2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
2-mashq. Gaplar tarkibidan to‘ldiruvchilarni aniqlang va turlarini ajratib yozing, ifodalanishini izohlang.
1.Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra (Maqol). 2.Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bop hunar top (Maqol). 3. Temirjon quymoqdan ko‘p yemadi (J.Abdullaxonov). 4. Uning tashqi ko‘rinishi sokin tuyulsa-da, ichki dunyosi olam-olam orzularga boy... (J.Abdullaxonov). 5. Odamni po‘stin emas, ish qizdiradi (Maqol). 6. Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma (Maqol). 7. U hamma qishloqlarni o‘zi aylanib chiqdi (P.Qodirov). 8. Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi («Tafakkur gulshani»). 9. Do‘sting bilan sirdosh bo‘l (Maqol). 10. Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo‘lgan efir moyi aksar yong‘oqning mag‘zidan olinadi (J.Abdullaxonov). 11. G‘oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi (J.Abdullaxonov). 12. Mana endi uning yaxshi xislatlari to‘g‘risida gap ketyapti (J.Abdullaxonov). 13. Bu – professor Jamolovning saxiyligi, yoshlarga mehr-muhabbatining mevasi, albatta (J.Abdullaxonov). 14. Aqlni beaqldan o‘rgan (Maqol). 15. Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi (J.Abdullaxonov). 16. Temirjon uning bu uyda xizmat qilishidan bexabar edi (J.Abdullaxonov). 17. Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi (Maqol) 3-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidan so‘z kengaytuvchi hisoblangan aniqlovchilarni aniqlang va ifodalanishiga ko‘ra turini aniqlang. 1.Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi (O‘.Hoshimov). 2. Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). 3. Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip (Sh.Ubaydullayev). 4. So‘ng boshqarma boshlig‘i G‘iyosiddinovni esladi (P.Qodirov). 5. Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi qilgan bo‘ldim (O‘.Hoshimov). 6. Nahot qiz bola o‘z otasini shunchalik mensimasa? (O.Yoqubov). 7. Tekinning minnati ko‘p, mehnatning ziynati ko‘p (Maqol). 8. Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘rida ko‘karadi (O‘.Hoshimov). 9. Nomardga ishi tushmagan mardning qadrini bilmas. 10. Uch-to‘rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi (P.Qodirov). 11. Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan (O‘.Usmonov). 12. Har bir qiyinchilikdan so‘ng bir rohat bor (Maqol). 13. Asfalt ko‘chaning u yer, bu yerida suv xalqob bo‘lib yotardi (O‘.Hoshimov). 14. Orqadagi «Chayka»dan general Luqmonov tushdi (S.Ahmad). 15. Kumush so‘zingni chaqaga mayda qilma (Maqol). 16. Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor? (A.Qodiriy) 17. Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi (P.Q.). 18. Toshkentlik yosh olim... atrofdagi cho‘ponlarni to‘plab, ziyofat qilib bermoqda... edi (P.Q.) 19. U rassom O‘rol Tansiqboyev asarlarining nushasini jurnallardan qirqib olib saqlardi (S.Ahmad). 20. Unda dam oladigan va yo tunab qoladigan manzil yo‘q (K.Yashin). 21. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt (Maqol). 22. Ko‘p befoyda narsalarni o‘rganganingdan ko‘ra senga doimo xizmat qiladigan besh-o‘nta yaxshi o‘gitni bilganing ma’qulroq (Seneka). 23. Cho‘qqida yashashning ta’rifi ulug‘, cho‘qqidan olam keng, cho‘qqida - yorug‘!!! (Shuhrat) 24. G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli (Oybek). 25. Bir gala o‘rdak kanal bo‘yiga tushdi. Bularning g‘aq-g‘uq ovozi ancha vaqtgacha bosilmadi (S.Ahmad). 26. Qarama-qarshi turgan ikki eshikning birini shaxt bilan ochdi... (P.Qodirov). 27. Dunyoda xushfe’l, olijanob, hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar juda ko‘p (O.Husanov). 28. Himmati zo‘r kishining qimmati zo‘rdir («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 29. Qo‘rqoqning ko‘zi katta, ahmoqning so‘zi katta (Maqol). 30. Nomimni dadam emas, bobom Ahmadbek hoji qo‘ygan ekanlar (Y.Yakvalxo‘jayev).
Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling