2-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avtomobil yo‟li trassani bo‘ylama kesimini chizish. Ishni bajarish tartibi


Download 450.76 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi450.76 Kb.
#1236395
Bog'liq
2-amaliy


2-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Avtomobil yo‟li trassani bo‘ylama kesimini chizish.
Ishni bajarish tartibi: Bo‘ylama profil chiziladigan masshtab loyihalanayotgan trassaning relefiga bog‘liq, yani tekislik joylar uchun gorizontal – 1:5000, vertikal – 1: 500, grunt uchun – 1:50. Tog‘li joylar uchun G- 1:2000, V-1:200, grunt uchun 1:50

1 - rasm. Bo‘ylama profil setkasi
Bo‘ylama profil ostida jadval (to‘r) joylashtiriladi. To‘rning grafalari (ustunlari) quyidagi tartibda to‘latiladi; “Yo‘lning yoyma rejasida”- qabul etilgan topografik xarita bo‘yicha 1:5000 masshtabda trassa o‘qining ikkala tomondan situatsiyalar (joylashuv o‘rinlar) tushuriladi. Bu yerda aholi yashaydigan joylar kesib o‘tiladigan yo‘llar, suv yo‘llar, jarliklar, o‘rmonlar, to‘qaylar, haydalgan yerlar, yaylovlar ko‘rsatiladi.
Sirtqi suvlarning oqish yo‘nalishi gorizontallarga tik chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘rta chizig‘i qabul qilingan variant trassaning o‘q chizig‘iga mos keladi: “Joyning namlanish bo‘yicha turi” grafasida yer yuzasining namlik belgilari bo‘yicha joyning turi yoziladi: “Ko‘ndalang kesim turi” grafasida yo‘l poyi ko‘ndalang kesim turining nomeri yoziladi;
“Mustahkamlash” grafasida yo‘l chetidagi ariqlarni mustahkamlash turi yoziladi:
“Nishab uzunlik” grafasida piketlarga bog‘lanish turi yoziladi; chiziq ustida ariq nishabi. Chiziq ostida esa qabul qilingan nishablik ariq uchastkasining uzunligi ko‘rsatiladi: “Tubining belgisi” grafasida ariq tubining o‘qi bo‘ylab loyiha belgisi yoziladi: “Nishablik va vertikal egri” grafasida loyiha chizig‘ining elementlari; vertikal egrilar va to‘g‘ri chiziqlar, loyiha chizig‘ning singan joylarda piketlarga bog‘lanishi, radius, egrilar uzunligi, egrining boshi va oxiridagi urunmalarning nishabligi yoziladi; “Yo‘l poyi qirg‘og‘ining belgisi” grafasida yo‘l poyi qirg‘og‘ining loyiha belgilari yoziladi; “Yer belgisi” grafasida yer yuzasining avtomobil yo‘lining o‘qi bo‘ylab olingan haqiqiy belgisi (qora belgisi) ko‘rsatiladi: “Masofa” grafasida joining sinish nuqtalaridan bilan piketlar ortasidagi masofa noto‘g‘ri piketlar ko‘rsatiladi; “Rejadagi to‘g‘ri va egri chiziqlar” grafasida yo‘l o‘qi bo‘ylab chizilgan to‘g‘ri va egri chiziqlar; oraliq egrilar uzunligi, doirasimon egrilar va oraliq egrilar umumiy uzunligi qiymati yoziladi.
Avtomobil yo‘lining o‘ng tomonga (kilometr bo‘ylab ) burilish avtomobil yo‘lining to‘g‘ri uchastkasiga nisbatan yuqoriga yo‘nalgan, chapga burilish esa pastga yo‘nalgan egri chiziq bilan tasvirlanadi. Grafalarning o‘lchami 3- rasmda ko‘rsatilgandek qabul qilinadi.
Тrassaning bo‘ylama profilida loyiha chizig‘ini o‘tkazish nazorat balandlik nuqtalarini belgilash va grunt xamda gidrologik sharoitlarga qarab turli uchastkalarda yo‘l qoplamasi pastining zarur ko‘tarilishini aniqlashdan boshlanadi. Shundan keyin bo‘ylama profilning masshtabida chizilgan andazalardan foydalanib, loyiha chizig‘ining vaziyati xomaki belgilanadi, bu andazalar profilda turli bo‘ylama qiyalikliklardagi chiziqlarning qiyalikini hamda radiuslari turlicha bo‘lgan vertikal egri chiziqlarni ko‘rsatadi.. Loyiha chizig‘ini kesuvchi bo‘yicha o‘tkazishda qo‘shni ko‘tarma va o‘yma hajmlarining bir-birini qoplashiga intilish kerak. Ish belgilarining teng qiymatlarida o‘ymaning ko‘ndalang profili ko‘tarma profiliga qaraganda katta bo‘lib chiqishi sababli loyiha chizig‘ini shunday joylashtirish zarurki, bo‘ylama profilda o‘yma joylarning maydoni ko‘tarma maydonidan 25-30% kam bo‘lsin.
Ishchi belgilari mahalliy grunt va gidrologik sharoitlar bo‘yicha talab etiladigan minimal belgilardan 20-30 sm dan ko‘p ortib ketmasligi kerak.
Bo‘ylama profil loyiha chizig‘i singan joyda qiyaliklarning algebraik farqi I va II toifali yo‘llarda 5%o va undan ortiq, III toifali yo‘llarda 10%o va undan ortiq, IV,V darajali yo‘llarda 20%o va undan ortiq
bo‘lsa, bo‘ylama profilda egri chiziq loyihalanishi lozim.

2 -rasm. Asosiy shartli belgilar.
1 - vertikal egri chiziqlar; (a - shahobchasi pastlashuvchi qavariq egri chiziq; b - shahobchasi ko`tariluvchi botiq egri chiziq; v - qavariq egri chiziq pastlashuvchi shahobchasining botiq egri chiziqning ko`tariluvchi shahobchasiga o`tishi); 2 - 537, 211 belgili reper 7; 3 – yo`ldan chiqib kelish: (a - chapga , II a -namunaviy loyiha bo`yicha piket boshidan 98 m da; b - piket boshidan 60 m da boshqa yo`l bilan kesishuv); 4 -temir yo`lni kesib o`tish joylari: (a – qo`riqlanmaydigan piket boshidan 27 m da; b – qo`riqlanadigan o`tish joyi; bayroqchalar ustidagi raqamlar o`tish yo`li toifasini bildiradi); 5 - kilometr belgisi; 6 – ko`prik va quvurlar: (a - temir-beton ko`prik yoki yo`l o`tkazgich; b-diametri 1,5 li dumaloq quvur; v – tog`ri to`rtburchak quvur); 7 - suv chetlatuvchi ariqchalar: (a- tepa ariqchasi; b - suvni o`ngga tashlash; v - suvni chapga tashlash); 8 - musbat nuqtalar belgisi; 9 - ikki simli aloqa liniyasi.
Avtomobil yo'llarining bo‘ylama profilini loyihalashda xaritada trassa o‘qi bo'ylab piket nuqtalarini absalyut balandliklarini aniqlab, bo'ylama profilning "qora chizig'ini" chizish va profilning 12, 13-satrlarini to'ldirish kerak .
Bo'ylama profilni chizishda joyni aniq ko‘rsatkichlarini nivilir jurnalidan foydalaniladi. Topografik xarita bilan ishlash jarayonida, piket va plyus nuqtalarining balandlik belgilarini aniqlash lozim. Buning uchun nuqtaning gorizontallar orasida joylashishiga nisbatan interpolyatsiya yoki ekstrapolyatsiya qilish orqali aniqlanadi. Plyus (harakterli) nuqtalari temir yo'llar va avtomobil yo'llarining kesishmalarida, jarliklar, daryo, kanal va boshqa suv havzalarida belgilanadi.
Interpolatsiya usuli bn piketlar va harakterli nuqtalar balandlik belgisini aniqlash ular ikki yonmayon turgan balandlik belgisi aniq bo‘lgan gorizontallar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Yonma-yon turgan balandlik belgisi aniq bo‘lgan gorizontallar oralig‘ida joylashgan nuqtaning balandlik belgisi uchburchaklar o‘xshashligidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda gorizontallar qadamini bilgan holda harita bo‘yicha ularni oraliq masofasi l va nuqta bilan biror gorizontal orasidagi masofa b o‘lchanadi. Aniqlash kerak bo‘lgan balandliklar farqi (x) quyidagi formula asosida aniqlanadi:

bu erda x-aniqlash kerak bo‘lgan balandliklar farqi, m;
h-gorizontallar qadami baladligi, m;
b-gorizontallarning biridan istalgan nuqtagacha bo‘lgan masofa, mm;
l-gorizontallar oralig‘ masofasi, mmю
Agar nuqta yopiq gorizontal chiziq ichida yoki gorizontal chiziqlardan tashqarida bo'lsa, balandlik ekstrapolatsiya bilan aniqlanadi. Shakllarni hisoblash sxemalari shakl.

1-shakl. Interpolatsiya orqali nuqtaning balandligini hisoblash sxemalari

2-shakl. Ekstrapolyatsiya orqali nuqtaning balandligini hisoblash sxemalari
b=8.5 mm, h=2.5 m, l=17 mm.

Har bir piket va plyus nuqtalarining balandlik belgilarini shu tarzda aniqlaymiz.
Rasmiylashtirish tartibi
Berilgan variantlarga asosan topshiriqni bajargandan keyin barcha ishlar MS Word dasturida times new roman shrift 14, nazorat savollariga javob berib topshiriladi. Tizimga yuklanadi.
Nazorat savollari:
1.Bo‘ylama profil deb nimaga aytiladi ?
2.Bo‘ylama profil nima uchun kerak ?
3. Qora belgi nima ?
Download 450.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling