2-Amaliy mashg’ulot Ishlov beriladigan detallar nomenklaturasini tahlili
–rasm. Frezalash o‘tishlarining namunaviy sxemalari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2–rasm. Frezalash o‘tishlarining namunaviy sxemalari: a – b – zigzagsimon (a – ZIGZAG; b – 1ZIGZAG; d – 2ZIGZAG); e, f – spiralsimon (e – SPIR SSQ; f – ASPIR SS); g – i – SH-simon turdagi ( g – SHTUR; h – 1SHTUR; i – 2 SHTUR) SHuning uchun, spiralsimon sxema zigzagsimon sxemaga qaraganda ravon xarakterga ega bo‘ladi, bu esa frezalashning doimiy yo‘nalishini ta’minlaydi va traektoriyaning qo‘shimcha (konturda mavjud bo‘lganlaridan tashqari) sinishlariga olib kelmaydi. Spiralsimon sxema ikkita asosiy ko‘rinishga ega, ulardan biri asbobning ishlov berish sohasi markazidan chekkalariga qarab harakati bilan (2,e-rasm) xarakterlanadi, ikkinchisi esa soha chekkallarida uning markaziga qarab harakati bilan (2,f-rasm) xarakterlanadi. Bundy ko‘rinishlardan foydalanilganda shunga e’tibor berish kerakki, engil qotishmalardan tayyorlangan tagi yupqa chuqurliklarga ishlov berishda chegaradan markazga qarab ishlov berish sxemasi ishlov berish oxirida chuqur tagining buzilishiga olib keladi. Stanok shpindelining o‘ng yoki chap yo‘nalishida aylanishida frezalashning talab qilingan xarakterini ta’minlash uchun spiralsimon sxemaning ko‘rilgan har bir ko‘rinishi ikki xil turda bo‘ladi: shpindel tomonidan kuzatganda asbobning soat strelkasi bo‘yicha yoki unga qarshi yo‘nalishdagi harakati bilan (mos ravishda SS va SSQ belgilanadi). Frezalashning bir xil xarakterini SH-simon turdagi sxemalar yordamida ham ta’minlash mumkin. Bu sxema bo‘yicha asbob bir qator bo‘yicha o‘tishni bajarib bo‘lganidan so‘ng, ishlov berilgan yuzada bir oz masofaga chetga olinadi va tezlanuvchan yurishda orqaga qaytariladi. SH simon sxema ham zigzagsimon sxema kabi bir nechta ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin (2,g-i-rasmlar SHTUR, 1SHTUR, 2SHTUR). Bu sxemaning asosiy kamchiligi yordamchi yurishlar sonining ko‘pligi. 1-jadval Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling