2 Amaliy mashg’ulot ishi matlab-communications da aloqa kanalini kodlash jarayoni asosida modellashtirishni o‘rganish
Download 0,7 Mb.
|
972-18 Turdiyev Anvar
- Bu sahifa navigatsiya:
- QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT Kod deb
- TOPSHIRIQNI BAJARISHGA KO’RSATMALAR
- Random Integer Generator
- Bit To Integer Converter
- Hamming Decoder
972-18 gurux talabasi Turdiyev Anvarning № 2 Amaliy mashg’ulot ishi MATLAB-COMMUNICATIONS DA ALOQA KANALINI KODLASH JARAYONI ASOSIDA MODELLASHTIRISHNI O‘RGANISH
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilarni o’rganishga mo’ljallangan:
Kod deb – istalgan ko‘rinishdagi axborotni masofadan turib uzatish uchun qulay shaklda ifodalashga mo‘ljallangan shartli belgilar (simvollar) yoki signallar tizimiga aytiladi. Bu belgilar yoki signallar to‘plamiga kod alfaviti deyiladi. Koddagi elementlar yoki belgilar soni har doim chegaralangan bo‘ladi. Bu elementlardan kodli kombinatsiyalar tuziladi. Shovqinli kanalda kodlash haqida Shennonning asosiy teoremasi:
Axborot qismini uzunligi k kod asosi va xabar alfaviti hajmi orqali aniqlanadi. Tekshiruvchi qismini uzunligi r kerak bo‘ladigan to‘g‘rilash qobiliyati bilan aniqlanadi. Kod uzunligi n=k+r. Shovqinbardosh kod deb – xato qabul qilingan razryadlarni aniqlaydigan va to‘g‘rilaydigan kodga aytiladi. Bunday kodlar quyidagi prinsipga asoslanib tuziladi: n razryadli kodli kombinatsiyalar soni N ta bo‘lsin. Lekin axborot uzatish uchun esa faqatgina ulardan Nr tasi ishtirok etadi va ular ruxsat etilgan kombinatsiyalar deyiladi. N – Nr tasi esa man qilingan kodli kombinatsiyalar deyiladi. Agar kodli kombinatsiyalarda kombinatsiyadagi razryadlar soni bir xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlangan kodlar deyiladi.
Ushbu ishni bajarishda quyida ko’rsatilgan bloklardan foydalanish zarur:
Tasodifiy sonlar generatori [0; 15] intervalidagi butun sonlarni hosil qilishi lozim, buning uchun «Random Integer Generator» blokini «M-ary number» parametrini 16 ga sozlash talab etiladi. Kodlash uchun [0; 15] intervaldagi sonlarni 4 bitdan qilib ifodalash lozim, buning uchun «Integer To Bit Converter» va «Bit To Integer Converter» bloklaridagi «Number of bits per integer» parametrini 4 ga sozlash talab etiladi. Xatolar sonini bilish uchun «Error Rate Calculation» blokidagi «Output data» parametriga Port ga sozlash talab etiladi. «Hamming Encoder» va «Hamming Decoder» bloklaridagi Codeword length» va «Message length» parametrlari mos holda belgilanadi. Download 0,7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling