2-amaliy mashg`ulot: darsni tashkil qilish, ko‘rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni. (2-soat)
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar
Download 29.35 Kb.
|
2-AMALIY MASHGULOT
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar
1. Darslikdan foydalangan holda, o’nlik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing. 2. Darslikdan foydalangan holda, yuzlik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing. 3. Darslikdan foydalangan holda, minglik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing. 4. Darslikdan foydalangan holda, ko’p xonali sonlar konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing. 1. Sakkizta birlikdan iborat sonni yozing. 2. 4 ta olmaga 2 ta nokni qo’shsak nechta bo’ladi? 3. 9 ta qushdan 3 tasi uchib ketdi nechta qush qoldi ? 4. 30 sonidan keyin qaysi son keladi? 5.Qirq olti, qirq sakkiz sonlarida nechtadan birlik borligini asmdan qarab ayting. 6.Sonlarning yig‘indisini hisoblang: 50 va 4, 50 va 2, 50 va 5, 50 va 8. 7.Olim sirkda ellik sakkizinchi joyga o‘tirdi. Undan o‘ngdagi va chapdagi joylarning raqamlarini ayting. 8.Sonlarning ayirmasini toping: 26 va 6, 35 va 5, 68 va 8, 42 va 2, 49 va 9, 27 va 7, 83 va 3, 94 va 4. 9.9 ta o‘nlikdan iborat sonni yozing. 4ta o‘nlikdan iborat sonni yozing. 10.Uchta sonning yig‘indisi 78. Birinchi son 32, ikkinchi son 26. Uchinchi sonni toping. 11.Birinchi kesmaning uzunligi 5 sm, ikkinchi kesma undan 4 sm uzun, uchinchi kesma ikkinchi kesmadan 6 sm qisqa.Uchinchi kesmaning uzunligini toping. 12.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi polizning eni 45 metr, bo’yi enidan 35 metr uzun. Polizning atrofini o’rab olgan to’siqning uzunligi qancha? 13.Samarqand shahriga sayohatga kelgan 30 ta turistdan 19 tasi ingliz tilini, 16 tasi fransuz tilini bilishadi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi? 14.Otasi 50, o’g’li 28 yoshda. Necha yil oldin otasi o’g’lidan 2 marta katta bo’lgan? 15. Onasi 40, qizi 16 yoshda. Necha yil keyin qizi onasidan 2 marta yosh bo’ladi? 16. Ikki sonning yig’indisi 76 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta kichik. Shu sonlarni toping? 17. Buvisi 80, nabirasi 23 yoshda. Necha yil oldin nabirasi buvisidan 4 marta yosh bo’lgan? 18. Poyezdda 896 ta yo’lovchi bor edi. Agar erkaklar bolalardan 9 marta, ayollar esa 4 marta ko’p bo’lsa, poyezddagi erkaklar soni ayollardan nechta ko’p bo’lgan? Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling