2-amaliy ish Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari Ishdan maqsad
Download 20.03 Kb.
|
2-amaliy mashg \'ulot Uzelni qismlarga ajratish va yig‘ish usullari
Teplovozni qismlarga ajratish. Kapital ta’mirga keltirilgan teplovoz, tashqi tozalangandan so‘ng, oqimli liniyaning birinchi ish joyiga uzatiladi. Qismlarga ajratish ketma-ket-parallel usulda amalga oshiriladi.
Kuzovning yechiladigan qismlari – kuzovdagi lyuklar va jalyuzlar, sovitish shaxtalari yechib olinadi. Radiator sektsiyalari yechiladi. Bir vaqtda yordamchi jihozlar agregatlari to‘siqlari yechib olinadi, pol qismi yechiladi. Dizeldagi, dizel va sovitish shaxtasi orasidagi truba o‘tkazgichlari, shuningdek yonilg‘i va moy nasoslari elektr motorlari bilan birgalikda yechib olinadi. So‘ng yordamchi jihozlar agregatlarini yechib olishga kirishiladi: tortuv motorlarini sovitish ventilyatorlari, yuritma reduktori bilan birga sinxron uyg‘otgich, old va orqa qismlaridagi taqsimlash reduktorlari, ikki mashinali agregat, kompressorlar, kardanli vallar va oraliq tayanchlar. Keyin dizel-generator, elektr apparatlar, o‘lchash asboblari va tormoz jihozlari asboblarining bir qismi yechiladi. Sovitish shaxtasi qismlarga ajratiladi, sektsiyalar kollektorlari, yong‘inga qarshi qurilma rezervuari, kengaytirish baki, gidroyuritma va sovitgich ventilyatori parragi yechiladi. Shundan so‘ng qolgan kuzov osti jihozlari – filtrlar, issiqlik almashlagichi, yonilg‘i isitgichi va boshqalar yechib olingach teplovoz ramasi ostida joylashtirilgan yig‘ish birliklarini (havo rezervuarlari, yonilg‘i baki, tezlik o‘lchagich ritmasi) yechishga kirishiladi. Teplovoz ramasi ko‘tarishga tayyorlanadi: tortuv elektr motorlariga ulangan trubkalar va kabellar ajratiladi, ramaning yon tayanchlari himoya g‘iloflari, havo uzatish trubalari va boshqalar yechiladi. Rama ko‘prikli kran yordamida biroz ko‘tariladi va oqimli liniyaning ikkinchi ish joyiga o‘tkaziladi. Bu joyda ramadan elektr va tormoz jihozlarining qolgan yig‘ish birliklari, zarb-tortuv qurilmalari yechib olinadi. Yechib olingan jihozlar, shu jumladan lokomotiv aravachalari ham, zavodning mos ta’mirlash sexlari va uchastkalariga yuboriladi, u erda ular qismlarga ajratiladi, yuviladi va tekshiriladi, dizelni qismlarga ajratish uchun tortuv generatori ajratib olinadi. Tortuv generatori ta’mirlash uchun elektr mashinalar sexiga yuboriladi. Dizel aylanuvchi stendda, texnologik jarayonda keltirilgan ketma-ketlikda qismlarga ajratiladi. Aravachalarni qismlarga ajratish uchun uni ko‘tarish qurilmalari bilan jihozlangan qismlarga ajratish maydonchasiga o‘rnatiladi. Undan havo va qum trubalari, buksa chiviqlari yechib olinadi, tormozning richagli uzatmasi bo‘shatilib, aravacha ramasi skobalaridan tortuv elektr motorlari kabellari chiqariladi. Simchiviq yordamida aravacha ramasi kranga osiladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng teskari ketma-ketlikda yig‘ish ishlari bajarilishi kerak. Uzel va agregatni yig‘ish usulini tanlash va bajariladigan ishlar ketma-ketligini belgilash yig‘ilayotgan elementning konstruktsiyasiga bog‘liq. Ko‘pgina hollarda uzel va mexanizmlarni yig‘ish ketma-ketligining bir qancha variantlari mavjud bo‘ladi. Ularning orasidan texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbuli tanlab olinadi. Mashinalarni ta’mirlashda yig‘ish ishlarining ikkita asosiy turlari farqlanadi: • uzellar bo‘yicha – alohida uzel yoki agregatni yig‘ishda; • umumiy yig‘ish – mashina yaxlit yig‘iladigan holat. Shuningdek agregat va uzellarni yig‘ish uchun texnik shartlar ham mavjud, ular tig‘izliklar, tirqishlar, mahkamlanishi kerak bo‘lgan kuch miqdori, nomutanosibliklarning eng katta parametrlarini, o‘qlarning parallelligi yoki perpendikulyarligi va boshqa ko‘plab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chetlashishlarni belgilaydi. Yig‘ish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish juda ham muhim, bu mazkur jarayonni kam sarf-harajatlar va eng maqbul qulaylik bilan amalga oshirish imkonini beradi. Yig‘ish ishlarini yuqori sifatini, shuningdek mehnat samaradorligini ta’minlash uchun quyidagilarni hisobga olish talab etiladi: • barcha detallar turli ifloslanishlardan tozalanishi bilan bir qatorda imkon qadar bo‘yash; • selektiv tanlov, shuningdek mutlaq o‘zaro almashuvchanlik usullarini qo‘llash; • chilanganrlik ishlov berishlar, shuningdek foydalanilayotgan detallarni moslashtirish ishlari sezilarli qisqartirish; • birikmalarni yig‘ish bo‘yicha belgilangan barcha talablar albatta bajarilishini ta’minlash; • detallarni avval uzelda yig‘ilishi usuli imkon darajasida ko‘proq qo‘llash; • barcha bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish va to‘liq avtomatlashtirish; • yig‘ish ishlari qatnashchilari barcha yordamchi detallar va materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash; • yig‘ishning oqimli usulidan foydalanish. Statsionar usuldagi yig‘ish bitta ish joyida bajariladi, uzellar, agregatlar va detallar shu ish joyiga keltirilishi kerak. Uzel va mexanizmlarni yuqori sifatda yig‘ilishini ta’minlash uchun detallarni tanlash bilan bir qatorda ularni jamlashni ham quyidagi qoidalarga muvofiq bajarish talab etiladi: • ishlov berishga keltirilgan har bir detal barcha belgilangan parametrlar va tavsiflarga mos bo‘lishi kerak, ularning qatoriga eng avvalo detalning geometrik o‘lchamlari kiradi; • turli yuklanishlar va turli yo‘nalishlarda ta’sir etuvchi yuklamalarda ishlash uchun mo‘ljallangan elementlar nafaqat geometrik o‘lchamlari bo‘yicha, shuningdek barcha texnik shartlarni qanoatlantiruvchi og‘irligi bo‘yicha ham tanlanishi kerak; • bir birikmada foydalanilayotgan barcha detallar bir xil yedirilishini ta’minlash uchun ularni muvozanatlash, shuningdek balansirovkalash lozim. Download 20.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling