2-Amaliy mashg’ulot Ijtimoiy ekologiyaning fan sohasi «Ijtimoiy ekologiya»


Download 31.5 Kb.
Sana01.01.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1074172
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot


2-Amaliy mashg’ulot
Ijtimoiy ekologiyaning fan sohasi
«Ijtimoiy ekologiya» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ekologiya fan sifatida biologiyaning turli sohalariga jumladan; fiziologiya, genetika, biofizika fanlariga asoslanadi, shuningdek, biologiyadan tashqari fanlardan fizika, ximiya, geologiya, geografiya, matematika va boshqalar bilan bog’langan.
«Ijtimoiy ekologiya» bir qator amaliy muammolarni tadbiq etadigan shunchaki soha bo’lmay, balki u ijtimoiy, tabiat munosabatlari qonuniyatlari, insoniyat va atrof-muxit o’zaro ta'sirini avval qulaylashtirish, kеyin esa muvofiqlashtirish qonun-qoidalari va usullari to’g’risidagi uyg’unlashgan fandir.
Ijtimoiy-ekologik muammolar rivojlanishining xozirgi bosqichida ularni tizimli taxlil etish markaziy vazifa bo’lib qoldi. Fan sifatida «Ijtimoiy ekologiya»ning mantiqiy tuzilishini kashf qilish, tabiiy-ijtimoiy jarayonlar harakatini kuchaytirish va muvofiqlashtirish to’g’risidagi uyg’unlashgan fan sifatida «Ijtimoii ekologiya»ning shakllanishi, xususiyati va qonun-qoidalarining o’ziga xosligini dioliktik tadqiq etish bunday taxlilning umumiy nazariy asosiga aylanmoqda.
«Ijtimoiy ekologiya» - bu, uyg’unlashgan fan bo’lib, inson, jamiyat va tabiatning o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini tadqiq etadi. U ijtimoiy-ekologiya tizimi rivojida evolyutsiyani ta'minlovchi ijtimoiy-tabiiy munosabatlarni qulaylashtirish va muvofiqlashtirish to’g’risidagi fandir.
«Ijtimoiy ekologiya» tirik narsalar ekologiyasi va Yer sayyorasi ekologiyasidan tubdan farqlanadi. Gap shundaki, faqat odamlar (jamiyat) gina modda va tabiat kuchlari shaklini o’zgartirib, mеxnatning ijtimoiy rivojlanishi jarayonida axborot oqimlarini kuchaytirish va o’zgartirish orqali o’z hayotini dunyoga kеltiradi.
«Ijtimoii ekologiya»ning mikrotuzilishi alohida fanlar yutuqlarini uyg’unlashtiruvchi uchta bo’lakni, ya'ni ishlab chiqarish ekologiyasi (tabiatdan foydalanish tarixi va nazariyasi to’g’risidagi ta'limot), inson ekologiyasi (markaziy bo’lak) va fazo (global) ekologiyasini o’zichiga oladi. Alohida fanlar (tabiat, ijtimoii, tеxnikaviy) bir xil ob'еkt (jamiyat-inson-tеxnika-tabiiy muxit tizimi) ning turli tomonlari va xolatlari to’g’risidagi bilimlarni o’rgatadi.
Mazkur tizim xarakati va uning elеmеntlari to’g’risidagi alohida ilmiy bilimlar tеgishli tabiiy, ijtimoii, tеxnikaviy fanlar guruhi doirasida umumlashtirilib, kеyin esa gnosеologik umumlashtirish mahsulotlari amaliy extiyojlari va maqsadlar asosida ko’rsatib o’tilgan bo’laklarda uyrunlashgan vaqtdagina «Ijtimoii ekologiya» normal rivojlanishi mumkin.
Ijtimoiy ekologiya” fanida ekologiya ta’lim va tarbiya mavzularida xam ushbu fanning integrativ fan ekanini isbotlaydi. Ekologik ta’lim prinsiplari. Ekologik ta’limni asosiy prinsiplri quydagilardan iborat bo’lmog’i kerak:
Bu prinsiplar orasida Integrativlik prinsipi ekologik ta’limning ustivor prinsiplaridan bo’lib, ekologiyaning predmetlara’ro fanga aylanishini ko’zda tutadi. Uning o’rni falsafada, iqisodiyetda, psixologiyada, boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda keng qo’llaniladi. Ekologik muammolariga kompleksli qarashlar uni tirik tabiat xaqidagi fanlar doirasidan tashqariga chiqaradi. Shunga qaramasdan, ko’pchilik avtorlar xozirgacha ekologiyani faqat tabiatni muxofaza qilishning ilmiy biologik asosi deb qaraydilir, xatto ayrim texnik o’quv yurtlarida ijtimoiy ekologiya fani o’rniga bioekologiya kiritilgan.Buning sababi shundan iboratki, yaqin vaqtgacha ekologiya asosan (ayrim tarixiy sabablarga ko’ra) biologiya va geografiya fanlari doirasida rivojlangan, chunki ularning tadqiqot ob’yekti tabiiy tizimlarning o’za’ro bog’liqligi bo’lgan. Bunday tushunchalar hozirgi zamon jamiyatinig barcha ixtiyejlarini ta’minlay olmaydi, shuning uchun xam o’quv predmetlarini bir biridan uzoqlgini bartaraf etish va ekologik reallik xaqida ‘ aniq-oydin tushunchalar predmetlara’ro qarashlar kerak bo’ladi
Nazorat uchun savollar:

  1. «Ijtimoiy ekologiya» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi?

  2. «Ijtimoiy ekologiya»fanini rivojlanish bosqichlari?

  3. «Ijtimoiy ekologiya» fanini mohiyati?

Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling