2-amaliy mashg’ulot Mavzu
Masalalarning sharti quyidagicha
Download 36.76 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Amaliy mashgulot (6)
Masalalarning sharti quyidagicha:
1). Gultojibarglari to‘q sariq rangli g‘o‘za o‘simliklari gultojibarglari och sariq rangda bo‘lgan o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklar gultojibargi to‘q sariq rangda bo‘ladi. SHunday duragay o‘simliklar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 403 tasi to‘q sariq gultojibargli, 129 tasi esa och sariq gultojibargli bo‘lgan. Ota-ona o‘simliklarning genotipini va F2 dagi ajralishning χ2 qiymatini aniqlang. 2). CHeklanmagan shoxli va oq tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli va qo‘ng‘ir tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvot rang tolali bo‘lgan. Ikkinchi avlodda olingan o‘simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin: 533 ta cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali; 1102 ta cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali; 548 ta cheklanmagan shoxli, oq tolali; 178 ta cheklangan shoxli, qo‘ng‘ir tolali; 370 ta cheklangan shoxli, novvot rang tolali; 186 ta cheklangan shoxli, oq tolali. Olingan natijaga asoslanib, o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. Nazariy xulosangizni statistic metod yordamida izohlang. 3). Ikkita g‘o‘za o‘simligi o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 26 ta antotsian rangli va qo‘ng‘ir tolali; 25 ta oraliq rangli va qo‘ng‘ir tolali; 21 ta antotsian rangli va novvot rang tolali; 28 ta oraliq rangli va novvot rang tolali duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g‘o‘za o‘simliklarining genotipini aniqlang. 4) G’o’zaning och antatsion gulli o’simliklari o’zaro chatishtirilganda 680 ta o’simlik olindi .Shundan 340 tasi och antatsion rangli. Qolgan o’simliklarning qanchasi yashil rangli bo’lgan? 5) Pomidorning gomozigota uzun poyali, geterozigota qizil va yumaloq formasi,gomozigota kalta poyali,sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan.F1 duragaylarining genotipini aniqlang? Har bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang. Download 36.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling