2-amaliy mashgulot: ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. Rezbali birikmalar
Rezbalarning turlari va belgilanishi
Download 45.99 Kb.
|
2-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dyuymli rezbalar.
- 3. Silindrik truba rezbalar
3. Rezbalarning turlari va belgilanishi.
1. Metrik rezbalar. Bunday rezbalardan texnikada ajraladigan birikmalar yasashda foydalaniladi. Rezbaning profili teng yonli uchburchak bo‘lib, uchidagi burchagi 60 ga teng. Rezbaning profili o‘lchamlari GOST 9150-81 da keltirilgan. Umumiy mashinasozlikda qo‘llaniladigan metrik rezbaning diametri va qadami o‘lchamlari GOST 8724-81 da keltirilgan. Metrik rezbaning Aniqlik darajasi va dopusklar maydoni GOST 16093-81 ga muvofiq olinadi. Rezbalar silindr va konussimon sirtlarda ochilgani uchun ularni silindrik yoki konussimon deyiladi. Chizmada silindrik rezbalar “M”, konussimon esa “KM” harflar bilan belgilanadi. Rezbaning belgisida, mayda qadamlar ko‘rsatilib, yirik qadamlar esa ko‘rsatilmaydi. Chapaqay rezbalar chizmada LH harfi bilan belgilanadi. Rezbalar belgisida, uning tashqi diametri, qadami, yo‘nalishi va dopusklar maydoni beriladi. Masalan: tashqi diametri d q 30 mm bo‘lgan rezbaning belgilanishi: 2. Dyuymli rezbalar. Bu rezbaning profili teng tomonli uchburchaklik bo‘lib, uchidagi burchagi 55 ga teng (2-shakl). Chizmada rezbaning shartli belgisi dyuymda ko‘rsatiladi, masalan, 1 1/2 (bir dyuym 1 25,4 mm ga teng). Dyuymli rezbalar eski mashina detallarini qayta tiklashda ishlatiladi. Yangi mashina detallari faqat metrik rezbali qilib loyixalanadi. Dyuymli rezbalarning asosiy o‘lchamlari NKTP 1260 ga muvofiq olinadi. 3. Silindrik truba rezbalar (GOST 6357-81). Bunday rezbalar, suv-gaz quvurlarida, ularni biriktiruvchi mufta, tirsak armaturalarda ishishlatiladi. Bu rezbaning profili teng tomonli uchburchaklik bo‘lib, uchidagi burchagi 55 ga teng. Chiziqlarning uchi va o‘yiqlarining tubi yumaloqlangan (2-shakl). rezbaning shartli belisiga: G harfi, rezbaning dyuymda ifodalangan o‘lchami (dyuym ““ - belgisisiz); o‘rta diametrining aniqlik klassi (A yoki V) va rezbaning uzunlik (agar nostandart bo‘lsa) o‘lchamlari kiradi. Chapaqay rezbalar uchun LH qo‘shib yoziladi. Misollar: G 1 1/2 - A; G1 1/2 LH - A; G1 1/2 - B - 25, bu yerda 25, - rezba uzunligi mm da, A, V – Aniqlik klasslari va 1 1/2 - rezbaning tashqi diametri o‘lchamlari (dyuymda). Download 45.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling