2-Amaliy mashg’ulot Ishlov beriladigan detallar nomenklaturasini tahlili
-rasm. «Qopqoq» turidagi detalga ishlov berish sxemasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. «Korpus» turidagi detalga ishlov berish sxemasi.
3-rasm. «Qopqoq» turidagi detalga ishlov berish sxemasi:
a - ishlov beriladigan detal; b - qo‘llanadigan asbob. 1) yuqori tekislikni xomaki frezalash (A zona); diametri 200 mm SMP li yon freza 1; 2) A zonani toza frezalash; diametri 200 mm li SMP li va «podchist» pichoqli yon freza 2; 3) tashqi konturni frezalash (zona B); diametri 40 mm qatiq qotishmali yon freza 3; 4) 210x130 mm chuqurlikni kontur bo‘yicha xomaki frezalash (V zona); diametri 40 mm qattiq qotishmali yon freza 3; 5) V zonani toza frezalash; diametri 20 mm tezkesar uch freza 4; 6) 20x10x180 mm yon tirqishni frezalash (G zona); diametri 70 mm tirqish uchun tezkesar disksimon freza 5; 7) diametri 15 mm 3 ta teshikni markazlash (D zona); diametri 25 mm tezkesar parma 6; 8) diametri 15 mm 3 ta teshikni parmalash (D zona); diametri 15 mm tezkesar parma 7. 2-misol. «Korpus» turidagi detalga ko‘p opretsiyali stanokda ishlov berishda o‘tishlar mazmuni va ketma-ketligi (4-rasm): 4-rasm. «Korpus» turidagi detalga ishlov berish sxemasi. 1) yuqori tekislikni frezalash (A zona); SMP li yon freza 1; 2) yuqori ustunli frezalash (zona B); to‘g‘ri burchakli o‘rnatiladigan pichoqli torsaviy freza 2; 3) pastki ustunni frezalash (zona V); to‘g‘ri burchakli o‘rnatiladigan pichoqli torsviy freza (zona V); 4) yon yuzani frezalash (zona G); tezkesar po‘latli konsavoy freza 3; 5) darchani frezalash (zona D); tishlari yon yuzasida bo‘lgan tezkesar konsaviy freza 4; 6) konturli chuqurlikni frezalash (zona E); qattiq qotishmali konsaviy freza 5; 7) bo‘ylama tirqishni frezalash (zona J); tirqishlar uchun o‘rnatiladigan pichoqli qattiq qotishmali diskali freza 6; Boshqaruvchi dasturni ishlab chiqish (tayyorlash) jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat [21]: 1) zagotovkani va uni olish (tayyorlash) texnologiyasini tanlash; 2) samarali ishlov berishni ta’minlaydigan RDB stanokni tanlash va uning texnik tafsilotlarini belgilash; 3) detalning chizmasini texnologik (ishlov berishga qulay qilib) ishlab chiqish, texnologik bazalarni aniqlash va zagotovkani mahkamlash usulini tanlash; 4) kesish asbobini va uning parametrlarini tanlash; 5) yuzaga ishlov berish tartib-navbatini (marshrut texnologiyani) va barcha texnologik parametrlarni tanlash va aniqlash; 6) koordinatalar o‘qini tanlash va kontur tayanch nuqtalarining koordinatalarini hisoblash; 7) asbob markazining (masalan, freza o‘qining) siljish traektoriyasini aniqlash; 8) ekvidistanta tayanch nuqtalarining koordinatalarini hisoblash; 9) approksimatsiyalash qadamini aniqlash va ekvidistantaning geometrik elementlarini approksimatsiyalash; 10) oraliq nuqtalarning koordinatalarini hisoblash va ularning jadvalini tuzish; 11) dasturning to‘g‘rilanadigan (tuzatiladigan) joylarini va to‘g‘rilash qiymatlarini aniqlash; 12) boshqaruvchi dasturni qo‘llaniladigan interpolyatorning kodi bilan yozish; 13) axborotni dastur tashigichga yozish; 14) interpolyasiyalash; 15) dasturni ikkilamchi dastur tashigichga qayta yozish; 16) uskunani olingan boshqaruvchi dastur (yoki bevosita interpolyator) dan boshqarish; Dastlabki beshta bosqich o‘z mazmuniga ko‘ra universal stanokda ishlov berishni texnologik tayyorlash bosqichlariga o‘xshaydi. Ular zavodning texnikaviy bo‘limida bajariladi. 6 – 15 – bosqichlar RDB stanoklarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bo‘limda ishlab chiqiladi. Oxirgi bosqich sexda sozlovchi yoki operatorning ish o‘rnida bajariladi. Boshqaruvchi dastur texnolog va dasturchi-texnik nazorati ostida sinab ko‘riladi. SHunday qilib, boshqaruvchi dasturni tuzish uchun eng avval, asbob markazining ishchi, tayyorlanish va yordamchi harakatlarining traektoriyalarini aniqlash zarur. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling