2-Amaliy mashg’ulot Mavzu. E. Yu. K manbalarini ketma-ket va parallel ulash. Tokning ishi va quvvati. Tokning issiqlik ta’siri
Download 480.05 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Amaliy
2-Amaliy mashg’ulot Mavzu. E.YU.K manbalarini ketma-ket va parallel ulash. Tokning ishi va quvvati. Tokning issiqlik ta’siri. R tashqi qarshilik va ichki qarshiligi r bo’lgan manbadan (E – e.yu.k ) iborat berk zanjirdan o’tuvchi to’la tok ko’rinishda ifodalanadi. Zanjirning E – e.yu.k va R qarshilik (manbaning ichki qarshiligi ham shunga kiradi) ishtirok etgan qismdagi kuchlanish. U = φ1 –φ2 = E – IR, bundaφ1 –φ2 shu qism boshi va oxiridagi potensiallar. Bu yerda qism boshi deganda manbaning musbat qutb tomoni, oxiri deganda manfiy qutb tomoni tushuniladi va tok I manba ichida manfiy qutbdan musbat qutb tomon oqadi. Agar zanjirning boshqa qismlari xam e.yu.k manbaga ega bo’lsa, u holda bu qismdagi manba ichida qarama-qarshi yo’nalgan tok mavjud bo’lishi mumkin. Bu holda U = E + IR. n-ta bir xil elementni ketma-ket ulab batareya hosil qilinganda umumiy zanjirdagi tok bo’ladi, bunda R – tashqi zanjir qarshiligi,r har bir elementning ichki qarshiligi, E – elementning e.yu.k. n-ta bir xil elementlar parallel ulanganda zanjirdagi umumiy tok Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan elektr zanjirlariga doir masalalarni yechishda, ayniqsa agar bunday zanjirlarda bir nechta tok manbalari bo’lsa, Kirxgof qoidalaridan foydalanish qulaydir. Tarmoqlanish nuqtasi (tuguncha)ga keluvchi va undan ketuvchi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng. I1 + I2 + ................ + In = O Tugunga kelayotgan toklarni musbat toklar, tugundan ketayotgan toklarni manfiy deb qabul qilinadi. Murakkab elektr zanjiridagi istalgan yopiq konturni aylanib chiqqanida barcha qarshiliklardagi (manbalarning ichki qarshiliklari ham kiradi) kuchlanish tushishlarining algebraik yig’indisi shu konturdagi e.yu.klarning algebraik yig’indisiga teng, ya’ni: Download 480.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling