2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Baholash turlari va mezonlari


Baholash va uning ahamiyati


Download 29.3 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi29.3 Kb.
#1129134
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy

Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.



3 - ilova

Baholashda e’tiborga olinadigan omillar.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi, ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkichlar sonlar («besh», «to’rt», «uch» va hokazo) so’zlar («a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o’zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo’yiladigan baho ko’rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o’tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash; 2. Me’yorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash — baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan xamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o’rganish maqsadlari bo’yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o’lchanadi.

Download 29.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling