2-amaliy mashg`ulot: darsni tashkil qilish, ko‘rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni. (2-soat)
Download 29.35 Kb.
|
2-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalani yeching
Darsga oid didaktik topshiriqlar:
1. 10 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash. 2. 100 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash 3. 1000 ichida nomerlashga oid ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash 4. Ko’p xonali sonlar konsentrida ko’rgazmalar va didaktik topshiriqlar tayyorlash 1. Kim topqir. Bu o`yinimizda figuralar nomlari aytiladi hamda nega shunday nomlanganligi tushuntirib beriladi. Masalani yeching: Uch dugona — Aziza, Laziza va Hafiza bir yilda — bahor, yoz va kuzda tug‘ilishgan. Aziza Lazizadan katta emas, Hafiza Azizadan katta emas. Qaysi qiz qaysi faslda tug‘ilgan? Uyga vazifa: dars ishlanmasi tuzib kelish. Matematika — insoniy bilimlar sohasi bo‘lib, uning asosini matematik tuzilmalar haqidagi (elementlari o‘rtasida ba’zi munosabatlar aniqlangan to‘plamlar) fan tashkil etadi; xususan, uning o‘rganish obyektiga makon shakllari ham kiradi. Matematikaning umuminsoniy madaniyat va ta’limdagi o‘rnining o‘zgarishi uning barcha fan sohalariga shiddatli kirib borishi bilan bog‘liqdir. Bu „matematik savodxonlik“ tushunchasi mazmunining o‘zgarishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki, an’anaga ko‘ra, bu tushuncha sanash ko‘nikmalarining ma’lum darajasi hisoblashlarni bajarish va arifmetik masalalarni yechish bilan chegaralanar edi. Hozir bu tushuncha matematik til asoslarini o'zlashtirishni ham, mantiqiy tafakkur unsurlarini egallashni ham o‘z ichiga olishi lozim. Bularning barchasi kichik yoshdagi o‘quvchilarga matematikani o'rgatishdan quyidagilarni hosil qilish uchun foydalanish mumkinligi va zarurligini tasdiqlaydi: — aniq va lo‘nda, og‘zaki va yozma matematik til (yozuv shaklini tanlash, atama va timsollardan savodli foydalanish, qobiliyati darajasida matematik nutqni egallash); — o‘quv vazifasini tahlil qila olish (qismlarga ajratish, bu qismlarning o ‘zaro aloqasini o‘rnatish); — masalani matematik tilga o‘tkazish va olingan natijalarni aniq shartlar, modellar, sxemalar bilan taqqoslab ko‘ra bilish; — umumlashtirish va konkretlashtirishni bajara olish; — fahmlab (taxminni ta’riflash, topa bilish), oraliq va yakuniy natijalarni baholay olish; Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkuni rivojlantirishda matematik diktantlarning o’rni muhimdir. Nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatishda ham og’zaki, ham yozma ravishda matematik diktant olib boriladi. Matematik diktant o’qituvchi tomonidan diktovka qilib turiladi, o’quvchilar esa eshitib topshiriqni bajaradilar. Bunda har bir o’quvchi berilgan topshiriqqa mustaqil ravishda yondashadi va o’z fikr-mulohazalarini, javoblarini aytadilar. Matematik diktant natijasida o’quvchilar mantiqiy fikrlashga, mustaqil qaror qabul qilishga, muammolarni har xil usullar orqali hal qilishga, hozirjavoblikka o’rganadilar. O’quvchilarning bilimini baholash uchun olib boriladigan nazorat ishlarida, dars jarayonida ham matematik diktantlardan o’rinli foydalanish lozim. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling