2-Amaliy mashg’ulot: Bir fazali o‘zgaruvchan elektr tok zanjirlarini hisoblash 1-masala


Download 44 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi44 Kb.
#1414735
Bog'liq
2-амалий машгулот (2)


2-Amaliy mashg’ulot: Bir fazali o‘zgaruvchan elektr tok zanjirlarini hisoblash
1-masala. CHastotasi f = 400 Gts bo`lgan sinusoidal o`zgaruvchan tokning davri T va burchak chastotasi aniqlansin.
2-masala. Stator chulg’amlarida sanoat chastotasida tok ishlab chiqarayotgan gidrogenerator rotorning aylanish tezligi n = 125 ayl/min bo`lsa, generatorning juft qutblari soni va ishlab chiqarayotgan tokning davri aniqlansin.
3-masala. Kuchlanish U = 220 V bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga quvvati R = 600 Vt li elektr plitaning toki, qarshiligi va t = 3soat ishlash mobaynida istehmol qilgan energiya miqdori aniqlansin.
4-masala. Quvvatlari Rnom1 = 60 Vt; Rnom2 = 120 Vt va kuchlanishi Unom = 127 V bo`lgan ikkita elektr lampasi, kuchlanishi U = 220 V bo`lgan elektr tarmog’iga ketma-ket ulangan. Lampalarda kuchlanshi qanday taqsimlanadi va ikkala lampa normal ishlay oladimi?
5-masala. Induktivligi L = 100 mGn bo`lgan g’altak kuchlanishi i= 200* va chastotasi f = 50 Gts bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga ulangan.
Quyidagilar aniqlansin:

  1. tokning effekti va oniy qiymati;

  2. quvvatnig oniy va o`rtacha qiymatlari;

  3. g’altak magnit maydonida yig’ilgan energiyaning maksimal qiymati;

4) agar tarmoq kuchlanishining chastotasi ikki marta ortsa, tok effektiv qiymatining miqdori qanday o`zgaradi?
6-masala. Kuchlanish U = 220 V, chastotasi f = 50 Gts bo`lgan manbaga induktiv g’altak va kondensator galma-galdan ulanganda zanjirdan oqib o`tgan tok bir xil, yahni I = 5 A. G’altakning induktivligi va kondensatorning sig’imi aniqlansin.
7-masala. Zanjirga berilgan kuchlanishning va undagi tokning oniy qiymatlari i= 310sinωt va i= 14,1* sin(ωt+45o) mahlum bo`lsa, zanjirning aktiv, reaktiv va to`la quvvatlari va qarshiliklari aniqlansin.
8-masala. Agar sinusoidal o`zgaruvchan tok manbaining chastotasi f = 50 Gts bo`lsa, 7- masalaning mahlumotlari bo`yicha kondensatorlar batareyasining sig’imi aniqlansin.
9-masala. Elektr zanjirga ulangan ampermetr va volg’tmetrning ko`rsatishlari I = 10 A, U = 220 V. Tok bilan kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi φ= 60o. Vattmetrning ko`rsatishi, zanjirning aktiv va induktiv qarshiliklari xamda reaktiv va to`la quvvatlari aniqlansin.
10-masala. Sig’imi 79,6 mkF li kondensator qarshiligi r =15 Om bo`lgan reostat bilan ketma-ket ulangan. Agar manbaning kuchlanishi U = 127 V, chastotasi f = 50Gts bo`lsa zanjirdagi tok, reostat va kondensagordagi kuchlanishning tushuvi xamda zanjirning aktiv, reaktiv va to`la quvvati aniqlansin. Masshtabda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qurilsin.
11-masala. O`zaro ketma-ket tutashtirilgan aktiv qarshilik va induktivlikdan iborat zanjir kuchlanishi U = 220 V va chastotasi f = 50 Gts bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga ulangan. Zanjirning aktiv quvvat istehmoli R = 387,2 Vt bo`lib, undan oqib o`tayotgan tok I = 2,2 A.
Zanjirning aktiv, reaktiv va to`la qarshiliklari va g’altakning induktivligi aniqlansin. Agar manbaning chastotasi ikki marta ortsa, zanjirning aktiv quvvat istehmoli nimaga teng bo`ladi?
12-masala. Induktivligi L = 0,141 Gn bo`lgan induktiv g’altak chastotasi I = 50 Gts li o`zgaruvchan tok manbaiga ulangan. Zanjirdagi tokning o`zgarish qonuniyati i = 5,64sinωt bo`lsa, zanjirdagi kuchlanish va quvvatlarning oniy qiymatlarini ifodalari yozilsin. Tok va kuchlanishning tahsir etuvchi qiymatlari, shuningdek, zanjirnnng reaktiv quvvati xamda induktiv g’altakda to`plangai magnit maydon energiyasiiing maksimal qiymati aniqlansin.
13-masala. Aktiv qarshiligi r = 15 Om, reaktiv qarshiligi xL = 20 Om bo`lgan induktiv g’altak kuchlanishi U = 127 volg’tli o`zgaruvchan tok manbaiga ulangan. Zanjirning aktiv, reaktiv va to`la quvvatlari, shuningdek quvvat koeffitsienti aniqlansin. Masshtabda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qurilsin.
1 4-masala. Zanjirdagi kuchlanish va toklarning oniy qiymatlari ifodasi
u
~U
= 310sin(314t + 20°);
i = 8,46sin(3l4t - 15°).
Nagruzka xarakteri va uning parametrlari aniqlansin.
15-masala. CHastotasi f = 50 Gts bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga g’altak va o`lchash asboblari ulangan.
Ampermetr, volg’tmetr va vattmetrlarning ko`rsatishi quyidagilarga teng:
I = 5 A; U = 220 V; I = 1000 Vt.
G’altakning aktiv qarshiligi r va induktivligi L, reaktiv va to`la quvvati, shuningdek. quvvat koeffitsienti aniqlansin. Tok va kuchlanishning vektor diagrammasi qurilsin.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling