2-Amaliy ish. Yuzani kvadrat paletkalar usulida aniqlash. Ishdan maqsad
Download 46,33 Kb.
|
Mark-2
2-Amaliy ish. Yuzani kvadrat paletkalar usulida aniqlash. Ishdan maqsad: Foydali qazilmalarni qazib olishda marksheyderlik xizmati bo`limi vazifalaridan biri bo`lgan hajmni hisoblashning nuqtali paletkalar usuli bilan tanishish. Joydagi uchastka plani ma`lum masshtab bilan chizilgach, shu uchastka egallagan maydon yuzini kvadrat, metr yoki gektarda ifodalash kerak. Bunda joy konturining ko`rinishi va talab qilingan aniqligiga qarab, yuza hisoblashning quyidagi usullari qo`llaniladi: 1) Geometrik usul; 2) Analitik usul; 3) Grafik usul; 4) Mexanik usul. Yuqoridagi usullardan foydalanib ostki va ustki maydon yuzalari topilgandan so`ng ular orasidagi o`rtacha balandlikdan foydalangan holda hajm hisoblab topiladi. V=0,5(Sust+Sost). (2.1) Quyida esa biz yuqorida keltirilgan usullardan biri, ya`ni grafik usuldan foydalanamiz. Plan va kartada tasvirlangan ko`l, o`rmon kabi egri chiziqli shakllar yuzasini grafik usul bilan aniqlashda paletkalar qo`llaniladi. Paletka to`g`ri chiziqli, parallel chiziqli, nuqtali va kvadrat katakli bo`lishi mumkin. Kvadrat katakli paletka ko`proq qo`llaniladi. U voskovka, pleksiglas, oyna, tselluloid (kalka) kabi shaffof narsadan kvadrat shaklida tayyorlangan varoq bo`lib, unga tomon uzunligi 1mm yoki 2 mm dan 10 mm gacha bo`lgan kvadrat kataklari chizilgan bo`ladi (2.1-rasm). Agar kvadrat tomoni a mm bo`lsa, bir kvadratning yuzi S=a2 bo`ladi. Plan masshtabiga qarab, kvadrat yuzasi S joydagi turli yuzaga to`g`ri keladi. Agar plan masshtabi 1/m (m-masshtab mahraji) bo`lsa, kvadratning joydagi yuzasi s=(Ма)2 бўлади. Misol: а=2 mm; plan maasshtabi 1:5000 bo`lsa, bitta katakning yuzasi s=(2*5000mm)2= =(10000mm)2=(10m)2=100 m2 bo`ladi. 2.1-rasm. Kvadrat paletka. Download 46,33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling