2-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Axborot xavfsizligi insidentlarini guruhlarga ajratish Ishdan maqsad
Hisobotlarni soxtalashtirish usullari
Download 59 Kb.
|
amaliy ish - 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Oshkor qilish usullari.
- Aktivlarni о‘g‘irlashga qarshi dasturiy modul ishlab chiqish.
3. Hisobotlarni soxtalashtirish usullari.
Hisobotlarni soxtalashtirish - bu bilib turib ma’lum bir harakatlardan keyin ma’lumotlarni notо‘g‘ri aks ettirish. Soxtalashtiriladigan hujjatlar korxonananing ichki hujjatlari yoki tashqi aloqalari hujjatlari bо‘lishi mumkin. 4. Oshkor qilish usullari. Maqsadga qarab hujjatlarni soxtalashtirishni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: yashirish yoki aksincha sir saqlash kerak bо‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish; asl kо‘rsatkichlarni yuqori qilib qо‘yish yoki kamaytirish, shu yо‘l bilan qо‘shimcha daromadga ega bо‘lish; tashkilot xodimlarini xato qilishga chorlash; о‘zaro shartnoma tuzgan tashkilotlarni xato qilishga chorlash. 5. Sabotaj Sabotaj - bu tashkilot faoliyatiga bilib turib qarshi borish, oqibatda tashkilot qandaydir maqsadlarga erishishi imkonsiz bо‘ladi. Tashkilot ishiga qarshi borish quyidagicha guruhlanishi mumkin: tashkilot obrо‘sini tushirish, masalan ma’lum bir xizmatlar sifatini yomonlashtirish yoki boshqacha yо‘l bilan zarar yetkazish; tashkilot xodimlariga nisbatan notо‘g‘ri qarorlarni qabul qilish va shu yо‘l bilan ish unumdorlini kamaytirish; aloqalarni uzish, yomonlashtirish, yoki har xil usullar bilan biznes boshqaruvga tо‘sqinlik qilish. Masalan, bozor sharoitida raqobatchi tomon о‘zida ustunliklar hosil qilish uchun shunday usullardan foydalanishi mumkin; xavfsizlik tizimlariga zarar yetkazish, xavfsizlik tizimlarida ojiz qismlarni yaratish, buning natijasida tashkilot aksiyalariga zarar yetishi mumkin; izlarni yashirish yoki soxta izlarga olib borish, tergov ishlarini olib borish uchun tо‘sqinlik qilish; qimmatli qog‘ozlar bozorida manipulyatsiya ishlarini amalga oshirish natijada negativ holatni yaratish; tashkilotdan yoki ma’lum bir xodimlardan qasd olish; ekstremistik-terroristik, siyosiy yoki shunga о‘xshash maqsadlar; qoidabuzarlikni yashirish - bu qoidabuzarlikni aniqlashda tо‘siq hosil qilib uni yashirish yoki yashirishda kо‘maklashish hisoblanadi; yashirin qoidabuzarlik va shu bilan birga boshqa qoida buzarliklar qastdan amalga oshirilishi mumkin, bunda har xil hujjatlarni soxtalashtirish, ma’lumotlarni о‘chirib tashlash yoki yо‘q qilish mumkin. Aktivlarni о‘g‘irlashga qarshi dasturiy modul ishlab chiqish. О‘z lavozimini suiste’mol qilishga quyidagilar kiradi: manipulyatsiya, xizmat kо‘rsatishga bog‘liq, masalan ma’lum bir mijozlar uchun bozorda yomon sharoit yaratib о‘z obrо‘sini oshirish; sotib olish ishlari bо‘yicha manipulyatsiya, ma’lum bir mahsulot yetkazib beruvchilar uchun yaxshiroq sharoit yaratish; tashkilot faoliyati orqali manipulyatsiya. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling