxlash;
1 - to ‘g ‘ri burchakli, 2 - old burchakli, 3 - og‘ma burchakli, 4-to ‘kilgan, 5 - к о ‘p to ‘kilganli
Ishlab chiqarishda asosan uchta bir-biriga nisbatan perpendikulyar tolalardan to‘kilgan strukturaga ega xillari tarqalgan. Bunda mustahkamlovchi UK bo‘yicha, radius bo‘yicha va aylana bo‘yicha joylashgan boiadi. Uch oichamda mustahkamlangan kompozitsion materiallar istalgan qalinlikda boiib, ular blokli-to‘rtburchak hamda silindrik shaklga ega bo’lishi mumkin.
Download 112.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling